Arxiv

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi
6 iyul 2020, 11:39

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirning birinchi o‘rinbosari etib Gulnora Marufova tayinlandi. U ilgari vazirlikning Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Sementni “yashil yo‘lak” tizimi orqali import qilish rejalashtirilmoqda
6 iyul 2020, 11:19

Sementni “yashil yo‘lak” tizimi orqali import qilish rejalashtirilmoqda

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sementni import asosida respublikaga “yashil yo‘lak” tizimi orqali olib kirishni taklif qildi. Ko‘zlangan tartibga ko‘ra, olib kirilayotgan sementni sertifikatlashtirish, laboratoriya sinovidan o‘tkazish belgilangan. Nomuvofiq sement olib kirgan tadbirkorga javobgarlik tartibi ham belgilangan.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
6 iyul 2020, 11:09

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 11 qimmatlab, jami 10 173 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi ham deyarli 45 so‘mga ko‘tarildi va rubl kursi esa 3 so‘mga (142 so‘m) arzonladi.

Toshkentlik 67 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi
6 iyul 2020, 10:10

Toshkentlik 67 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 67 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Ta’kidlanishicha, marhum 26 iyundan tomog‘ida og‘riq, tana harorati ko‘tarilgan, ammo shifokorga murojaat qilmasdan uyida davolangan. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 35 nafarga yetdi.

Koronavirus bemorlari soni 10143 nafarga yetdi
6 iyul 2020, 10:02

Koronavirus bemorlari soni 10143 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 123 nafarga ortib, jami 10143 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 43 nafari Karantin markazida, 60 nafari Andijon viloyatida va 20 nafari Toshkent viloyatida qayd etildi.

Paradise Food restorani mazali va foydali taomlarni uygacha yetkazib beradi
6 iyul 2020, 09:00

Paradise Food restorani mazali va foydali taomlarni uygacha yetkazib beradi

Paradise Food restorani mazali burger, sendvich, xot-dog, steyk, salat va issiq gazaklarni mijozlarining uyigacha yetkazib beradi. Restoran ochilishi munosabati bilan, iyul oyining oxiriga qadar aksiya asosida har bir buyurtmaga bepul kokteyllar beriladi.

Toshkentda 49 yoshli ayol ham koronavirusdan vafot etdi
6 iyul 2020, 00:24

Toshkentda 49 yoshli ayol ham koronavirusdan vafot etdi

Toshkentda 49 yoshli ayol koronavirus sababli hayotdan ko‘z yumdi. O‘lim ko‘rsatkichi kunlik 3, umumiy 34 taga yetdi.

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 10 mingdan oshdi
6 iyul 2020, 00:10

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 10 mingdan oshdi

O‘zbekistonda kun davomida 312 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar soni 10 mingtadan oshdi.

Yana 107 kishining koronavirus testi ijobiy chiqdi
5 iyul 2020, 17:12

Yana 107 kishining koronavirus testi ijobiy chiqdi

O‘zbekistonda rasmiy tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 107 taga ko‘payib, umumiy 9936 taga yetdi. Yangi holatlarning 33 tasi karantin markazida, 66 nafari Toshkentda (59 tasi aholi orasida) qayd etildi.

Toshkentda 45 yoshli COVID-19 bemori hayotdan ko‘z yumdi
5 iyul 2020, 17:04

Toshkentda 45 yoshli COVID-19 bemori hayotdan ko‘z yumdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 45 yoshli erkak shifokorga kech murojaat qilgani sababli olamdan o‘tdi. O‘zbekistonda COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni esa kunlik 2, umumiy 33 nafarni tashkil etmoqda.

Toshkentda koronavirus aniqlangan bemor onaxon vafot etdi
5 iyul 2020, 14:09

Toshkentda koronavirus aniqlangan bemor onaxon vafot etdi

Toshkentda koronavirus infeksiyasiga chalingan 71 yoshli onaxon olamdan o‘tdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 32 nafarga yetdi.

Koronavirus bemorlari soni 9829 nafarga yetdi
5 iyul 2020, 10:33

Koronavirus bemorlari soni 9829 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 121 nafarga ortib, jami 9829 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 106 nafari Karantin markazida, 7 nafari Toshkent shahrida, 4 nafari Toshkent viloyatida va 1 nafari Sirdaryo viloyatida qayd etildi. Shundan 6 nafari aholi orasida aniqlandi.

Koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi
4 iyul 2020, 15:47

Koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi

Toshkentda koronavirus infeksiyasiga chalingan 65 yoshli erkak olamdan o‘tdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 30 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda zilzila sezildi
4 iyul 2020, 15:17

O‘zbekistonda zilzila sezildi

Tojikistonda sezilgan zilzila O‘zbekiston shaharlarida ham sezildi. Uning kuchi Toshkentda 3, Farg‘onada esa 4 balni tashkil etdi.

Toshkentdagi uchta OTMga rektorlar tayinlandi
4 iyul 2020, 14:10

Toshkentdagi uchta OTMga rektorlar tayinlandi

Toshkentdagi Adju universiteti, Toshkent farmatsevtika instituti va Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga yangi rektorlar tayinlandi.

6−19 iyul kunlari amalga oshiriladigan charter reyslar jadvali e’lon qilindi
4 iyul 2020, 12:15

6−19 iyul kunlari amalga oshiriladigan charter reyslar jadvali e’lon qilindi

Yaqin ikki haftada Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Belarus, BAA va AQSHdan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun 19 ta charter reys tashkil etiladi.

Koronavirus holatlari soni 9500 taga yetdi
4 iyul 2020, 10:34

Koronavirus holatlari soni 9500 taga yetdi

O‘zbekistonda yana 104 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 9500 taga yetdi.

Fransiyada yangi bosh vazir tayinlandi
4 iyul 2020, 00:40

Fransiyada yangi bosh vazir tayinlandi

Fransiya bosh vaziri Eduard Filipp iste’foga chiqqani sababli Jan Kasteks yangi bosh vazir etib tayinlandi.

Kun davomida 318 ta koronavirus holati qayd etildi
4 iyul 2020, 00:34

Kun davomida 318 ta koronavirus holati qayd etildi

O‘zbekistonda kun davomida 318 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 9390 taga yetdi. 273 ta holat karantin markazlari, 45 tasi aholi orasida qayd etildi.

Toshkentda 77 yoshli koronavirus bemori vafot etdi
3 iyul 2020, 23:32

Toshkentda 77 yoshli koronavirus bemori vafot etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan va saratondan davolanib kelayotgan 77 yoshli bemor ayol hayotdan ko‘z yumdi. O‘zbekistonda kun davomida 2 nafar, epidemiya boshlangandan beri 29 nafar fuqaro COVID-19 asoratlaridan vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting