Arxiv

BMT: Koronavirus sababli jahon iqtisodiyoti 8,5 trln dollar yo‘qotadi
15 may 2020, 11:57

BMT: Koronavirus sababli jahon iqtisodiyoti 8,5 trln dollar yo‘qotadi

COVID-19 pandemiyasi sababli dunyo iqtisodiyoti 8,5 trln dollar yoqotishi (3,2 foizga qisqarish) prognoz qilinmoqda. Bunda, rivojlangan mamlakatlarning YAIM 5 foizga, rivojlanayotganlarda esa 0,7 foiz pasayadi. Bu 1930 yillardagi “Buyuk Depressiya"dan keyingi keskin iqtisodiy inqirozni anglatadi, deyiladi BMTning iqtisodiy hisobotida.

«O‘zagrosug‘urta» karantin davrida va tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zararlar uchun 4 mlrd so‘m to‘lab berdi
15 may 2020, 11:00

«O‘zagrosug‘urta» karantin davrida va tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zararlar uchun 4 mlrd so‘m to‘lab berdi

«O‘zagrosug‘urta» AJ karantin vaqtida hamda tabiiy ofatdan ko‘rilgan zararlar uchun 4 milliard so‘mdan oshiq to‘lovlarni amalga oshirdi. Shundan 2,5 milliarddan ortiq to‘lov Buxorodagi kuchli shamoldan zarar ko‘rganlarga to‘landi.

Koronavirus bemorlari soni 2652 nafarga yetdi
15 may 2020, 10:08

Koronavirus bemorlari soni 2652 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 7 nafarga ortib, jami 2652 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 505 kishi davolanmoqda, ulardan 8 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 46 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 460 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.

Koronavirus: kunlik o‘sish va hududlardagi holat
15 may 2020, 00:49

Koronavirus: kunlik o‘sish va hududlardagi holat

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 2645 taga, sog‘ayganlar esa 2136 nafarga yetdi. Kunlik o‘sish, viloyatlardagi vaziyat va boshqa muhim ma’lumotlar.

Shaxsiy avtomobillardan foydalanish uchun yengilliklar kiritildi
15 may 2020, 00:38

Shaxsiy avtomobillardan foydalanish uchun yengilliklar kiritildi

18 maydan boshlab “sariq” toifadagi hududlarda soat 06:00 dan 22:00 ga qadar shaxsiy avtotransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish mumkin bo‘ladi. “Qizil” toifadagi hududlarda faqat belgilangan vaqtda shaxsiy avtomobillarda harakatlanish mumkin. Bundan tashqari, shaharlar orasida ba’zi aviaqatnovlar va temir yo‘l qatnovlari tiklanishiga ruxsat berildi.

15-maydan bir qator faoliyat turlariga ruxsat berilmoqda
15 may 2020, 00:31

15-maydan bir qator faoliyat turlariga ruxsat berilmoqda

O‘zbekistonda karantin talablari 1-iyunga qadar uzaytirildi, biroq bir qator faoliyat turlariga ruxsat berilmoqda.

Barqaror rivojlanish bo‘yicha Parlament komissiyasi ilk bor yig‘ildi
14 may 2020, 22:43

Barqaror rivojlanish bo‘yicha Parlament komissiyasi ilk bor yig‘ildi

2030-yilgacha barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi
14 may 2020, 21:41

O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Namanganda uning kuchi 5 balni tashkil etdi.

Germaniyalik mutaxassislar O‘zbekistonning karantindan chiqish strategiyasini qo‘llab-quvvatladi
14 may 2020, 20:08

Germaniyalik mutaxassislar O‘zbekistonning karantindan chiqish strategiyasini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston hududlarni koronavirus tarqalishidan kelib chiqqan holda uchta karantin darajasi bo‘yicha ajratib to‘g‘ri qildi, deb hisoblamoqda germaniyalik tibbiyot mutaxassislari.

Ulug‘bek shaharchasida karantin kuchaytirildi
14 may 2020, 19:30

Ulug‘bek shaharchasida karantin kuchaytirildi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani «Ulug‘bek» mahallasi (Ulug‘bek shaharchasi) hududida karantin choralari kuchaytirildi. Kirish va chiqish to‘liq yopildi, aholiga faqat zarurat tug‘ilgandagina ko‘chaga chiqish tavsiya etilmoqda.

Jahon banki Markaziy Osiyoga 370 mln dollar ajratdi, asosiy qismi O‘zbekistonga
14 may 2020, 18:08

Jahon banki Markaziy Osiyoga 370 mln dollar ajratdi, asosiy qismi O‘zbekistonga

Jahon banki koronavirusga qarshi kurash doirasidagi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Markaziy Osiyo davlatlariga 370 mln dollar ajratdi. Shundan O‘zbekistonga davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 200 mln, sog‘liqni saqlash milliy tizimini yaxshilash va kam ta’minlangan aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 95 mln, hamda tezkor tibbiy yordam tizimini isloh qilishga 17 mln dollar taqdim etilgan.

Navoiyda Xitoyning Oshan avtomobillarini yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi
14 may 2020, 16:41

Navoiyda Xitoyning Oshan avtomobillarini yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi

«Navoiy» EIZ hududida Xitoyning Oshan avtomobillarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Eron-O‘zbekiston qo‘shma korxonasining yillik quvvati 30 ming donani tashkil etadi.

Alisher Usmonov bergan pullar jabrlangan sirdaryoliklar o‘rtasida taqsimlanadi
14 may 2020, 16:08

Alisher Usmonov bergan pullar jabrlangan sirdaryoliklar o‘rtasida taqsimlanadi

Alisher Usmonov jamg‘armasi ajratgan mablag‘lar suv toshqinidan jabrlangan Sirdaryo viloyati aholisiga tarqatiladi. Hukumat tomonidan ham moliyaviy yordam ko‘rsatilishi kutilmoqda.

Yana 16 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi
14 may 2020, 15:38

Yana 16 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi

Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan fuqarolar soni 16 nafarga ortib, jami 2636 kishini tashkil etmoqda. Davolanayotgan bemorlardan 11 nafarining ahvoli og‘ir deya baholanmoqda.

Gulnora Karimovaning 10 mln dollarlik aktivlari O‘zbekistonga qaytarildi
14 may 2020, 15:31

Gulnora Karimovaning 10 mln dollarlik aktivlari O‘zbekistonga qaytarildi

Gulnora Karimovaning jinoiy yo‘l bilan orttirilgan 10 mln dollarlik aktivlari Fransiyadan O‘zbekistonga qaytarildi. Mulklarni qaytarish bo‘yicha muzokaralar davom ettirilmoqda.

Bekobodlik “bloger” bozor nazoratchisidan ming dollar undirmoqchi bo‘ldi
14 may 2020, 14:29

Bekobodlik “bloger” bozor nazoratchisidan ming dollar undirmoqchi bo‘ldi

Bekobodda o‘zini bloger deb tanishtirgan shaxs bozordagi kamchiliklarni yoritmaslik uchun nazoratchidan 1000 dollar talab qildi. U aytilgan pulning 700 dollarini olayotganda ushlandi.

Vatanga qaytishni xohlagan yuzlab o‘zbekistonliklar Rossiya-Qozog‘iston chegarasiga yig‘ildi
14 may 2020, 14:16

Vatanga qaytishni xohlagan yuzlab o‘zbekistonliklar Rossiya-Qozog‘iston chegarasiga yig‘ildi

Rossiya-Qozog‘iston chegarasida uyga qaytishni xohlagan yuzlab O‘zbekiston fuqarolari yig‘ildi. Ular vatanga qaytish uchun Qozog‘iston orqali yo‘lak tashkil etilishini talab qilmoqda. Vaziyat Respublika komissiyasi tomonidan o‘rganilmoqda.

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 2100 kishidan oshdi
14 may 2020, 13:30

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 2100 kishidan oshdi

Toshkent shahrida 33 nafar koronavirus bemori tuzaldi, Farg‘ona viloyatida so‘nggi koronavirus bemori sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab koronavirusdan tuzalganlar soni 2110 kishiga yetdi.

Oybek Tursunov Uzcard ta’sischisi bo‘ldi
14 may 2020, 13:18

Oybek Tursunov Uzcard ta’sischisi bo‘ldi

Oybek Tursunov Uzcard ustav fondidagi 75 foiz ulushga ega bo‘ldi. Oldinroq bu ulush kompaniya direktori Axror Maxmudovga tegishli edi.

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga o‘zgarishlar kiritildi
14 may 2020, 12:55

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga o‘zgarishlar kiritildi

Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida qator lavozimlar tugatildi va yangi lavozimlar kiritildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting