Arxiv

Dunyo ketma-ket ikkinchi yil rekord darajadagi eng issiq yozni boshdan kechirdi
6 sentabr 2024, 20:57

Dunyo ketma-ket ikkinchi yil rekord darajadagi eng issiq yozni boshdan kechirdi

O‘tgan uch oy — iyun, iyul va avgust — tarixdagi eng issiq davrga aylandi. Sayyorada ketma-ket ikkinchi yil anomal issiq yoz qayd etilmoqda.

O‘zbekistonda ipoteka bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlar, ularning shartlari va tuzilishi qanday o‘zgargani — MB sharhida
6 sentabr 2024, 20:31

O‘zbekistonda ipoteka bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlar, ularning shartlari va tuzilishi qanday o‘zgargani — MB sharhida

O‘zbekistonda birinchi yarim yil yakunlariga ko‘ra, o‘rtacha oylik ipoteka to‘lovlari 16 foizga oshib, 2,99 mln so‘mni tashkil etdi. Qarzning o‘rtacha miqdori oshdi, ammo kreditlar qisqaroq muddatga berila boshladi. Ipoteka kreditlarining 22 foizi norasmiy daromadga ega shaxslar tomonidan olingan.

Dzyudochi Kumush Xodjayeva Paralimpiada kumush medalni qo‘lga kiritdi
6 sentabr 2024, 19:55

Dzyudochi Kumush Xodjayeva Paralimpiada kumush medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik paradzyudochi Kumush Xodjayeva Paralimpiya o‘yinlari finalida yaponiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi. Delegatsiya hisobidagi medallar soni 21 taga yetdi.

Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida metall detektorlar o‘rnatiladi
6 sentabr 2024, 19:34

Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida metall detektorlar o‘rnatiladi

Toshkent metropolitenining barcha bekatlari metall detektorlari bilan jihozlanadi, deb xabar berdi metro ma’muriyati.

Click Up`da avtosug‘urtani onlayn rasmiylashtirish mumkin
6 sentabr 2024, 19:00

Click Up`da avtosug‘urtani onlayn rasmiylashtirish mumkin

Click Up qulay shartlar asosida va minimal vaqt sarflagan holda avtosug‘urtani qulay tarzda onlayn rasmiylashtirish imkoniyatini taklif etadi.

Prezident Paralimpiya chempionlarini telefon orqali tabrikladi
6 sentabr 2024, 18:51

Prezident Paralimpiya chempionlarini telefon orqali tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev ikkinchi bor Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan dzyudochi Sherzod Namozov va uch karra “oltin” sohibi bo‘lgan Xusniddin Norbekovni telefon orqali tabrikladi.

O‘zbekistonda avgustda harorat me’yordan o‘rtacha 2−3,5 darajaga yuqori bo‘ldi
6 sentabr 2024, 17:59

O‘zbekistonda avgustda harorat me’yordan o‘rtacha 2−3,5 darajaga yuqori bo‘ldi

O‘zbekistonda bu yilgi avgust oyi me’yordan 1−2 darajaga iliqroq bo‘lib, barcha kuzatuv yillaridagi eng iliq uchlikka kirdi. Qolaversa, oy quruq o‘tdi, yomg‘ir juda kam yog‘di. O‘zgidrometga ko‘ra, 2024-yilning yozini harorat tartibiga nisbatan qulay deb baholash mumkin.

Restoran va do‘konlardan yetkazib berish xizmati: Qarshida Uzum Tezkor ishga tushdi
6 sentabr 2024, 17:00

Restoran va do‘konlardan yetkazib berish xizmati: Qarshida Uzum Tezkor ishga tushdi

Qarshi Uzum Tezkor xizmati yo‘lga qo‘yilgan to‘qqizinchi shaharga aylandi. Endi shahar aholisi tez va qulay yetkazib berish xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Germaniya kansleri O‘zbekistonga keladi
6 sentabr 2024, 16:58

Germaniya kansleri O‘zbekistonga keladi

Germaniya kansleri Olaf Shols 15−17-sentabr kunlari O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyuradi, u, xususan, “Markaziy Osiyo — Germaniya” sammitida ishtirok etadi.

Paralimpiada: Tolibboy Yo‘ldashev oltin, Temur Giyazov bronza medalini qo‘lga kiritdi
6 sentabr 2024, 16:47

Paralimpiada: Tolibboy Yo‘ldashev oltin, Temur Giyazov bronza medalini qo‘lga kiritdi

Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida Tolibboy Yo‘ldashev disk uloqtirish bo‘yicha oltin, Temur Giyazov esa balandlikka sakrash bo‘yicha bronza medaliga ega bo‘ldi. Yo‘ldashev avvalroq yadro uloqtirish bo‘yicha bronza medaliga ham ega chiqqandi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (7−8-sentabr)
6 sentabr 2024, 15:30

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (7−8-sentabr)

“Ofitser 55” va yana sakkizta kino premyerasi, Teplo festivali, ko‘rgazmalar, konsertlar, bolalar va kattalar uchun ijodiy mahorat darslari, spektakllar hamda kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Raqobat qo‘mitasi bilan kechgan muhokamadan so‘ng Korzinka “eng arzon narx” shiorini o‘zgartirmoqda
6 sentabr 2024, 15:17

Raqobat qo‘mitasi bilan kechgan muhokamadan so‘ng Korzinka “eng arzon narx” shiorini o‘zgartirmoqda

Korzinka supermarketlar tarmog‘i Raqobat qo‘mitasi bilan muhokama yakunlangani va eng ommabop tovarlar savatini eng arzon narxlarda saqlashga qaratilgan strategiyasini yangi nom ostida rivojlantirishni davom ettirishini ma’lum qildi. Savdo tarmog‘ining ta’kidlashicha, dasturning mohiyati o‘zgarmaydi.

Dam olish kunlari harorat +22 darajagacha pasayadi
6 sentabr 2024, 15:09

Dam olish kunlari harorat +22 darajagacha pasayadi

Juma kunidan O‘zbekistonga nisbatan sovuq va biroz nam havo kirib kelishi boshlanadi. Dam olish kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +10…+15, kunduzi +22…+27 darajagacha pasayadi.

Safiya Burxanova yadro uloqtirish bo‘yicha uch karra Paralimpiya o‘yinlari sovrindori bo‘ldi
6 sentabr 2024, 14:46

Safiya Burxanova yadro uloqtirish bo‘yicha uch karra Paralimpiya o‘yinlari sovrindori bo‘ldi

O‘zbekistonlik paraatlet Safiya Burxanova Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu uning faoliyatidagi Tokiodagi oltin va Riodagi kumushdan keyin uchinchi Paralimpiya medali bo‘ldi. O‘zbekiston 18 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 12-o‘rinni egallab turibdi.

Toshkentda bemor “Seftriakson” qo‘llanganidan keyin shifoxonaga yotqizilgani yuzasidan bayonot berildi
6 sentabr 2024, 14:09

Toshkentda bemor “Seftriakson” qo‘llanganidan keyin shifoxonaga yotqizilgani yuzasidan bayonot berildi

Toshkentda fuqaro shifokor tavsiyasisiz “Seftriakson” va “Lidokain” aralashmasidan ukol olgach, ahvoli yomonlashib, shifoxonaga yotqizildi. Farmxavfsizlik markaziga ko‘ra, bu dori sifati bilan bog‘liq emas. Preparatlar qayta tekshirilmoqda. Ulardan o‘zboshimchalik bilan foydalanish mumkin emasligi eslatildi.

Foto: O‘zbekistonda ilk bor MDH davlatlarining “Sharq-Aksilterror” mashg‘ulotlari o‘tkazildi
6 sentabr 2024, 12:06

Foto: O‘zbekistonda ilk bor MDH davlatlarining “Sharq-Aksilterror” mashg‘ulotlari o‘tkazildi

O‘zbekistonda ilk bor “Sharq-Aksilterror” qo‘shma antiterror mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ishtirokchilar garovga olinganlarni ozod qilish va muhim infratuzilma obyektlarida shartli terrorchilarni zararsizlantirish ssenariylarini ishlab chiqdi, bunda aviatsiya va uchuvchisiz apparatlardan foydalanildi.

Durov Fransiyada hibsga olinganidan so‘ng ilk bor bayonot berib, ayblovlarni rad etdi
6 sentabr 2024, 11:58

Durov Fransiyada hibsga olinganidan so‘ng ilk bor bayonot berib, ayblovlarni rad etdi

Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiyada hibsga olinganidan so‘ng birinchi marta bayonot berdi. Uning fikricha, agar mamlakat internet xizmatidan norozi bo‘lsa, uning rahbarini ta’qib qilmasdan, kompaniyani sudga berishi kerak. Shu bilan birga, Durov suiiste’molliklarga qarshi kurashishga va’da berdi.

Budapesht sporti: Qanot Sharq Vengriyaning mashhur sport turlari bilan tanishtiradi
6 sentabr 2024, 11:00

Budapesht sporti: Qanot Sharq Vengriyaning mashhur sport turlari bilan tanishtiradi

Qanot Sharq aviakompaniyasi sayyohlarga Vengriyaning muhim sport tadbirlariga — Formula-1 Gran-prisidan tortib, suv sporti turlari bo‘yicha xalqaro turnirlargacha tashrif buyurish imkoniyatini taklif qiladi.

Raqobat qo‘mitasi: “Namangan suv ta’minoti” davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun buzgani aniqlandi
6 sentabr 2024, 10:40

Raqobat qo‘mitasi: “Namangan suv ta’minoti” davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun buzgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi “Namangan suv ta’minoti” davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun buzganini ma’lum qildi. Qo‘mita korxona mansabdorlariga jarima qo‘llab, tegishli hujjatlarni sudga yubordi.

Paralimpiada: 9-kunda 22 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi
6 sentabr 2024, 10:21

Paralimpiada: 9-kunda 22 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi

Paralimpiya o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 22 nafar a’zosi sportning 5 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Xususan, avvalgi bahslarda oltin medal olgan Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev disk uloqtirish va Yorqinbek Odilov yadro uloqtirish bahslarida qatnashadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting