20 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston kubogining final uchrashuvida VAR tizimi qo‘llaniladi. O‘zbekiston kubogi finali Namangan shahridagi «Navbahor» markaziy stadionida o‘tkaziladi.
Daniya koronavirus infeksiyasining tarqalayotgani sababli karantin choralarini kuchaytirmoqda. Katta sinf o‘quvchilari va talabalar masofaviy ta’limga o‘tkaziladi. Ovqatlanish markazlari va madaniyat muassalari yopiladi.
G‘uzor tumanining sobiq hokimi Sa’dulla Boboqulov va Qashqadaryo hokimligi hokim sudyaga bosim o‘tkazgani uchun ishdan bo‘shatilganini rad etdi. Sa’dulla Boboqulov sudya mojaroga sabab bo‘lgan dehqon bozori raisining o‘g‘li bilan birga o‘qigani va bir kvartirada yashaganini aytdi.
Toshkent shahar hokimligi tomonidan «Toshkent shahar suv ta’minoti» MCHJning hozirgi kunda amalda bo‘lgan tarifini oshirish taklif qilinmoqda. Qayd etilishicha, «Toshkent shahar suv ta’minoti» MCHJ 2019 yilda moliyaviy iqtisodiy faoliyatdan 58,8 mlrd so‘m, hamda 2020 yil 8 oyligida 21,3 mlrd so‘m zarar ko‘rgan.
Kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalarining yaqinni yorituvchi chirog‘ini yoqib yurish tartibi 1 yanvardan kuchga kiradi. Ushbu tartibni bekor qilish bo‘yicha bir guruh deputatlar tomonidan Vazirlar Mahkamasiga hamda Ichki ishlar vazirligiga so‘rov xati kiritilgani ma’lum qilindi.
Janubiy Koreya barcha avtobuslari bepul Wi-Fi bilan jihozlangan dunyodagi birinchi mamlakatga aylandi. Mamlakat shaharlari bo‘ylab jami 35 mingta avtobus harakatlanib, shulardan 29,1 mingtasini Wi-Fi bilan ta’minlashni markaziy hukumat o‘z bo‘yniga olgan, 5906 ta avtobusni esa ushbu texnologiya bilan mahalliy hokimiyatlar jihozlashgan.
Rossiyaning barcha hududlarida koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayonlari boshlandi. Yaqin 3 oy davomida preparatni regionlarga yetkazish rejalashtirilgan.
Vaksina haqidagi yangiliklardan so‘ng oltin narxi arzonlashni boshlagan. Bu esa O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 32,9 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, davlat organlari jamoatchilik kengashlari tarkibiga kamida bir nafar jurnalist va/yoki blogerning kiritilishi belgilanmoqda. Shuningdek,tanqidiy materiallarga bir kun ichida javob beriladi, har bir rahbar ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini ochadi.
Google xodimlarining 2021 yil sentyabr oyigacha uydan turib ishlashi, AQSHning Turkiya mudofaa sanoati idorasiga qarshi sanksiyalar joriy qilgani, yaponiyaliklarning 2021 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga qarshi chiqishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yangi Chevrolet Tracker’ning birinchi partiyasi O‘zbekistonga jo‘natildi. Yangi krossover 2019 yilda taqdim etilgan bo‘lib, shu vaqtga qadar faqat Xitoy va Braziliyada sotilayotgan edi.
O‘zbekiston 2025-yil IV yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilishi munosabati bilan Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining vitse-prezidenti etib saylandi. “Toshkentda o‘tadigan 2025-yilgi yoshlar Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish Yangi O‘zbekiston uchun jahon hamjamiyati oldidagi jiddiy sinovlardan biri”, — deya ta’kidladi Otabek Umarov.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari uchun 2020 yil 28 dekabrdan 2021 yil 10 yanvargacha qishki ta’til etib belgilandi.
Global miqyosda 387 nafar jurnalist o‘z kasbiy vazifalarini bajargani uchun qamoqda qolmoqda. Ularning 61 foizi atigi beshta davlatda hibsga olingan. Pandemiyani yoritgani uchun qamalgan jurnalistlarning 14 nafari hamon panjara ortida qolmoqda.
14 dekabr kuni Farg‘ona viloyat sudida So‘x voqealari yuzasidan sud jarayonida 5 nafar sudlanuvchi so‘roq qilindi. Ular tergov jarayonida qiynoqqa solinganligini, ba’zilari esa to‘polonlarda qatnashmaganligini ta’kidladi. B.Shodiyev tergov paytida boshiga qop kiygizib, beldan pastki qismiga urishganini aytdi. Sudlanuvchi Sh. Olimov ayblov varaqasiga qo‘l qo‘yib bermasa, «podvalga tushasan» deb qo‘rqitishganini ta’kidladi.
Matbuot anjumanida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rustam Xatamov UZB, ZDF va boshqa raqamli davlat idoralari avtomobillari ham jarimaga tortilishini ma’lum qildi. U shuningdek, YPX xodimlari vazirlik va davlat idoralariga tegishli avtomashinalarda qoida buzilganida nega to‘xtatilmasligiga ham oydinlik kiritdi.
15 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida IIV matbuot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov IIV xodimlarini ishiga xalaqit bermagan holda xohlagan joyda tasvirga olish mumkinligini aytib o‘tdi.
«Ziyouz.com» portali asoschisi, jurnalist Davronbek Tojialiyevning xabar berishicha, u Istanbulga kiritilmay, O‘zbekistonga deportatsiya qilingan. Jurnalistning yozishicha, bunga qadar u Turkiyaga 5 marotaba borgan va hech birida bu kabi muammo kuzatilmagan.
Sirdaryo viloyatida profilaktika inspektori kafe ish yurituvchisi va uch nafar shaxslarning spirtli ichimliklar iste’mol qilayotganini suratga olgani uchun ular tomonidan kaltaklangan. Ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
«Gazeta.uz»ning Toshkentdagi DXMlar xodimlari 10 oy yarim stavka oylik bilan ishlagani haqida xabariga munosabat bildirildi. Davlat xizmatlari agentligi xodimlar mehnatiga to‘liq haq olganini qayd etdi. Ularning nima sababdan va aynan qachondan yarim stavkaga o‘tkazilgani haqidagi masala esa ochiq qolmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting