Arxiv

800 nafardan ortiq o‘zbekistonlik qaytarildi
11 may 2020, 20:38

800 nafardan ortiq o‘zbekistonlik qaytarildi

Prezident topshirig‘i bilan Dubay, Minsk, Seul va Dehliga charter reyslar tashkil etildi. 8−10 may kunlari O‘zbekistonga 800 nafardan ziyod fuqaro qaytarildi. Frankfurtdan reys amalga oshirilishi kutilmoqda.

“Maishiy korrupsiyadan — elitar korrupsiyaga”. Bosh prokuror — korrupsiyaga qarshi yangi organ haqida
11 may 2020, 20:13

“Maishiy korrupsiyadan — elitar korrupsiyaga”. Bosh prokuror — korrupsiyaga qarshi yangi organ haqida

O‘zbekistonda tashkil etiladigan Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi mustaqil huquqni muhofaza qilish organi maqomida bo‘ladi. U parlament a’zolari, prezident adminstratsiyasi, hukumat a’zolari va boshqa mansabdor shaxslar ishini ham o‘rganadi. “Maishiy korrupsiyadan elitar korrupsiyani o‘rganish darajasiga chiqiladi”, — deya ma’lum qildi bosh prokuror.

Zarafshonda COVID-19 bilan kasallanishning yangi o‘choqlari yuzaga keldi
11 may 2020, 18:49

Zarafshonda COVID-19 bilan kasallanishning yangi o‘choqlari yuzaga keldi

Zarafshonda koronavirus bilan kasallanishning yangi o‘choqlari vujudga kelgani munosabati bilan shahar «qizil» toifali hududga o‘tkazildi.

Tezkor mobil internet qamrovini 90 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi
11 may 2020, 18:19 1

Tezkor mobil internet qamrovini 90 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi

Prezident ijtimoiy ob’ektlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash, tezkor mobil internet qamrovini yil yakunigacha 90 foizga yetkazish hamda 30 million dollarlik «data sentr» qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Eng zarur bo‘lgan davlat xizmatlari tezkor ravishda elektron shaklga o‘tkaziladi.

Jamshid Qo‘chqorov YeIH va YeOII o‘rtasidagi prinsipial farqni aytib o‘tdi
11 may 2020, 18:05

Jamshid Qo‘chqorov YeIH va YeOII o‘rtasidagi prinsipial farqni aytib o‘tdi

“Biz hozir birovdan qochib yoki birovga qarshi bu yerga [YeOIIga] a’zo bo‘lib kirayotanimiz yo‘q”. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov YeIH va YeOII bilan hamkorlik o‘rtasidagi “prinsipial farqni” aytib o‘tdi. TIV o‘rinbosari Ilhom Ne’matov YeOIIda qatnashish boshqa davlatlar bilan munosabatlarning yomonlashishiga olib kelmasligini ta’kidladi.

29 ta yangi koronavirus holati tasdiqlandi (jami — 2482 ta)
11 may 2020, 16:35

29 ta yangi koronavirus holati tasdiqlandi (jami — 2482 ta)

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 29 taga oshib, jami 2482 taga yetdi.

Qirg‘iziston Sirdaryodagi jabrlanganlarga yordam jo‘natdi
11 may 2020, 15:52

Qirg‘iziston Sirdaryodagi jabrlanganlarga yordam jo‘natdi

Qirg‘iziston Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishidan jabrlangan sirdaryoliklarga insonparvarlik yordami yubordi.

Farhod avtoqismlar bozorida sanitariya kuni e’lon qilindi
11 may 2020, 15:33

Farhod avtoqismlar bozorida sanitariya kuni e’lon qilindi

Toshkentdagi Farhod avtomobil ehtiyot qismlar bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorda isitma aniqlangani sababli bozor faoliyati to‘xtatilib, sanitariya kuni e’lon qilindi.

Janubiy Koreyadan insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasi yetib keldi
11 may 2020, 14:41

Janubiy Koreyadan insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasi yetib keldi

Janubiy Koreya yuborgan insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasi Toshkentga yetib keldi. Yuk tarkibidan qariyb 192 ming dollarlik tibbiy vositalar o‘rin oldi.

Haftaning yomg‘irli bo‘lishi kutilmoqda
11 may 2020, 14:28

Haftaning yomg‘irli bo‘lishi kutilmoqda

13 maydan butun mamlakat bo‘ylab momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati +18…+23 darajagacha tushadi, bu — may oyi uchun o‘rtacha ko‘rsatkichlardan past.

Senat tomorqa uchun javobgarlikni joriy etishni rad etdi
11 may 2020, 14:25

Senat tomorqa uchun javobgarlikni joriy etishni rad etdi

Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tomorqadan oqilona foydalanish bo‘yicha tuzatishlar kiritishni ko‘zda tutgan qonunni rad etdi. Senatorlar fikricha, qonundagi noaniq tushunchalar korrupsiyaga olib kelishi mumkin.

Senatorlar O‘zbekistonning YeOIIda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishini ma’qulladilar
11 may 2020, 13:41

Senatorlar O‘zbekistonning YeOIIda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishini ma’qulladilar

Senat ko‘pchilik ovoz bilan O‘zbekistonning YeOII bilan kuzatuvchi davlat sifatida hamkorligini ma’qulladi. 100 senatordan 91 nafari ovoz berishda ishtirok etdi. Ulardan 71 nafari qarorni ma’qulladi, 16 kishi «qarshi», 4 kishi betaraf bo‘ldi.

“Salomatlik” ordeni va “Sog‘lom turmush” medali ta’sis etiladi
11 may 2020, 13:22

“Salomatlik” ordeni va “Sog‘lom turmush” medali ta’sis etiladi

Senatorlar “Salomatlik” ordeni (ikki darajadan iborat) va “Sog‘lom turmush” medalini ta’sis etishni ma’qulladi. Ular sog‘liqni saqlash va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda munosib hissa qo‘shganlarga taqdim etiladi.

Janubiy Koreya, Xitoy va Germaniyada koronavirus tarqalishi yana jonlandi
11 may 2020, 13:11

Janubiy Koreya, Xitoy va Germaniyada koronavirus tarqalishi yana jonlandi

Avvalroq karantin choralarini yumshatgan Janubiy Koreya, Xitoy va Germaniyada koronavirus bilan kasallanish holatlari soni oshgani qayd etildi. Dunyo bo‘yicha COVID-19 holatlari soni 4 milliondan oshdi.

AQSHda ishsizlik “Buyuk Depressiya” darajasiga yetishi taxmin qilinmoqda
11 may 2020, 12:18

AQSHda ishsizlik “Buyuk Depressiya” darajasiga yetishi taxmin qilinmoqda

AQSHda ishsizlik darajasi 1930 yillardagi “Buyuk Depressiya” davridan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetmoqda — 14,7 foiz. Donald Trampning ikki yuqori darajali iqtisodiy maslahatchilari AQSHda koronavirus pandemiyasi davom etavergan holda ishsizlik darajasi ko‘tarilashi va iyun oyida ishsizlik ko‘rsatgichi 20 foizgacha yuqorilashi mumkinligini ma’lum qilishdi.

Toshkentda Britaniya menejment universiteti tashkil etiladi
11 may 2020, 12:12

Toshkentda Britaniya menejment universiteti tashkil etiladi

2020−2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida Britaniya menejment universiteti faoliyat olib boradi. Ta’lim ingliz tilida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Universitetda loyihalarni boshqarish, tadbirkorlik va innovatsiyalar hamda raqamli iqtisodiyot kabi ta’lim yo‘nalishlari mavjud bo‘ladi.

Koronavirusdan tuzalganlar soni 1900 kishiga yaqinlashdi
11 may 2020, 12:03

Koronavirusdan tuzalganlar soni 1900 kishiga yaqinlashdi

Namangan viloyatida 16 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1897 kishiga yetdi.

“Qanotchi” restoranining ochilishi sinov maqsadida bo‘lgan — Toshkent shahar IIBB
11 may 2020, 11:50

“Qanotchi” restoranining ochilishi sinov maqsadida bo‘lgan — Toshkent shahar IIBB

“Qanotchi” restoranining faoliyati davom etayotganligi haqidagi ma’lumotlarga Toshkent shahar IIBB o‘z munosabatini bildirdi. Ma’lum qilinishicha, restoran umumiy ovqatlanish joylarining sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga rioya qilgan holda ishlash imkoniyatini o‘rganish maqsadida sinov tariqasida ochilgan.

Dollar kursi yana o‘sishni boshladi
11 may 2020, 11:15

Dollar kursi yana o‘sishni boshladi

Ikki haftadan beri arzonlashayotgan AQSH dollari yana o‘sishni boshladi. Markaziy bank xorijiy valyutalarning 12 maydan yangi kursini e’lon qildi.

Abdulla Aripov va Askar Mamin Qozog‘istonda yangi mikrorayon uchun poydevor qo‘ydi
10 may 2020, 14:21

Abdulla Aripov va Askar Mamin Qozog‘istonda yangi mikrorayon uchun poydevor qo‘ydi

O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari rahbari Maqtaaral tumani Mirzakent posyolkasida yangi mikrorayon qurilishini boshlab berdi. Bosh vazirlar ilk turar joylar poydevorlarini qo‘yish marosimida qatnashdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting