Arxiv

COVID-19: kunlik holat
9 may 2020, 23:53

COVID-19: kunlik holat

O‘zbekistonda koronavirus holatlari 2349 taga, sog‘aygan bemorlar 1804 nafarga yetdi.

Farg‘ona vodiysida zilzila sezildi
9 may 2020, 23:25

Farg‘ona vodiysida zilzila sezildi

Farg‘ona vodiysida qayd etilgan zilzilaning o‘chog‘i Xitoyda joylashgani xabar qilindi.

Prezident: Urushda O‘zbekiston xalqining ishtiroki haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldik
9 may 2020, 19:46

Prezident: Urushda O‘zbekiston xalqining ishtiroki haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldik

Arxiv ma’lumotlarining ochilishi va boshqa davlatlar bilan hamkorlik O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlashtirish imkonini berdi. Prezidentning ma’lum qilishicha, frontga qariyb 2 million o‘zbekistonlik safarbar qilingan, 538 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan, 158 mingdan ziyodi bedarak yo‘qolgan.

Koronavirus statistikasi: yangi holatlar, tuzalganlar, hududlardagi holat
8 may 2020, 23:55

Koronavirus statistikasi: yangi holatlar, tuzalganlar, hududlardagi holat

O‘zbekistonda koronavirus holatlari 2325 taga yetdi (+1). Kun davomida rekord darajada sog‘ayish qayd etildi — 119 nafar.

Tomda dars o‘tgan o‘qituvchiga minnatdorchilik bildirildi
8 may 2020, 21:26

Tomda dars o‘tgan o‘qituvchiga minnatdorchilik bildirildi

Tarmoqda Farg‘ona viloyatidagi qishloqda internet sifati pastligi sababli uy tomida o‘tirib onlayn dars berayotgan o‘qituvchi videosi tarqaldi. XTV o‘qituvchiga minnatdorchilik bildirdi, AKT vazirligi esa vaziyat o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

Suvda oqib ketgan Milliy gvardiya xodimi sog‘ holatda topildi
8 may 2020, 21:05

Suvda oqib ketgan Milliy gvardiya xodimi sog‘ holatda topildi

Sirdaryo viloyatida evakuatsiya ishlari vaqtida suv oqizib ketgan uch nafar Milliy gvardiya xodimidan biri sog‘ holda topildi, yana biri bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Dam olish kunlari yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda
8 may 2020, 20:27

Dam olish kunlari yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi soniyasiga 28 metrgacha kuchayishi mumkin.

Sardobadagi toshqin deyarli 5000 obektga zarar yetkazgan
8 may 2020, 17:55

Sardobadagi toshqin deyarli 5000 obektga zarar yetkazgan

Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan toshqin suvlari 10 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari (23 ta aholi punktlari) hududlaridagi 4 711ta turar va 277 ta noturar joy ob’ektlariga hamda 30 718 ga ekin maydonlariga zarar yetkazgan. Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun 2500 dan ortiq texnika jalb etilgan.

Aprel oyida so‘m 5,8 foizga qadrsizlandi
8 may 2020, 17:33

Aprel oyida so‘m 5,8 foizga qadrsizlandi

Yanvar-aprel oylarida Markaziy bankning valyuta intervensiyalari hajmi 1,5 mlrd AQSH dollariga teng bo‘lib, uning uchdan bir qismi (507 mln AQSH dollari) aprel oyiga to‘g‘ri keldi. Pul o‘tkazmalari hajmi pasayib, o‘tgan oyda milliy valyuta 5,8 foizga qadrsizlandi.

Eksport qiluvchilarga transport xarajatlari qisman kompensatsiya qilib beriladi
8 may 2020, 17:22

Eksport qiluvchilarga transport xarajatlari qisman kompensatsiya qilib beriladi

Prezident qaroriga binoan, eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, havo va temir yo‘l transportida tashish xarajatlarini qisman kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi. Shuningdek, ularning qarzdorligi mavjudligini tekshirish amaliyoti 2021 yil 1 yanvarga qadar bekor qilinadi.

AQSH Sardoba suv ombori falokatidan aziyat chekkan oilalarga yordam beradi
8 may 2020, 16:29

AQSH Sardoba suv ombori falokatidan aziyat chekkan oilalarga yordam beradi

AQSH hukumati Sardoba suv ombori o‘pirilishining oqibatlarini bartaraf etish uchun 100 ming dollar ajratadi. Ushbu mablag‘ suv ombori o‘pirilishi natijasida o‘z uylaridan ko‘chirilgan muhtoj oilalarga oziq-ovqat va boshqa zarur vositalarni tarqatish uchun O‘zbekistonga mazkur inqirozdan qutulish va qayta tiklanishda yordam berishga yo‘naltiriladi.

Surxondaryoda Captiva traktorni parchalarga bo‘lib tashladi — bir o‘smir halok bo‘ldi
8 may 2020, 15:47

Surxondaryoda Captiva traktorni parchalarga bo‘lib tashladi — bir o‘smir halok bo‘ldi

Surxondaryo viloyatida 73 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Captiva traktor bilan to‘qnashdi. Traktorda o‘tirgan (yo‘lovchi) 13 yoshli o‘smir jarohat olib, keyinroq shifoxonada vafot etdi.

10 ta yangi COVID-19 holati aniqlandi (jami — 2324)
8 may 2020, 15:30

10 ta yangi COVID-19 holati aniqlandi (jami — 2324)

O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni 10 taga ko‘payib, jami 2324 taga yetdi.

Transport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
8 may 2020, 15:07

Transport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Akmal Mirzayev O‘zbekiston transport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Pavel Durov AQSHga ko‘chib o‘tmaslikning 7 sababini sanadi
8 may 2020, 14:48

Pavel Durov AQSHga ko‘chib o‘tmaslikning 7 sababini sanadi

Pavel Durov IT-tadbirkorlar uchun AQSH eng yaxshi joy deb hisoblamasligini ma’lum qildi. Telegram asoschisi buning 7 ta sababini sanadi. Durov bu masaladagi fikrlari bilan o‘rtoqlashishga Yuriy Dudning Kremniy (Silikon) vodiysidagi hayot va ish tarzi to‘g‘risidagi filmi turtki bo‘lganini aytib o‘tdi.

O‘zbekistonlik shifokorlar Tojikistonga jo‘nab ketdi
8 may 2020, 14:30

O‘zbekistonlik shifokorlar Tojikistonga jo‘nab ketdi

Bir guruh o‘zbekistonlik shifokorlar koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishga ko‘maklashish maqsadida Tojikistonga jo‘nab ketdi.

Birinchi chorakda O‘zbekistonga 1,2 mln sayyoh keldi
8 may 2020, 14:13

Birinchi chorakda O‘zbekistonga 1,2 mln sayyoh keldi

Yanvar-martda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni 12 foizga kamayib, 1,2 mln kishini tashkil etdi. Ularning aksariyati (87,9 foizi) qarindoshlarining ziyoratiga, 9,3 foizi esa sayohat uchun tashrif buyurdi.

Koronavirusdan tuzalganlar soni 1700 kishidan oshdi
8 may 2020, 14:01

Koronavirusdan tuzalganlar soni 1700 kishidan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1721 kishiga yetdi. Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 583 nafarni tashkil etmoqda.

Milliy sertifikatga ega abituriyent matematika fani bo‘yicha testdan ozod qilinadi
8 may 2020, 13:03

Milliy sertifikatga ega abituriyent matematika fani bo‘yicha testdan ozod qilinadi

Prezident qaroriga ko‘ra, Matematika fanini bilish darajasi bo‘yicha imtiyoz beriladigan darajadagi Milliy sertifikatga ega abituriyent davlat OTMga kirishda matematika fani bo‘yicha testdan ozod qilinadi. 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani bo‘yicha o‘qituvchilari tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lishlari majburiy hisoblanadi.

G‘alaba bog‘i ochilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — foto
8 may 2020, 12:29

G‘alaba bog‘i ochilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — foto

Toshkent shahrida G‘alaba bog‘ining qurilishi nihoyasiga yetdi. Oldinroq prezident Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan ushbu bog‘ni barpo etish bo‘yicha tashabbus bilan chiqqan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting