Arxiv

AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari oktyabrda savdo aloqalarini muhokama qiladi
3 sentabr 2020, 12:52

AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari oktyabrda savdo aloqalarini muhokama qiladi

Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH oktyabrda savdo-sotiq va sarmoyalar doirasidagi kelishuv yuzasidan onlayn uchrashuv o‘tkazadi.

Uzbekistan Airways muntazam halqaro aviaparvozlarni tiklamoqda
3 sentabr 2020, 11:54

Uzbekistan Airways muntazam halqaro aviaparvozlarni tiklamoqda

Uzbekistan Airways muntazam xalqaro reyslarni tiklamoqda. Hozirda Dubay, Frankfurt, Istanbul, Olmaota va Bishkekka amalga oshiriladigan reyslar rejalashtirilgan.

Andijonda olib qochilgan Nexia ariqdan topildi
3 sentabr 2020, 11:20

Andijonda olib qochilgan Nexia ariqdan topildi

Andijonda uy oldidan olib qochilgan Nexia ariqdan topildi. Mazkur jinoyatni 26 yoshli fuqaro sodir etgani aniqlanib, ushlangan.

Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etiladi
3 sentabr 2020, 11:05

Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etiladi. Qorako‘l zotli qo‘ylarni ko‘paytirishga mo‘ljallangan barcha yaylovlar qo‘mitaning doimiy egaligiga o‘tkaziladi.

Imtihonlarning birinchi kunida isitmasi bor 4 abituriyent testga kiritilmadi
3 sentabr 2020, 10:54

Imtihonlarning birinchi kunida isitmasi bor 4 abituriyent testga kiritilmadi

OTMlarga qabul uchun imtihonlarning birinchi kuni 4 nafar abituriyent isitmasi borligi uchun testga kiritilmadi. 59 nafar talabalikka nomzod esa noqonuniy harakatlari uchun test sinovidan chetlashtirildi.

Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish soddalashtirildi
3 sentabr 2020, 10:43

Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish soddalashtirildi

O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartiblari soddalashtirildi. Jumladan, jismoniy shaxslar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda ulardan pasport nusxasi talab qilish bilan bog‘liq norma chiqarib tashlandi.

2 sentyabr kuni O‘zbekistonda 304 ta koronavirus holati aniqlandi
3 sentabr 2020, 00:16

2 sentyabr kuni O‘zbekistonda 304 ta koronavirus holati aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 2 sentyabr kuni O‘zbekistonda 304 ta koronavirus holati ro‘yxatga olinganini xabar qildi. Jami holatlar soni 42,5 mingtadan oshdi.

Bloger Haydarjon Bobohaydarov ozod qilindi
2 sentabr 2020, 23:55

Bloger Haydarjon Bobohaydarov ozod qilindi

Bosh prokuratura So‘x tumanidagi tartibsizliklar to‘g‘risidagi ish bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida qamoqqa olingan Haydarjon Bobohaydarovning (bloger Dadaxon Haydarov) ozod qilingani haqida xabar berdi. U bilan yana bir gumonlanuvchi — Dilmurod Mahbubov ham ozod qilingan.

Dizayner Akfa va Artel haqidagi hajviy video uchun uzr so‘radi
2 sentabr 2020, 22:40

Dizayner Akfa va Artel haqidagi hajviy video uchun uzr so‘radi

Dizayner Shavkat Egamberdiyev Akfa, Artel va Toshkent hokimi haqidagi hajviy videosi uchun uzr so‘radi. U ushbu videoni keng ommaga tarqalib ketganligi uchun Troll.uz ni «podstava» qilganlikda aybladi. Troll.uz muallifi rassomga nisbatan tahdid qilinganligini ta’kidlamoqda. Artel vakili «Troll.uz ning fikrlari har doim ham to‘g‘ri va adolatli bo‘lavermasligini» aytdi.

IMEI kodini uchinchi shaxslar pasportiga ro‘yxatdan o‘tkazish kuzatilmoqda
2 sentabr 2020, 20:10

IMEI kodini uchinchi shaxslar pasportiga ro‘yxatdan o‘tkazish kuzatilmoqda

UZIMEI tizimi operatori mobil qurilmalarning IMEI-kodini uchinchi shaxslar pasportlaridan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tkazish holatlari yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qildi.

Hafta oxiriga borib havo salqinlashadi
2 sentabr 2020, 19:44

Hafta oxiriga borib havo salqinlashadi

Hafta oxiriga borib salqinroq ob-havo kuzatiladi. Kunduzgi harorat +25…+30 darajani tashkil etadi. Ayrim joylarda shamol tezligi kuchayishi mumkin.

Birinchi bosqich talabalari uchun darslar 2 oktyabrdan boshlanadi
2 sentabr 2020, 19:29

Birinchi bosqich talabalari uchun darslar 2 oktyabrdan boshlanadi

OTMlarning birinchi bosqich talabalari uchun mashg‘ulotlar 2 oktyabrdan boshlanadi. Ta’lim shakli haqida hozircha xabar qilinmadi.

O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 93-o‘rinni egalladi
2 sentabr 2020, 18:25

O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 93-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 131 davlat orasida 93-o‘rinni egalladi. So‘nggi besh yilda mamlakat ma’lumotlar yetishmagani sababli reytingga kiritilmagan edi.

DSQ sentyabr oyi uchun soliq to‘lovchilar kalendarini e’lon qildi
2 sentabr 2020, 18:16

DSQ sentyabr oyi uchun soliq to‘lovchilar kalendarini e’lon qildi

Sentyabr oyi davomida yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan soliq to‘lovlari ro‘yxati e’lon qilindi.

Maktablarga dezinfeksiya vositalarini hokimliklar yetkazib beradi, o‘qituvchilar emas — XTV
2 sentabr 2020, 17:40

Maktablarga dezinfeksiya vositalarini hokimliklar yetkazib beradi, o‘qituvchilar emas — XTV

O‘qituvchilar maktablar uchun dezinfeksiya vositalarini sotib olmasliklari kerak, ular mahalliy hokimliklar tomonidan yetkazib beriladi.

Eski va avariyaviy uylarni ta’mirlash va qayta qurish bo‘yicha renovatsiya dasturlari qabul qilinishi mumkin
2 sentabr 2020, 16:26

Eski va avariyaviy uylarni ta’mirlash va qayta qurish bo‘yicha renovatsiya dasturlari qabul qilinishi mumkin

Respublika bo‘yicha 260 ta eski ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash hamda 193 ta avariya holatidagi ko‘p qavatli uylarni buzib, ular o‘rniga yangi uy-joylarni qurish taklif etilmoqda. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

Qosim-Jomart Toqayev hokimlikka saylovlar o‘tkazishni taklif qildi
2 sentabr 2020, 15:03

Qosim-Jomart Toqayev hokimlikka saylovlar o‘tkazishni taklif qildi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev qishloq hokimlarini (akim) saylov o‘tkazish yo‘li bilan tayinlashni taklif qildi.

Rossiyada COVID-19 ga chalinganlar soni 1 mln dan oshdi
2 sentabr 2020, 13:25

Rossiyada COVID-19 ga chalinganlar soni 1 mln dan oshdi

Rossiyada epidemiya boshlanganidan beri 1 mln dan ortiq COVID-19 holatlari ro‘yxatga olingan. Dunyo bo‘yicha esa ushbu ko‘rsatkich 25,7 mln dan oshgan. Rossiya ro‘yxatga olingan holatlar bo‘yicha AQSH, Braziliya va Hindiston mamlakatlaridan keyin to‘rtinchi o‘rinda turibdi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
2 sentabr 2020, 12:23

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

AQSH milliy valyutasining rasmiy kursi 7 so‘mga qimmatlab, jami 10 270 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari arzonlashdi.

O‘zbekistonda Birinchi prezident xotirasi yodga olindi
2 sentabr 2020, 11:55

O‘zbekistonda Birinchi prezident xotirasi yodga olindi

Toshkent, Samarqand va Qarshida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasi yodga olindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, parlament va hukumat vakillari poytaxtdagi yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting