Arxiv

Qirg‘iziston chegarachilari O‘zbekiston fuqarolaridan pul undirayotgani aytilmoqda
15 fevral 2023, 13:31 1

Qirg‘iziston chegarachilari O‘zbekiston fuqarolaridan pul undirayotgani aytilmoqda

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi «Do‘stlik» nazorat-o‘tkazish punktida qo‘shni davlat chegarachilari O‘zbekiston fuqarolaridan pul talab qilmoqda, puli yo‘qligini aytganlarga nisbatan kuch ishlatish holatlari ham qayd etilyapti, deb xabar bermoqda qirg‘izistonlik jurnalist Shohrux Soipov.

Qozog‘iston bilan chegaradagi ikkita nazorat-o‘tkazish punkti ishi vaqtincha to‘xtatildi
15 fevral 2023, 13:24

Qozog‘iston bilan chegaradagi ikkita nazorat-o‘tkazish punkti ishi vaqtincha to‘xtatildi

«Sirdaryo» va «S.Najimov» chegara bojxona postlari 15 fevraldan Qozog‘iston tomonining rekonstruksiya ishlarini olib borishi munosabati bilan piyodalar, avtobus va avtomashinalar harakati uchun ishini to‘xtatdi.

Sobiq AKT vaziri bosh vazir kotibiyati rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi
15 fevral 2023, 13:05

Sobiq AKT vaziri bosh vazir kotibiyati rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi

Abdurashid Jo‘raboyev rahbarlik qilayotgan bosh vazir kotibiyatiga sobiq axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov o‘rinbosar bo‘ldi. 2021 yil noyabrda u Telegram va boshqa internet tarmoqlarining O‘zbekistondagi faoliyati cheklangani ortidan lavozimidan ozod etilgandi.

Qozog‘istonda bolalarga hisob varag‘i ochilib, 18 yoshga to‘lgunicha davlat tomonidan pul o‘tkazib turiladi
15 fevral 2023, 12:12

Qozog‘istonda bolalarga hisob varag‘i ochilib, 18 yoshga to‘lgunicha davlat tomonidan pul o‘tkazib turiladi

Qozog‘istonda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga davlat tomonidan hisob varag‘i ochilib, unga milliy boyliklardan keladigan pullardan ulush o‘tkazib boriladigan dastur ishga tushmoqda. Bolalar voyaga yetganidan keyin bu pullardan qanday foydalanishni mustaqil hal qiladi.

Ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lovi muddati 15 martgacha uzaytirildi
15 fevral 2023, 11:43

Ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lovi muddati 15 martgacha uzaytirildi

O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari, kollej va texnikumlarda kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 15 martga qadar uzaytirildi.

Tabiat resurslari vazirligi: Toshkentdagi havo sifati salomatlik uchun xavfli emas
15 fevral 2023, 11:10

Tabiat resurslari vazirligi: Toshkentdagi havo sifati salomatlik uchun xavfli emas

«Toshkent shahridagi havoning ifloslanish darajasi inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi», — dedi Tabiat resurslari vazirligi vakili. Havo sifati yomonligi toshkentliklar salomatligiga bir yilda 503 dona sigaret chekilgandek ta’sir qilishi haqida xabar e’lon qilinganidan so‘ng tadqiqot o‘tkazilgan.

Maktab ta’limi vazirligi prezident farmoni loyihasiga e’tiroz bildirdi
15 fevral 2023, 10:38

Maktab ta’limi vazirligi prezident farmoni loyihasiga e’tiroz bildirdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi prezident farmoni loyihasida keltirilgan bandlar bo‘yicha e’tiroz bildirdi. Loyihada vazirlikning hududiy bo‘linmalari mahalliy hokimliklarga o‘tkazilishi qayd etilgandi. «Xavotirga o‘rin yo‘q, Adliya vazirligi bilan muzokaralar o‘tkazilgan», deyildi bayonotda.

Kamoliddin Nabiyev «Maxsustrans» korxonasiga qayta rahbar bo‘ldi
15 fevral 2023, 10:29

Kamoliddin Nabiyev «Maxsustrans» korxonasiga qayta rahbar bo‘ldi

Poytaxtning yangi hokimi v.b. Baxtiyor Rahmonov «Maxsustrans» DUK rahbari Abdujamil Abduvahobovni o‘z arizasiga ko‘ra ishdan oldi. 2018 yilda mazkur lavozimdan ketgan Kamoliddin Nabiyev tashkilotga qayta rahbar bo‘ldi.

Banklarda dollarning sotish kursi 30 so‘mga oshdi
15 fevral 2023, 10:24

Banklarda dollarning sotish kursi 30 so‘mga oshdi

Tijorat banklari 15 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 305 — 11 365 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 415 so‘m.

Elektr energiyasiga noqonuniy ulanib, davlatga jami 618 mln so‘m zarar yetkazgan shaxslar aniqlandi
15 fevral 2023, 09:55

Elektr energiyasiga noqonuniy ulanib, davlatga jami 618 mln so‘m zarar yetkazgan shaxslar aniqlandi

Zangiota, Narpay, Urganch tumanlari va Qarshi, Xonobod shaharlarida elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy ulanib, davlatga 618 mln so‘m zarar yetkazish holatlari aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

“Biri prezident, boshqasi iqtisodchi bo‘lmoqchi”. Saraton bilan kurashayotgan bolalar
15 fevral 2023, 00:01

“Biri prezident, boshqasi iqtisodchi bo‘lmoqchi”. Saraton bilan kurashayotgan bolalar

Xalqaro saratonga chalingan bolalar kuni munosabati bilan “Gazeta.uz” bu xastalikdan davolanayotgan bolalarning ota-onalari bilan suhbatlashdi. “Boshida „yaxshi yuribdi-ku“, deya e’tibor bermagandim”, deb afsuslanadi ular. Umidi so‘nmagan. Ayni damda, bu sinov hayotga qarashlarini ham o‘zgartirganini tan oladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
14 fevral 2023, 23:39

Jahon yangiliklari dayjesti

Turkiyada zilzilalar qurbonlari soni 35 ming nafardan oshgani, Rumiyada yana zilzila sodir bo‘lgani, AQShning Michigan shtat universitetidagi otishmada uch kishining halok bo‘lgani, Xitoy osmonida noma’lum uchar jism aniqlangani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev qamoqdan ozod etildi
14 fevral 2023, 22:39

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev qamoqdan ozod etildi

Qirg‘iziston Oliy sudi sobiq prezident Almazbek Atambayevga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qildi. Sobiq davlat rahbari koloniyadan chiqdi va hozirda uyida.

14 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
14 fevral 2023, 22:00

14 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekiston barcha neft va gaz konlarini Rossiyaga bermaganini aytgan energetika vaziri, Orol dengizi maydonida barpo etiladigan o‘rmonzorlar, bir kunga yopiladigan «Yer usti halqa yo‘li» metro yo‘nalishi, kommunal xizmatga yig‘ilgan pulni o‘zlashtirgan shirkat va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Namanganda o‘ziga o‘t qo‘yib, joniga qasd qilgan talaba vafot etdi
14 fevral 2023, 21:50

Namanganda o‘ziga o‘t qo‘yib, joniga qasd qilgan talaba vafot etdi

Namangan muhandislik-qurilish institutining 3-kurs talabasi oraliq nazoratni topshirmagani uchun otasidan tanbeh eshitgani sabab o‘ziga o‘t qo‘yib, yoqib yubordi. Tanasi chuqur kuygani tufayli shifoxonada vafot etdi. Hozirda holat bo‘yicha «o‘zini o‘zi o‘ldirishga undash» moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston Turkiyaga 170 tonna insonparvarlik yordami jo‘natdi
14 fevral 2023, 21:10

O‘zbekiston Turkiyaga 170 tonna insonparvarlik yordami jo‘natdi

Turkiyadagi zilzilalardan jabrlanganlarga hukumat, tadbirkorlar va O‘zbekiston aholisi tomonidan 170 tonna insonparvarlik yordami yig‘ilib, ular 6 ta yuk samolyoti va 7 ta yuk mashinasida mamlakatning turli hududlariga yetkazildi.

Poytaxt otchoparida otlarning o‘limiga sababchi bo‘lganlar jarimaga tortildi
14 fevral 2023, 19:36

Poytaxt otchoparida otlarning o‘limiga sababchi bo‘lganlar jarimaga tortildi

Toshkent otchoparida ikki bosh otning ochlikdan o‘lishiga sababchi bo‘lgan shaxslar hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganliklari uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

O‘zbekistonda 2023 yilda iqtisodiy o‘sish 5 foizgacha sekinlashadi — S&P
14 fevral 2023, 18:17

O‘zbekistonda 2023 yilda iqtisodiy o‘sish 5 foizgacha sekinlashadi — S&P

S&P 2023 yilda Ukrainaga qarshi urush va global iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi fonida O‘zbekiston YAIM o‘sishi 5 foizgacha sekinlashishini prognoz qilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev BMT vakili Natalya Germanni qabul qildi
14 fevral 2023, 18:13

Shavkat Mirziyoyev BMT vakili Natalya Germanni qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi rahbari lavozimidagi missiyasini yakunlayotgan Natalya Germanni qabul qildi.

Tarix soxtaliklaridan xoli kitob — «Boburnoma»ni nega o‘qimaymiz?
14 fevral 2023, 18:00

Tarix soxtaliklaridan xoli kitob — «Boburnoma»ni nega o‘qimaymiz?

Shoh Boburning durdona memuarini to‘liq o‘qiganlar kam. Aksarimiz darslikdagi parchalar bilan kifoyalanganmiz. Tili, uslubi qiyinligini bahona qilamiz. Lekin oramizda shunday o‘quvchilar borki, farzandlarining ismlarini Bobur mirzoga atab qo‘ygan. «Gazeta.uz» ana shunday kitobxonlar bilan suhbatlashdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting