2021 yil 1 yanvardan O‘zbekiston qonunchiligidagi asosiy o‘zgarishlar va boshqa yangiliklar haqidagi umumiy ma’lumot tayyorlandi.
Navoiy viloyatida «Matiz» avtomashinasi cho‘l hududiga ag‘darilib, YTH sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida haydovchi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan, yo‘lovchi sifatida ketayotgan 30 yoshli fuqaro voqea joyida vafot etgan.
Bolalar bog‘chasi, maktab va oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha maxsus kurslar joriy etiladi. Bunga xorijiy tashkilotlar ekspertlari jalb qilinadi. O‘quv materiallarini tayyorlash uchun esa yagona metodologik talablar ishlab chiqiladi.
Namangan viloyatida «Nexia» va «Cobalt» avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv ro‘y berdi. YTH oqibatida 1 kishi vafot etdi, 4 kishi jarohatlanib, turli tashxislar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Saudiya Arabistoni Qatar bilan munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha kelishuv imzolaydi. Unga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi 2017 yilda yopilgan chegaralar, shu jumladan, havo va dengiz chegaralari ochiladi.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Parkent va Mustaqillik ko‘chalarini bog‘laydigan yo‘l oradan besh yil o‘tib qaytadan avtomobillar harakati uchun ochiladigan bo‘ldi. Bu yo‘l besh yil davomida avtoturargoh vazifasini bajarayotgan edi.
Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib, farzandini o‘ldirib qo‘ydi. Unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
2020 yil bo‘yicha O‘zbekistondagi eng mashhur ismlar Soliha va Muhammadali bo‘ldi. Ushbu ismlar 2019 yilda ham eng ko‘p qo‘yilgan ismlar bo‘lgan edi.
2 yanvar kuni Turkiyaning Izmir shahrida o‘zini o‘ninchi qavatdan tashlab vafot etgan O‘zbekiston fuqarosi 18 yoshda bo‘lganligi ma’lum qilindi. Bundan tashqari, TIV 46 yoshli yana bir o‘zbekistonlik erkakning vafoti haqida ham haqida xabar berdi.
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan yo‘l harakati sohasida interaktiv xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha Road24 axborot tizimini joriy etmoqda. Tizim orqali yo‘llardagi hodisalar, vaqtincha yopilgan yo‘llar, yangi o‘rnatilgan yo‘l belgilari va avtojarimalar haqida ma’lumot olish mumkin.
Surxondaryoda piyodaning vafotiga sababchi bo‘lib voqea joyidan qochib ketgan xaydovchi topildi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Fotosuratchi Andrey Proxojiy 30 yildan ortiq vaqtdan buyon tog‘ turizmi bilan shug‘ullanadi. “Gazeta.uz” undan o‘tgan yil fotosuratlari bilan bo‘lishishini so‘radi.
Magistral gaz quvurlarida gaz bosimini tiklash uchun 4 yanvardan boshlab O‘zbekistonning aksariyat gaz quyish kompressor shohobchalari (AGQSH) cheklangan rejimda ishlaydi. Energetika vazirligining ta’kidlashicha, yoqilg‘i quyish shohobchalari faqat soat 5:00 dan 15:00 gacha ishlaydi.
7 yanvar kuni Toshkent shahridagi Alisher Navoiy teatri oldida ochiq muz maydoni ishga tushiriladi. Ochilish marosimida Rossiya muz sport yulduzi Aleksey Yagudin ishtirok etadi. Bir oy davomida muz maydoni bo‘ylab turli sport va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikda uzunligi 21 km bo‘lgan Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining ikkita uchastkasini rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshiriladi. Loyihaga 35,1 mln dollar miqdorida kredit ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi qabul qilgan yo‘l xaritasiga muvofiq, tashqi qarzlar sarfi bo‘yicha ochiq ma’lumotlar bazasini shakllantirish ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid bir qancha huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi ham rejalashtirilgan.
Xorazm viloyatida 4 kishi is gazidan zaharlandi. Oqibatda 31 yoshli ayol va uning 10 yoshli qizi vafot etdi.
Namangan viloyatining To‘raqurg‘on tumanida 12 nafar fuqaro Qirg‘iziston spirtli ichimligidan zaharlandi. Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Koronavirusning yangi shtammi tarqalishi oqibatida Angliyada uchinchi umummilliy karantin e’lon qilindi. Maktab va universitetlar masofaviy ta’limga o‘tmoqda. Aholiga ehtiyoj bo‘lmagan taqdirda ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etildi.
OTMga kirish testlari va abituriyentlarning bilimlarini baholash xizmatlari sifatini oshirish yo‘llaridan biri — sohani monopoliyadan chiqarish va sog‘lom raqobatni rivojlantirish bo‘lishi mumkin. «Gazeta.uz» kolumnisti Komil Jalilov mavjud test tashkiloti va u o‘tkazadigan testlar standartlari va sifati borasida fikr yuritadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting