Arxiv

2023 yildan «Tashabbusli budjet» loyihalari uchun 8 trln so‘m mablag‘ ajratiladi
12 oktabr 2022, 09:52

2023 yildan «Tashabbusli budjet» loyihalari uchun 8 trln so‘m mablag‘ ajratiladi

Prezident 2023 yildan mahallalardagi infratuzilma uchun mablag‘lar faqatgina «Tashabbusli budjet» orqali aholi ovoz bergan loyihalarga ajratilishini aytdi. «Bunda „Tashabbusli budjet“ loyihalari uchun mablag‘lar 3,5 baravarga oshirilib, 8 trln so‘mga yetkaziladi», — dedi u.

«Bu yerda vaziyat sal notinch». Rossiyaning Kursk viloyatida o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalar prezidentdan yordam so‘radi
11 oktabr 2022, 23:10

«Bu yerda vaziyat sal notinch». Rossiyaning Kursk viloyatida o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalar prezidentdan yordam so‘radi

Ukrainaga chegaradosh hududdagi Rossiyaning Kursk davlat tibbiyot universitetida o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalar o‘qishni ko‘chirishni so‘rab Shavkat Mirziyoyevga murojaat qildi. O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari vaziyatni o‘rganish va mavjud muammolarni hal qilish maqsadida Kursk viloyatiga jo‘nab ketdi.

AQSh Savdo vazirligi vakillari O‘zbekistonga tashrif buyuradi
11 oktabr 2022, 22:13

AQSh Savdo vazirligi vakillari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

AQSh savdo vazirining o‘rinbosari Marisa Lago bir qator vazirliklarda uchrashuvlarda qatnashish, sanoat obyektlariga tashrif buyurish, shuningdek, O‘zbekistondagi Amerika savdo palatasi a’zolari bilan muloqot qilish uchun Toshkentga keladi.

11 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
11 oktabr 2022, 22:00

11 oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Ishdan bo‘shatilgan Ekologiya qo‘mitasi rahbarining ikki o‘rinbosari, O‘zMUdagi yo‘qolgan qo‘lyozmalar bo‘yicha sud hukmi, dzyudo bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan ikkinchi o‘zbek, BMW haydovchisining avariya bo‘yicha izohi, Gayana bilan diplomatik munosabat o‘rnatgan O‘zbekiston va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Istanbulda uylardan birida sodir bo‘lgan portlashda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
11 oktabr 2022, 21:30

Istanbulda uylardan birida sodir bo‘lgan portlashda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

9 oktabr kuni Turkiyaning Istanbul shahri Kadiko‘y tumanidagi uylardan birida sodir bo‘lgan portlash va yong‘in natijasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi — 10 yoshli qiz va uning 68 yoshli bobosi halok bo‘lgani aniqlandi. Oilaning yana bir a’zosi shifoxonaga yotqizilgan. Bir qurbonning shaxsi aniqlashtirilmoqda.

Open Budget`da 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan 364 ta loyihaga qo‘shimcha 335 mlrd so‘m ajratiladi
11 oktabr 2022, 20:20

Open Budget`da 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan 364 ta loyihaga qo‘shimcha 335 mlrd so‘m ajratiladi

Prezident videoselektor yig‘ilishida «Tashabbusli budjet» loyihasini yanada kengaytirish va ommalashtirish zarurligini aytdi. Shuningdek, bir hafta muddatda har biri 2 mingdan ortiq aholi ovozini to‘plagan, lekin g‘olib bo‘lmagan 364 ta loyiha uchun qo‘shimcha 335 mlrd so‘m ajratishga ko‘rsatma berdi.

Adhamjon Ergashev og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi
11 oktabr 2022, 18:52

Adhamjon Ergashev og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Adhamjon Ergashev Bahrayndagi Osiyo chempionatida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Muzaffarbek To‘raboyev dzyudo bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
11 oktabr 2022, 18:31

Muzaffarbek To‘raboyev dzyudo bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Humo Arena`da o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatinig 6 kunida -100 kg vazn toifasidagi bellashuvda Muzaffarbek To‘raboyev chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shu bilan O‘zbekiston hisobiga ikkita oltin medal yozib qo‘yildi. Shavkat Mirziyoyev sportchini g‘alaba bilan tabrikladi.

Ekologiya qo‘mitasi rahbarining ikki o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi
11 oktabr 2022, 17:55

Ekologiya qo‘mitasi rahbarining ikki o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi

Prezident Administratsiyasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Umarbek Xalilov hamda rais o‘rinbosari Islombek Boqijonov lavozimidan ozod etildi.

Uchta viloyatda kimyo texnoparklari tashkil etiladi
11 oktabr 2022, 17:51

Uchta viloyatda kimyo texnoparklari tashkil etiladi

Prezident qarori bilan mahalliy mineral xomashyolarni chuqur qayta ishlash orqali yangi turdagi kimyo va gaz-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun Navoiy, Farg‘ona va Qoraqalpog‘istonda kimyo texnoparklari tashkil etiladi. Sohaga mahalliy va xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish maqsad qilingan.

O‘zMUda yo‘qolgan qo‘lyozma va toshbosma asarlar ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
11 oktabr 2022, 17:42

O‘zMUda yo‘qolgan qo‘lyozma va toshbosma asarlar ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

O‘zbekiston Milliy universiteti kutubxonasidan yo‘qolgan 100 dan ortiq, umumiy qiymati 2,6 mlrd so‘mga teng noyob qo‘lyozma va toshbosma asarlar ishi yuzasidan sud hukmi o‘qildi. Sudlanuvchi (ayol kishi) 5 yilga qamaldi, qolaversa, 2 yilga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlashi taqiqlandi.

O‘zbekiston va Gayana Kooperativ Respublikasi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi
11 oktabr 2022, 17:37

O‘zbekiston va Gayana Kooperativ Respublikasi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi

10 oktabr kuni Nyu-Yorkda O‘zbekiston va Gayana Kooperativ Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommunike imzolandi. Bu orqali O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan davlatlar soni 142 taga yetdi.

Qizlarning STEM va IT sohalarida o‘qishiga investitsiya kiritish juda muhim — UNIСEF
11 oktabr 2022, 17:04

Qizlarning STEM va IT sohalarida o‘qishiga investitsiya kiritish juda muhim — UNIСEF

O‘zbekiston va butun MOda salbiy me’yorlar va gender stereotiplar tufayli qizlar STEM va IT sohalarida o‘qishda kam ishtirok etyapti yoki umuman bundan chetda qolyapti, deyiladi UNIСEF bayonotida. Tashkilot sohadagi gender tafovutni kamaytirish va imkoniyatlarni kengaytirishga sarmoya kiritishga chaqirdi.

Toshkent ramzlariga chizgilar: Chorsudagi “ovqat bozori”
11 oktabr 2022, 17:00

Toshkent ramzlariga chizgilar: Chorsudagi “ovqat bozori”

Chorsudagi “ovqat bozori” — Toshkent haqidagi hikoyalarning eng asosiy syujetlaridan biri. Bu yerdagi eski shahar muhiti mahalliy oshpazlar bilan chambarchas bog‘liq, ularning aksariyati bir necha o‘n yillardan buyon shu joyda mehnat qilmoqda. “Gazeta.uz” Toshkentning asosiy ramzlaridan biri haqida hikoya qiladi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
11 oktabr 2022, 16:20

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,23 so‘mga qimmatlab, 11 084,06 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa pasaydi.

«Endi shu bilan yashashni ayting». BMW haydovchisi ikki kishi o‘limiga sababchi bo‘lgan avariya haqida
11 oktabr 2022, 16:01

«Endi shu bilan yashashni ayting». BMW haydovchisi ikki kishi o‘limiga sababchi bo‘lgan avariya haqida

Toshkentning Maxtumquli ko‘chasida ikki kishining o‘limi bilan bog‘liq avariyaga sababchi bo‘lgan BMW haydovchisi voqea haqida so‘zlab berdi. Biroq telekanallarda efirga uzatilgan intervyuda u katta tezlikda harakatlangani va xavfli «manyovr»lar qilgani haqida biror so‘z aytmadi.

Jahon bojxona tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda
11 oktabr 2022, 15:34

Jahon bojxona tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda

DBQ raisi Akmalxo‘ja Mavlonov Belgiyada Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriya bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida tomonlar kadrlar tayyorlash, tashkilotning hududiy markazlarida Bojxona institutining professor-o‘qituvchilari uchun muntazam amaliyotlarni yo‘lga qo‘yish kabi takliflarni ilgari surdi.

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi o‘zbekistonliklarni Ukrainani tark etishga chaqirdi
11 oktabr 2022, 13:24

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi o‘zbekistonliklarni Ukrainani tark etishga chaqirdi

Ukraina shaharlariga raketa hujumlari kuchaygani ortidan O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi vatandoshlarni Ukrainani tark etishga va bu mamlakatga safar qilishdan tiyilishga chaqirdi.

Piramit o‘zining bir yilligiga maxsus syurpriz tayyorladi
11 oktabr 2022, 13:00

Piramit o‘zining bir yilligiga maxsus syurpriz tayyorladi

Toshkentning yangi uchrashuv makoniga aylangan va investorlar hayotini yengillashtirishga mo‘ljallangan Piramit Tower o‘zining bir yilligiga maxsus syurpriz tayyorladi. Loyiha yangi Piramit Plan bilan o‘zining xosligiga yangi xususiyatlar qo‘shdi.

Chekinishga haqqimiz yo‘q
11 oktabr 2022, 12:00

Chekinishga haqqimiz yo‘q

1990 yillarda filologiya fanlari nomzodi M. Mirtojiyev shunday deb yozgandi: «O‘zbek tilida o‘qitiladigan chet institutlari va fakultetlarida o‘zbek tili fan sifatida o‘qitilmaydi. Bunda chet tilini unga qiyosan o‘rganish manfaatliroq ekanligi hisobga olinmadi. Axir odamlar ona tili bazasida mushohada qiladi».


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting