Arxiv

London sudi Julian Assanjni garov evaziga ozod qilishdan bosh tortdi
7 yanvar 2021, 16:05

London sudi Julian Assanjni garov evaziga ozod qilishdan bosh tortdi

London sudi WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni garov evaziga ozodni qilishdan bosh tortdi. Sudya u ozod qilingan taqdirda, qochishga urinishi mumkin deb hisoblamoqda.

Toshkent shahar IIBB sovuqda qolgan boshpanasiz shaxslar haqida xabar berishni so‘radi
7 yanvar 2021, 15:08

Toshkent shahar IIBB sovuqda qolgan boshpanasiz shaxslar haqida xabar berishni so‘radi

Poytaxt ko‘chalarida sovuqda qolgan boshpanasiz fuqarolarni ko‘rib, Toshkent shahar IIBBning 71−281−90−32 raqamiga murojaat qilish mumkin. Muhtojlar Toshkent shahar IIBB huzuridagi Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazida tashkil etilgan «Mehr saxovat» boshpanasiga olib boriladi.

Tokioda favqulodda holat joriy etildi
7 yanvar 2021, 14:44

Tokioda favqulodda holat joriy etildi

COVID-19 ning tarqalashi sababli Yaponiya poytaxti Tokioda 8 yanvardan boshlab favqulodda holat e’lon qilindi. Ovqatlanish joylariga cheklovlar belgilash, xodimlarni masovafiy ish tartibiga o‘tkazish va ommaviy tadbirlarni bekor qilish rejalashtirilmoqda.

Kongress Jo Baydenni AQSh prezidenti sifatida tasdiqladi
7 yanvar 2021, 14:39

Kongress Jo Baydenni AQSh prezidenti sifatida tasdiqladi

AQSh Kongressi Jo Baydenni qo‘shma shtatlar prezidenti etib saylanganini rasman tasdiqladi. Tarafdorlari AQSh Kongressi binosiga bostirib kirgan Donald Tramp hokimiyatni “batartib” holda topshirishni va’da berdi.

«Jartepa» chegara bojxona posti eksport-import yuklari harakati uchun ochildi
7 yanvar 2021, 12:42

«Jartepa» chegara bojxona posti eksport-import yuklari harakati uchun ochildi

Urgut tumanida Tojikiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan «Jartepa» chegara bojxona posti yana o‘z faoliyatini boshladi. Post orqali hozircha faqat xalqaro yuk tashuvchilarning yuk avtotransport vositalari harakatlanishi belgilangan.

Jorjiyadagi Senat saylovlarida demokratlar g‘alaba qozonmoqda
7 yanvar 2021, 12:38

Jorjiyadagi Senat saylovlarida demokratlar g‘alaba qozonmoqda

AQSHning Jorjiya shtatida demokratlar vakillari Jon Ossoff va Rafael Uornok Senatdagi o‘rinlar uchun saylovda ustun kelishmoqda. Ushbu g‘alaba demokratlar partiyasiga vitse-prezident hisobiga Senatda nazorat o‘rnatish imkoniyatini beradi.

Vizasiz sayohat qilish reytingida O‘zbekiston pasporti 86-o‘rinni egalladi
7 yanvar 2021, 12:28

Vizasiz sayohat qilish reytingida O‘zbekiston pasporti 86-o‘rinni egalladi

Vizasiz sayohat qila olish xalqaro reytingida O‘zbekiston pasporti 86-o‘rinni egalladi. O‘zbekistonliklar 57 ta davlatga vizasiz kirishi yoki borgandan keyin viza olishi mumkin. Birinchi o‘rindagi Yaponiya fuqarolari 191 ta davlatga va Singapurliklar 190 ta mamlakatga vizasiz kirishlari mumkin.

Qashqadaryoda elektr uzilishlari sababli suv ta’minoti to‘xtadi
7 yanvar 2021, 12:11

Qashqadaryoda elektr uzilishlari sababli suv ta’minoti to‘xtadi

Qashqadaryo viloyatida Talimarjon IESga yetarli miqdorda gaz bormaganligi uchun, ikkita energoblok to‘xtab, elektr energiya tizimida uzilishlar kuzatildi. Buning natijasida bir necha tumanlarda suv ta’minoti ham to‘xtagan.

Qozog‘iston va Qirg‘iziston elektr uzilishlarini O‘zbekiston elektr tizimidagi muammolar bilan izohladi
7 yanvar 2021, 11:49

Qozog‘iston va Qirg‘iziston elektr uzilishlarini O‘zbekiston elektr tizimidagi muammolar bilan izohladi

Qozog‘iston janubida va Qirg‘izistonning ayrim hududlarida elektr energiyasidan uzilishlar kuzatildi. Ikkala mamlakat ham O‘zbekistondagi energiya tizimidagi muammolarga ishora qilmoqda. Avvalroq O‘zbekiston Energetika vazirligi mintaqaning yagona energiya tizimidagi elektr uzatish liniyalaridagi uzilishlar haqida xabar bergan edi.

Tramp tarafdorlari AQSH Kongressi binosiga bostirib kirishdi — asosiy voqealar
7 yanvar 2021, 10:20

Tramp tarafdorlari AQSH Kongressi binosiga bostirib kirishdi — asosiy voqealar

Jo Baydenning AQSH Kongressidagi g‘alabasini tasdiqlash yig‘ilishida Tramp tarafdorlari binoga bostirib kirishdi. Tartibsizlik va otishma natijasida bir kishi vafot etdi, bir necha politsiya xodimi jarohatlandi. Shaharda payshanba ertalabigacha komendantlik soati e’lon qilindi.

Sud Jasur Umirov ishini yopiq tarzda ko‘rib chiqadi
6 yanvar 2021, 23:35

Sud Jasur Umirov ishini yopiq tarzda ko‘rib chiqadi

Xonanda Jasur Umirovga oid jinoyat ishi 6-yanvar kuni Kattaqo‘rg‘on shahar sudida yopiq tarzda, mazmunan ko‘rib chiqiladi. Samarqand viloyati prokuraturasi xonandaning aybi tergovda tasdiqlanganini aytmoqda.

2021 yil uchun soliq siyosati. Nimalar o‘zgardi?
6 yanvar 2021, 23:27

2021 yil uchun soliq siyosati. Nimalar o‘zgardi?

O‘zbekiston Soliq kodeksiga bir qator yangilanishlar va o‘zgartirishlar kiritildi. 2021 yilda aksiz solig‘ining 3 marta ko‘tarilishi, yangilangan soliq imtiyozlari va boshqa soliq siyosatidagi o‘zgarishlar.

To‘raqo‘rg‘onda spirtli ichimlikdan vafot etganlar soni 5 kishiga yetdi
6 yanvar 2021, 21:07

To‘raqo‘rg‘onda spirtli ichimlikdan vafot etganlar soni 5 kishiga yetdi

To‘raqo‘rg‘on tumanida spirtli ichimlik iste’mol qilish natijasida zaxarlanib o‘lganlar soni 2 kishidan 5 kishiga yetdi. Ular orasida eng kattasi — 52 yosh, eng kichigi esa — 36 yoshda. Jami 13 kishi zaxarlangan.

Urganch shahri markazida tunnel quriladi
6 yanvar 2021, 19:37

Urganch shahri markazida tunnel quriladi

Urganch shahrining markaziy maydoni yangidan qurilishi rejalashtirilmoqda. Maydon markazida 25 metrlik kattalikdagi Jaloliddin Manguberdi haykali o‘rnatiladi. Maydon ostidan esa avtomobil tunneli o‘tkaziladi.

Ozodbek Nazarbekov: Madaniyat obyektlarining bo‘sh turgan maydonlari tadbirkorlarga beriladi
6 yanvar 2021, 18:11

Ozodbek Nazarbekov: Madaniyat obyektlarining bo‘sh turgan maydonlari tadbirkorlarga beriladi

Ozodbek Nazarbekov tadbirkorlarga madaniyat obyektlaridagi bo‘sh maydonlarni berishda hokimiyatlar bilan bog‘liq byurokratik holatlar mavjudligini qayd etdi. Shu bois Madaniyat vazirligi Hukumatga 2021-yildan tadbirkorlarga madaniyat markazlari, bog‘ va hiyobonlar maydonlarini ajratish jarayonlarini soddalashtirishga oid qaror loyihasini kiritgani ma’lum qilindi.

Bitkoin yana rekordini yangiladi
6 yanvar 2021, 17:46

Bitkoin yana rekordini yangiladi

Bitkoinning narxi yana tarixiy maksimal darajani yangiladi. U 35 ming AQSH dollaridan oshib ketdi va ushbu kurs atrofida harakatlanmoqda.

O‘zbekistonda noodatiy ob-havo hodisasi kuzatilmoqda
6 yanvar 2021, 16:53 1

O‘zbekistonda noodatiy ob-havo hodisasi kuzatilmoqda

Ob-havo ma’lumotlarida qor yog‘ishi kutilmayotgan bo‘lsa ham, ertalab Toshkent ko‘chalari qorga o‘xshash narsa bilan qoplandi. «O‘zgidromet» ning xabar berishicha, bunday hodisa O‘zbekistonda kamdan-kam uchraydi.

Transport vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
6 yanvar 2021, 16:44

Transport vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Transport vazirining o‘rinbosari Davron Dehqonov lavozimidan ozod etildi.

Chilonzor tumanida Nexia avtomobili yonib ketdi
6 yanvar 2021, 16:28

Chilonzor tumanida Nexia avtomobili yonib ketdi

6 yanvar kuni Toshkent shahar, Chilonzor tumani hududida Nexia rusumli avtomobilning signalizatsiya moslamasida qisqa tutashuv yuzaga kelib yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Jabrlanganlar yo‘q.

Belgilanmagan yerda ko‘p qavatli kvartirali uylar qurilishi avariya holatlariga olib kelmoqda — Jahongir Ortiqxo‘jayev
6 yanvar 2021, 16:15

Belgilanmagan yerda ko‘p qavatli kvartirali uylar qurilishi avariya holatlariga olib kelmoqda — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida ko‘p qavatli uylarni qurish turli tizimlarga salbiy ta’sir ko‘rsatib, avariyalarga olib kelayotganini ta’kidladi. Bundan tashqari, endilikda tasdiqlangan aholi punktining bosh rejalari muhokamasidagi asosiy takliflar ham inobatga olinishi ma’lum qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting