Arxiv

Koronavirus bemorlari soni 4547 nafarga yetdi
10 iyun 2020, 10:04

Koronavirus bemorlari soni 4547 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 27 nafarga ortib, jami 4547 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 21 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 holatda esa (Toshkent shahri 1, Qashqadaryo viloyati 1, Toshkent viloyati 4) aholi orasida aniqlandi.

Koronavirus holatlari soni 4500 tadan oshdi
9 iyun 2020, 23:20

Koronavirus holatlari soni 4500 tadan oshdi

O‘zbekistonda kun davomida 80 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami 4520 taga yetdi. Yangi holatlarning 25 tasi poytaxt, Toshkent va Navoiy viloyatlarida aholi orasida qayd etildi.

Byudjetda o‘qigan bitiruvchilarni «kambag‘al» qishloqlarga ishlashga yuborish taklif qilindi
9 iyun 2020, 21:22

Byudjetda o‘qigan bitiruvchilarni «kambag‘al» qishloqlarga ishlashga yuborish taklif qilindi

Davlat granti asosida o‘qiyotgan talabalarni 3 yilga kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarga ishlash uchun yo‘naltirish taklif qilindi.

Madaniyat vazirligi qiziqchilarning YPX xodimlaridan uzr so‘raganiga munosabat bildirdi
9 iyun 2020, 20:03

Madaniyat vazirligi qiziqchilarning YPX xodimlaridan uzr so‘raganiga munosabat bildirdi

Hajviya, satira, askiya borasida san’at chegaralanmasligi kerak — Madaniyat vazirligi «Sho‘rdanak» va «Qalpoq» hajviy guruhi a’zolarining YHXB xodimlaridan kechirim so‘raganiga yuzasidan munosabat bildirdi.

Huawei haroratni o‘lchay oladigan smartfon taqdim etdi
9 iyun 2020, 18:44

Huawei haroratni o‘lchay oladigan smartfon taqdim etdi

Huawei kompaniyasi tana haroratini o‘lchash imkoniyatiga ega Honor Play 4 Pro smartfonini taqdim etdi. Smartfon kamerasiga infraqizil o‘lchagich o‘rnatilgan bo‘lib, u -20 dan 100 darajagacha bo‘lgan haroratni o‘lchay oladi.

Boysunda noqonuniy ekstremistik oqim faoliyatiga chek qo‘yildi
9 iyun 2020, 18:22

Boysunda noqonuniy ekstremistik oqim faoliyatiga chek qo‘yildi

Surxondaryoda “Jihodchilar” guruhi faoliyatiga chek qo‘yildi. Uning a’zolari Rossiyada mehnat muhojirlari sifatida yashash vaqtida terrorchilik tashkilotlari ta’siriga tushib, uylariga qaytganidan keyin ekstremistik materiallarni tarqatib kelgan, deya xabar berdi IIV.

Qoraqalpog‘istonga yangi prokuror tayinlandi
9 iyun 2020, 18:01

Qoraqalpog‘istonga yangi prokuror tayinlandi

Taxiatosh tumani hokimi lavozimida ishlagan Farxat Allambergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori etib tayinlandi.

Bojxona tartiblari soddalashtiriladi
9 iyun 2020, 17:42

Bojxona tartiblari soddalashtiriladi

1 noyabrdan bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqti 3 sutkadan 1 kungacha qisqartiriladi. Avtomobil chegara bojxona postlarida esa xavflarni boshqarish tizimi joriy etiladi. Shuningdek, bojxona xodimlariga tovarlar va transport vositalarini joyida tekshirishga ruxsat berildi. Prezident farmonida bojxona tizimidagi kutilayotgan asosiy o‘zgarishlar.

34 kishida koronavirus aniqlandi (jami — 4482 ta)
9 iyun 2020, 17:05

34 kishida koronavirus aniqlandi (jami — 4482 ta)

O‘zbekistonda yana 34 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar 4482 taga yetdi. Yangi kasallanish holatlarining barcha Karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etilgan.

“Ta'lim to‘g‘risida”gi yangi qonun va inklyuziya: qanday bo‘lishi kerak?
9 iyun 2020, 16:00

“Ta'lim to‘g‘risida"gi yangi qonun va inklyuziya: qanday bo‘lishi kerak?

“Talim to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi Oliy Majlis Senati tomonidan o‘rganilmoqda. U inklyuziv ta’lim tamoyillariga to‘g‘ri keladimi?

Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan barcha aloqa kanallarini uzdi
9 iyun 2020, 15:40

Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan barcha aloqa kanallarini uzdi

KXDR 9 iyun kunidan boshlab Janubiy Koreya bilan barcha mavjud aloqa kanallarini to‘xtatishini e’lon qildi. Shimoliy Koreyaning bunday qarorga kelishiga Janubiy Koreya tomonidan tashviqot varaqalari jo‘natilgani sabab bo‘ldi. 2018 yildan birinchi bor Pxenyan rasmiy Seulning telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi.

Maktablarda “Informatika” fani o‘quv dasturlariga dasturlash ham kiritiladi
9 iyun 2020, 15:04

Maktablarda “Informatika” fani o‘quv dasturlariga dasturlash ham kiritiladi

Prezident “Informatika” faniga “Bir million dasturchi” loyihasiga doir yo‘nalishlarni kiritish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Barcha hududlarda IT bo‘yicha kamida 100 ta o‘quv markazi ochilib, ularda dasturlash asoslari, elektron savdo va grafikli dizayn bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Jizzax viloyatida maktab va bolalar bog‘chalari yaqinida tezlik cheklanishi mumkin
9 iyun 2020, 14:38

Jizzax viloyatida maktab va bolalar bog‘chalari yaqinida tezlik cheklanishi mumkin

Jizzax viloyatida maktab va bolalar bog‘chalari yaqinida tezlikni cheklovchi yo‘l belgisini o‘rnatish taklif etildi. Ta’lim muassasalari yaqinida eng yuqori tezlikning soatiga 50 km bo‘lishi kutilmoqda.

JB O‘zbekiston YAIM hajmining o‘sishi bo‘yicha prognozini pasaytirdi
9 iyun 2020, 14:33

JB O‘zbekiston YAIM hajmining o‘sishi bo‘yicha prognozini pasaytirdi

Jahon banki O‘zbekistonning YAIM o‘sishi bo‘yicha prognozini 1,6 foizdan 1,5 foizgacha pasaytirdi, shunday bo‘lsa ham, mamlakat mintaqada iqtisodiyoti o‘sishda davom etayotgan yagona davlatligicha qolmoqda. Jahon iqtisodiyotida esa Ikkinchi jahon urushi davridan keyingi eng yuqori — 5,2 foizlik pasayish kutilmoqda.

Karantin sababli 11 mingdan ortiq tadbirkor ijara to‘lovidan ozod etilgan
9 iyun 2020, 12:51

Karantin sababli 11 mingdan ortiq tadbirkor ijara to‘lovidan ozod etilgan

Karantin sababli davlat mulkini ijara olgan 11 mingdan ortiq tadbirkor ijara to‘lovini to‘lashdan ozod etilgan. Bu davlatga to‘lanishi mumkin bo‘lgan 92,6 mlrd so‘m pul tadbirkorlarning qo‘llarida qolganligini bildiradi.

Toshkentda Sankt-Peterburg universiteti filiali ochiladi
9 iyun 2020, 12:44

Toshkentda Sankt-Peterburg universiteti filiali ochiladi

Toshkentda Sankt-Peterburg davlat universitetining filialini tashkillashtirish rejalashtirilmoqda. OTMda ta’lim rus tilida tashkil etilib, sharq tillari filologiyasi, etnografiya, sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va biotibbiyot kabi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi.

DTM test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolar ro‘yxatini e’lon qildi
9 iyun 2020, 11:42

DTM test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolar ro‘yxatini e’lon qildi

Davlat test markazi tomonidan 2020−2021 o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolar ro‘yxati e’lon qilindi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun faoliyat turlari kengaytirildi — ro‘yxat
9 iyun 2020, 11:20 1

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun faoliyat turlari kengaytirildi — ro‘yxat

Prezident o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, frilanserlar va tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi qarorni qabul qildi. Unga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni ro‘yxati kengaytiriladi, ularga bir qator qulayliklar va imtiyozlar beriladi hamda ularning faoliyatini masofadan turib ro‘yxatga olish uchun DSQ tomonidan mobil ilova ishlab chiqiladi.

Koronavirus bemorlari soni 4448 nafarga yetdi
9 iyun 2020, 10:03

Koronavirus bemorlari soni 4448 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 8 nafarga ortib, jami 4448 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkentda Archako‘chadagi janjalda pichoqlanganlardan biri olamdan o‘tdi
8 iyun 2020, 22:13

Toshkentda Archako‘chadagi janjalda pichoqlanganlardan biri olamdan o‘tdi

Toshkentda sodir bo‘lgan pichoqbozlikka dorixona daromadlarini bo‘lisha olmaslik sabab bo‘lgani ma’lum qilindi. Jarohatlanganlardan biri olamdan o‘tdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting