Adliya vaziri Ruslanbek Davletov O‘zbekistonda yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlarni tashkil etish SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi farmoni bilan tartibga solinishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Shunga qaramasdan u bu borada qonunbuzarlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjud bo‘lsa-da, mitinglarni tashkil etish tartibi belgilanmaganini tan oldi.
JSST mutaxassislariga ko‘ra, COVID-19'ning og‘ir ko‘rinishini boshdan o‘tkazgan bemorlar 3−6 oygacha o‘zini yomon his qilishlari mumkin. Bunday uzoq muddatga cho‘zilgan kasallanish jarayoni holsizlikka, fikrlash qobiliyati, hotiraning susayishiga olib kelishi mumkinligi aytilmoqda.
Xitoyning Vuxan shahrida koronavirusning kelib chiqishini aniqlash uchun tadqiqot olib borgan JSST mutaxassislari shaharda SARS-COV-2'ning 13 ta ehtimoliy turini aniqlashgan.
Dollarning rasmiy kursi 9 so‘mga qimmatladi va jami 10 540 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Ekologiya davlat qo‘mitasi ishdan bo‘shagan sobiq matbuot kotibi Bunyod Abdullayev bo‘yicha rasmiy munosabat bildirib, uning «vajlari haqiqatga mos kelmasligini» aytmoqda. Qo‘mita Abdullayevga bosim o‘tkazilgani hujjatli asosga ega emasligini ta’kidlagan. Bayonotda sobiq matbuot kotibining yig‘ilishdan chiqib ketganligi «qonun buzilishi» deb hisoblanishi qayd etilgan.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoni mart oyining birinchi yarmida boshlanishini ma’lum qildi. Birinchi bo‘lib xavf guruhiga kiruvchi aholi emlanadi. Sanitariya xizmati vaksina ishlab chiqaruvchi 12 ta korxona bilan muzokara olib borayotganligini ham aytgan.
Poytaxtda haydovchilik guvoxnomasiga ega bo‘lmagan fuqaro mashinada boshqaruvni yo‘qotib, 2 ta «Cobalt» ga urilgan. To‘qnashuv natijasida bir nafar piyoda jarohat oldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sessiyasida Gulnara Bazarbayeva Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining raisi etib saylandi.
O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal ob-havo ish haftasi ohirigacha davom etadi. O‘rtacha havo harorati meteorologik kuzatuv davri uchun shu kunlarning mutlaq qiymatlaridan ko‘p bo‘ladi. Ish haftasining oxiriga kelib, ob-havo sharoiti keskin o‘zgaradi.
BAAda bo‘lib o‘tgan para-yengil atletika bo‘yicha Gran-pri musobaqasida O‘zbekiston sportchilari 24 ta medalni qo‘lga kiritib, umumiy hisobda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Imom Buxoriy majmuasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha yangi loyihasiga ko‘ra, maqbara yaqinida 8 ming o‘rinli masjid bunyod etilishi rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, majmua atrofida to‘rtta ulkan minora, ichki hamda tashqi ayvonlar barpo etiladi.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, yangi qurilayotgan uy-joy komplekslari orasida har 1000 ta kvartirali kompleks uchun 1500 o‘rinli davlat maktabi quriladi.
AQSH Senati impichment bo‘yicha majlisda sobiq prezident Donald Trampni oqladi. Impichment uchun 67 ta ovoz to‘plash kerak bo‘lgan jarayonda 57 nafar senator ovoz berdi.
«Snos» lar bo‘yicha eng ko‘p noqonuniy qarorlar, jumladan, yer yegasining roziligi olinmasligi holatlari Andijon viloyatida qabul qilingan. Shuningdek, mahalliy hokimlikning hisobidagi jamg‘armada qoldiq mablag‘lar mavjud bo‘lsa-da, Toshkent shahrida 76,4 mlrd so‘m qarzdorlik qoplanmagan.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ko‘p qavatli uylarning hovlisida binolar qurish bo‘yicha barcha qarorlarni bekor qilishni va buzilgan bolalar maydonchalarini tiklashni buyurdi. Quruvchilarga boshqa hududlar taklif etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Qonunchilik palatasining ikki partiyasi tomonidan Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda «Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi qonunga Ommaviy tartibsizlikka da’vat qilganlik uchun javobgarlik belgilashga oid normalar kiritish birinchi o‘qishda qabul qilindi.
«Bu balogirlarning burnini suqmagan joyi, tashkiloti, ishi yo‘q. Yuvilmagan qoshiqqa o‘xshab, yo‘q yerdan keladiyu shovqin-suron qilib tashlashadi. Haligi, «Suyunchi»dagi Anzirat xola bor-ku, o‘sha xola hayotda ham bo‘lganida, balogirlarning oldida ip esholmay qolgan bo‘lardi» — Tegmanozik (hajviyadan).
Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Abduhalim Xolmaxmatov O‘zbekiston prezidenti xalq qabulxonasining Toshkent viloyati boshqarmasi rahbari etib tayinlandi.
2020 yilda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzilgan mulklar bo‘yicha yetkazilgan zararlarning 202 mlrd so‘mi yoki 45 foizi mulk egalariga qoplab berilgan.
Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan O‘tkir Jumayev Buxoro shahri hokimi etib tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting