Ozodbek Nazarbekov tadbirkorlarga madaniyat obyektlaridagi bo‘sh maydonlarni berishda hokimiyatlar bilan bog‘liq byurokratik holatlar mavjudligini qayd etdi. Shu bois Madaniyat vazirligi Hukumatga 2021-yildan tadbirkorlarga madaniyat markazlari, bog‘ va hiyobonlar maydonlarini ajratish jarayonlarini soddalashtirishga oid qaror loyihasini kiritgani ma’lum qilindi.
Bitkoinning narxi yana tarixiy maksimal darajani yangiladi. U 35 ming AQSH dollaridan oshib ketdi va ushbu kurs atrofida harakatlanmoqda.
Ob-havo ma’lumotlarida qor yog‘ishi kutilmayotgan bo‘lsa ham, ertalab Toshkent ko‘chalari qorga o‘xshash narsa bilan qoplandi. «O‘zgidromet» ning xabar berishicha, bunday hodisa O‘zbekistonda kamdan-kam uchraydi.
Transport vazirining o‘rinbosari Davron Dehqonov lavozimidan ozod etildi.
6 yanvar kuni Toshkent shahar, Chilonzor tumani hududida Nexia rusumli avtomobilning signalizatsiya moslamasida qisqa tutashuv yuzaga kelib yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida ko‘p qavatli uylarni qurish turli tizimlarga salbiy ta’sir ko‘rsatib, avariyalarga olib kelayotganini ta’kidladi. Bundan tashqari, endilikda tasdiqlangan aholi punktining bosh rejalari muhokamasidagi asosiy takliflar ham inobatga olinishi ma’lum qilindi.
4 yanvar kuni Alibaba asoschisi Jek Maning g‘oyib bo‘lganligi haqida xabarlar tarqala boshladi. U so‘nggi ikki oy davomida ommaga ko‘rinish bermagan. CNBC boshlovchisi Devid Faberning aytishicha, u g‘oyib bo‘lmagan va Xanchjoudagi shtab-kvartirada yashiringan bo‘lishi mumkin.
Toshkentda 3 yil davomida 66 ta mehmonxona, 12 ta savdo-ko‘ngilochar markazi va 9 ta istirohat bog‘ini qurish rejalashtirilmoqda. Mahalliy va xorijiy tadbirkorlar poytaxtga uch yil ichida 9,442 trillion so‘mlik sarmoyalar kiritmoqchi.
Senat 11-yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi. Unga ko‘ra, 14 ta hududda umumyurisdiksiya sudlari tashkil etilmoqda. Qolaversa, tuman va shaharlarda ma’muriy sudlar tugatilib, hududlar markazlarida tumanlararo ma’muriy sudlar tashkil etilmoqda.
Abdukarim Mirzayevning advokati Mahmud Said Arslon ma’muriy qamoqni tugatish to‘g‘risida Istanbul Jinoyat sudi sudlariga yuborilgan arizalar murojaat sabablari o‘rganilmagan holda rad etilganini ta’kidladi. O‘z navbatida, jurnalistning hamkasbi u bilan telefon orqali muloqotda bo‘lgan olti shubhali shaxsning aybsiz ekani aniqlanganini ma’lum qildi.
Tojikistonda 5 yanvardan boshlab soat 23:00 dan qishloq xo‘jaligi bor bo‘lgan tumanlarda, ko‘p qavatli binolari yo‘q joylarda elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatib qo‘yiladi. Uylarda ertalab soat 6 gacha elektr energiyasi bo‘lmaydi.
Qarshidagi uyda portlash oqibatida bino devorlari qulab, ikki nafar voyaga yetmagan bola vafot etdi.
Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi JSST xabariga ko‘ra, hozirda 41 ta mamlakat hududlarida aniqlangan. Biroq ushbu shtamm hozirda yagona emas, ilk bor Janubiy Afrikada aniqlangan yana bir shtamm ham hozirda 7 ta mamlakatga yetib borgan.
Bosh vazir Abdulla Aripov va Prezident administratsiyasi rahbari raisligidagi yig‘ilishdan keyin uy-joy kommunal xo‘jalik vaziri Muzaffar Soliiyev lavozimidan ozod etildi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Abduraxmon Abduvaliyevga hayfsan va qurilish vaziri Botir Zokirovga ogohlantirish berildi.
Gonkongda 50 ga yaqin faollar va sobiq deputatlar milliy xavfsizlik qonunlarini buzganlikda gumon qilinib hibsga olingan. Hibsga olishlar oppozitsiyaning 2020 yil yozida demokratlar o‘rtasida o‘tkazilgan dastlabki saylovlari bilan bog‘liq.
Samarqand viloyati tibbiyot muassalarida 7 mlrd so‘mlik talon-torojlik va suiste’molchiliklar aniqlandi. Bundan tashqari dori vositalariga 5,643 mlrd so‘mga qimmat narxlarda davlat xaridlari amalga oshirgan. Aniqlangan holatlar asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jahon bankining prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston YAIM 2021 yil 4,3%ga, 2022 yilda 4,5% ga o‘sishi kutilmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy o‘sish suratlari 3%gacha yetishi taxmin qilingan.
Vetnamda uch nafar mustaqil jurnalist-blogerlarga bir kunlik sud jarayonida 11 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi tayinlandi. Ular «davlat siyosatiga qarshi materiallar va ma’lumotlar tayyorlash, saqlash va tarqatishda» aybdor deb topildi.
Navoiy shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan fan olimpiadasiga o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib ketayogan mashina YTHga uchradi. Hodisa oqibatida bir nafar o‘qituvchi va bir nafar o‘quvchi vafot etdi.
Surxondaryo viloyati hokimligi sayti xakerlar hujumiga uchradi. Xakerlar viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklanganligini aytmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting