Rosselxoznadzor Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan pomidor va qalampir olib kirishni ta’qiqladi. Bunga sabab mahsulotlarda urug‘li jigarrang burishgan virus aniqlanganligi aytilmoqda. Bundan tashqari, Rossiya Ozarbayjon, Turkiyaning Antalya va Izmir provinsiyalari hamda Armanistonning Armavir viloyatidan pomidor olib kirishni ta’qiqlagan.
2021 yil 1 fevraldan sudyalarni lavozimga tayinlashda imtihonlar onlayn tarzda yoritib borish yo‘lga qo‘yiladi. Qolaversa, sudyalarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga guvoh yoki gumonlanuvchi sifatida so‘roq qilish uchun chiqarishga tegishli malaka hay’atlari ruxsati bilan yo‘l qo‘yilishi belgilanmoqda.
Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston va O‘zbekiston vakillari o‘rtasidagi uchrashuvda tomonlar ustav kapitali 50 mln dollarga teng bo‘lgan qirg‘iz-o‘zbek investitsion jamg‘armasini tashkil qilishga kelishib olishdi.
Tadbirkorlarga 2021 yil 1 martdan boshlab avtomobil yo‘llarida foto va video fiksatsiya vositalarini o‘rnatishga ruxsat beriladi. 2021−2022 yillarda respublika bo‘yicha jami 3356 ta intellektual videokameralar va 763 ta statsionar radarlar, jumladan, Toshkent shahrida jami 2574 ta foto va video registratorlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Turli ko‘rinishdagi nogironligi bo‘lgan odamlar mehnat bozorida bundan oldin ham to‘siqlar va kamsitishlarga duch kelishgan. Pandemiya va qattiq karantin choralari ularning mehnat huquqlarini boshqalar bilan teng amalga oshirishga qanday ta’sir qildi? Dilmurod Yusupov maqolasi.
Toshkentda O‘zbekiston yoga federatsiyasining bosh ofisi ochildi. Ochilish marosimida Toshkent shahar hokimi, O‘zbekiston yoga federatsiyasi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev va boshqalar ishtirok etdi.
Prezident qarori bilan 2021 yil 1 apreldan tadbirkorlar haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.
Davlat funksiyalarini autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va boshqa usullar orqali bosqichma-bosqich xususiy sektorga berish ko‘zlanmoqda. Jumladan, 2021 yil 1 apreldan kadastr yig‘majildlarini tayyorlash bilan tadbirkorlar ham shug‘ullanishi mumkin.
Qo‘rg‘oshin va nikeldan zaharlanish Hindiston janubida noma’lum kasallikning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin deya tahmin qilinmoqda. Uch kun ichida 500 dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizildi.
8 dekabr kuni Yevropa Chempionlar Ligasi doirasidagi «Pari Sen-Jermen» — «Istanbul Bashakshexir» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 14-daqiqada to‘xtatib qo‘yildi. Bunga sabab, ruminiyalik to‘rtinchi hakam Sebastyan Kolteskuning turk jamoasi bosh murabbiysi assistenti Per Veboni «qora yigit» deb atagani bo‘ldi.
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov O‘zbekistonda «Mehr-3» aksiyasiga salbiy munosabatlar hayratlanadigan darajada ko‘pligiga e’tibor qaratib, jamiyatda boshqalarga achinishni bilmaydigan, vaziyatni to‘g‘ri qabul qilishni inkor etadigan qatlam keng bo‘lsa, buning ijtimoiy va siyosiy oqibatlari yaxshi bo‘lmasligini ta’kidladi.
Vafot etganlarning uch nafari 55 yoshdan oshgan edi. Ikki nafariga vatsina berilgan bo‘lsa, to‘rt kishiga platsebo berilgan. Ko‘ngillilarning sog‘ligida ba’zi muammolar bo‘lib, ular surunkali kasalliklardan aziyat chekishgan.
Ko‘pchiligimiz uchun o‘tib ketayotgan yilning voqealari kutilmagan, sinovlari esa og‘ir bo‘ldi. «Gazeta.uz» o‘z o‘quvchilaridan 2020 yil voqealariga o‘z munosabatlarini, taassurotlarini yoki hikoyalar bilan bo‘lishishlarini so‘ramoqda. So‘rovnomadan so‘ng biz ba’zi hikoyalarni e’lon qilamiz.
Xususiy pudratchilardan kvartira sotib olish uchun taqdim etiladigan kreditlarining cheklangan miqdori belgilandi. Fuqarolarga xonadon sotib olish uchun 240 mln so‘mdan 352 mln so‘mgacha miqdorda kredit ajratiladi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev O‘zbekistondagi epidemiologik barqaror vaziyat hotirjamlikka berilish uchun asos bo‘la olmasligini aytdi. «Ko‘pgina boshqa mamlakatlar tajribasiga ko‘ra, COVID-19`ning ikkinchi to‘lqinidan qochib bo‘lmaydi, degan tushuncha mavjud. Buning uchun mamlakatda unga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda», — dedi vazir.
AQSH Davlat departamenti O‘zbekistonni diniy erkinliklar bo‘yicha maxsus kuzatuvlar ro‘yxatidan chiqardi. O‘zbekiston ushbu ro‘yxatda 2018 yildan beri bo‘lgan.
«Mehr-3» operatsiyasi doirasida Suriyadan 98 nafar o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi. Ulardan 25 nafari ayollar va 73 nafari bolalar.
Rossiyaning veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati quritilgan o‘rik partiyasida kapr qo‘ng‘izi topilgani sababli Farg‘ona viloyatidan barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi. Avvalroq «O‘zdavkarantin» tomonlar cheklovlar qo‘ymaslik to‘g‘risida kelishib olganini ma’lum qilgan edi.
Toshkentning barcha tumanlarida piyodalar va velosipedchilar uchun uzunligi 50 kilometr bo‘lgan «Salomatlik yo‘laklari» tashkil etiladi.
Toshkentda qizil chiroqda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan UZB raqamli Toyota Land Cruiser haydovchisi jarimaga tortildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting