2020-yilda 1723 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 1148 ta jinoyat ishi ochilgan. Ular yetkazgan moddiy zarar 500 mlrd so‘mga baholanmoqda.
Qashqadaryo viloyat, tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlari davolanishga jo‘natildi. Ularning o‘rniga vaqtincha yoshlar hokim o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
Dollarning rasmiy kursi 27 so‘mga qimmatladi va jami 10 500 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham biroz ko‘tarildi, yevro esa arzonladi.
Sudyalar oliy kengashi Termizda sud binosida jurnalistlar bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan izoh berdi. Sud majlisida qatnashishga ruxsat berishini qo‘pol tarzda so‘ragan OAV xodimlari bo‘yicha Bosh prokurorga taqdimnoma kiritilgani ma’lum qilindi.
Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumani «Qizilo‘zak» qishlog‘ida yashovchi bolalar 8 km uzoqlikda joylashgan maktabga piyoda, eshakda va velosipedda qatnamoqda. Qishloqda 150 ga yaqin bola maktabga boradi va hozirda ularga velosiped sotib olish uchun pul yig‘ish boshlangan. Avvalroq
Indoneziyada sodir bo‘lgan 6,2 balli zilzila va suv toshqini oqibatida 96 kishi halok bo‘ldi. 70 mingdan ortiq aholi uylarini tark etdi.
Prezident administratsiyasi tasdiqlagan jadval asosida viloyat hokimlari bosqichma-bosqich qisqa muddatli ta’tilga chiqmoqdalar. Ular ta’tilda profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
To‘rt oydan ko‘proq vaqt o‘tgach, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy Rossiyaga qaytib kelishi bilan hibsga olindi. Uning samolyoti Vnukovo aeroportida qo‘nishi kerak edi, ammo bundan bir necha daqiqa oldin samolyot Sheremetevoga yo‘naltirildi. Navalniy pasport nazoratidan o‘tayotgan paytda hibsga olingan.
Prezident farmoyishi bilan 5 yil muddatga barcha viloyatlar sudlarinig raislari tayinlandi. Ular viloyatlarning jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy sudlari negizida tashkil etilgan.
Epitsentri Afg‘onistonda bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi. Toshkentda yer silkinishining magnitudasi 2−3 ball atrofida bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Chilonzor tumani hokimi Sarvar Maxametovni lavozimidan ozod etish niyati bo‘lganligini ma’lum qildi, ammo u «uch oy ichida topshiriqni bajara olishini» aytgan. Prezident, shuningdek, poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga «boshqalarga advokatlik qilmaslikni» buyurdi.
8000 talabaga mo‘ljallangan prezident universiteti Toshkentda ochiladi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Universitetda Oksford ta’limi joriy etiladi. Prezident so‘zlariga ko‘ra, yoshlarning yarmi chet elda o‘qiganidan keyin qaytib kelmayotgani kuzatilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev hokim Jahongir Ibrohimovning Yunusobod tumaniga «yangi kuch» sifatida kelganini aytdi. «Hokim „raskladushka“ bilan keldi rayonga. U hokimiyatda yotmaydi, balki sektor mahallasida borib yotadi», — dedi prezident. U bir oy ichida prokuror, Davlat soliq inspeksiyasi va Ichki ishlar boshqarmasi rahbarlarining taqdiri hal bo‘lishini ma’lum qildi.
2020 yilda O‘zbekistonning doimiy aholisi 653,7 ming kishiga yoki 1,9 foizga o‘sdi va 34,5 milliondan ortiqni tashkil etmoqda.
Falastin prezidenti Mahmud Abbos mamlakatda 15 yil ichida ilk marotaba umumiy (parlament va prezidentlik) saylovlarini o‘tkazish to‘g‘risida farmon chiqardi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining barcha tuman hokimlarini «halol va porasiz» ishlashlari zarurligi haqida ogohlantirdi. U «prezident siyosatiga xiyonat qilgan» Jizzax viloyati hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarini misol qilib ko‘rsatdi.
Davron Tulyaganov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor etib tayinlandi.
Niderlandiya hukumati bolalar parvarishi uchun nafaqa mojarosi tufayli iste’foga chiqdi. Minglab odamlar asossiz firibgarlikda ayblangan va ulardan bir necha yillik pullarni qaytarib berish talab qilingan.
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida hokimga tegishli avtomashina yo‘ldan o‘tayotgan fuqaroni urib yuborgan. YTH oqibatida fuqaro og‘ir tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan.
Yoz kunlari va mevalarni sog‘inganlar uchun Zira.uz quritilgan mevalardan turli xil yeguliklar retseptlari to‘plamini tayyorladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting