Arxiv

O‘zbekistonda 3−9-fevral kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
3 fevral 2025, 08:07

O‘zbekistonda 3−9-fevral kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda hafta davomida havo harorati asta-sekin ko‘tarilib boradi. Dam olish kunlari janubiy viloyatlarda hatto +20 darajagacha bo‘lgan bahoriy harorat kutiladi. Ish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, yakshanba kuni esa namgarchilik ortib, hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.

Diyora Keldiyorovaning Parijdagi g‘alabasi yil voqeligi, uning ustozi ayollar terma jamoalarining eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi
2 fevral 2025, 22:29

Diyora Keldiyorovaning Parijdagi g‘alabasi yil voqeligi, uning ustozi ayollar terma jamoalarining eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi

Xalqaro Judo Awards 2024 tanlovida Diyora Keldiyorovaning Parijdagi Olimpiadada yaponiyalik Uta Abeni yenggani “Yil voqeligi” deb topildi, uning ustozi Marko Shpitka ayollar terma jamoalari o‘rtasida eng yaxshi murabbiy yutug‘ini qo‘lga kiritdi.

Tramp USAID`ni Davlat departamenti nazoratiga o‘tkazmoqchi. Nimalar ma’lum?
2 fevral 2025, 16:29

Tramp USAID`ni Davlat departamenti nazoratiga o‘tkazmoqchi. Nimalar ma’lum?

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) veb sayti ishlamayapti. Bu Tramp agentlikni Davlat departamenti nazoratiga o‘tkazmoqchi ekani haqidagi xabarlardan so‘ng ro‘y berdi. Bunday harakat global gumanitar yordam, jumladan, OIV/OITSni davolashdan to toza suvgacha tahdid solishi mumkin. Asosiy ma’lumotlar.

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti 4 oyga yopiladi
2 fevral 2025, 11:44

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti 4 oyga yopiladi

Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti 5-fevraldan boshlab vaqtincha yopiladi. 4 oy davomida postda qurilish va rekonstruksiya ishlarini yakunlash reja qilinmoqda. Fuqarolar va transport vositalarining harakati “Navoiy” postiga yo‘naltiriladi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Galina Matviyevskaya vafot etdi
2 fevral 2025, 09:54

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Galina Matviyevskaya vafot etdi

Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Galina Matviyevskaya 95 yoshida vafot etdi. O‘zbekistonda sharqshunoslik fanining rivojiga hissa qo‘shgan atoqli olima “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Shavkat Mirziyoyev 4−5-fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Malayziyada bo‘ladi
2 fevral 2025, 09:13

Shavkat Mirziyoyev 4−5-fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Malayziyada bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev 4−5-fevral kunlari Malayziyada bo‘ladi. Rasmiy tashrif davomida mamlakat bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan ikki tomonlama muzokaralar, qo‘shma biznes forumi va boshqalar o‘tkaziladi. Ikki davlat o‘rtasida qo‘shma bayonot va qator bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

AQSh o‘t ochish to‘xtatilganidan keyin Ukrainada saylovlar o‘tkazilishini xohlaydi — Reuters
1 fevral 2025, 21:00

AQSh o‘t ochish to‘xtatilganidan keyin Ukrainada saylovlar o‘tkazilishini xohlaydi — Reuters

AQSh Kiyev yaqin oylarda Rossiya bilan sulh tuzishga rozi bo‘lsa, Ukrainada prezident va parlament saylovlari o‘tkazilishini istaydi, dedi Trampning mazkur urush bo‘yicha maxsus vakili. G‘olib Moskva bilan uzoq muddatli kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun javobgar bo‘lishi mumkin, deb yozdi Reuters.

Madina-Farg‘ona yo‘nalishidagi Centrum Air samolyoti Marida majburiy qo‘nishni amalga oshirdi
1 fevral 2025, 20:38

Madina-Farg‘ona yo‘nalishidagi Centrum Air samolyoti Marida majburiy qo‘nishni amalga oshirdi

Centrum Air aviakompaniyasining Madinadan Farg‘onaga uchgan A321neo samolyoti dvigateldan moy sizib chiqishi sababli Mari (Turkmaniston)ga qo‘ndi. Yo‘lovchilarni olib kelish uchun zaxira bort jo‘natildi.

Germaniya sobiq prezidenti Horst Kyoler vafot etdi
1 fevral 2025, 19:46

Germaniya sobiq prezidenti Horst Kyoler vafot etdi

Germaniyaning to‘qqizinchi prezidenti (2004−2010-yillar) Horst Kyoler 81 yoshida og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etdi. U, shuningdek, Xalqaro valyuta jamg‘armasini boshqargan. Faoliyati davomida Kyoler Afrika qit’asining global taraqqiyot uchun ahamiyatini ko‘p bora ta’kidlagan.

Toshkent viloyatidagi zapravkada avtobus portladi
1 fevral 2025, 18:57

Toshkent viloyatidagi zapravkada avtobus portladi

Yangiyo‘l tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida Isuzu rusumli avtobus gaz ballonida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan.

Endi qurilishga ulush kiritish faqat notarial tasdiqlangan shartnoma asosida amalga oshiriladi
1 fevral 2025, 18:47

Endi qurilishga ulush kiritish faqat notarial tasdiqlangan shartnoma asosida amalga oshiriladi

Prezident tomonidan imzolangan farmon bilan qurilishga ulush kiritish faqat notarial tasdiqlangan shartnoma asosida amalga oshirilishi belgilanmoqda. Uy-joylar qurilishi bo‘yicha elektron platforma yaratiladi.

O‘zbekistonning ikki viloyatida chiqindi yig‘imi narxlari oshdi
1 fevral 2025, 15:04

O‘zbekistonning ikki viloyatida chiqindi yig‘imi narxlari oshdi

Surxondaryo viloyatining barcha shahar va tumanlari hamda Toshkent viloyatining aksariyat tumanlarida maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun tariflar oshirildi.

O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya suverenitetga tahdidlarga qarshi kurash va transport aloqasi to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi
1 fevral 2025, 14:21

O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya suverenitetga tahdidlarga qarshi kurash va transport aloqasi to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi

Anqaradagi vazirlar uchrashuvi yakunida O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya bir-birining suverenitetiga tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish va savdoni soddalashtirish choralarini ko‘rish niyatida ekanini ta’kidladi. O‘zbekistonga O‘rta koridor orqali yuklarni tashishda yordam berishga tayyorlik bildirildi.

AQSh Kanada, Meksika va Xitoy tovarlariga boj joriy qilmoqda
1 fevral 2025, 11:51

AQSh Kanada, Meksika va Xitoy tovarlariga boj joriy qilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp 1-fevral kuni Meksika va Kanadadan import qilinayotgan mahsulotlarga 25 foiz, Xitoynikiga esa 10 foizli yangi tariflar joriy etish to‘g‘risida buyruq imzolashi kutilmoqda. Kanada va Meksika bunga qarshi javob choralarini ishlab chiqqan, deb yozadi OAV.

️Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tugatiladi
1 fevral 2025, 03:04

️Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tugatiladi

P️rezident farmoni bilan Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tugatilmoqda. Uning vazifa va funksiyalari qator qo‘mita, uyushma va vazirliklarga taqsimlab berildi.

O‘zbekistonning Albaniyadagi birinchi elchisi tayinlandi
1 fevral 2025, 02:49

O‘zbekistonning Albaniyadagi birinchi elchisi tayinlandi

Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Albaniyadagi birinchi elchisi etib tayinlandi va mamlakat prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi. U bir vaqtning o‘zida Avstriyadagi elchi va bir qator tashkilotlardagi vakil ham hisoblanadi.

Andijonda sex ohak ishlab chiqarish uchun 5,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
1 fevral 2025, 02:33

Andijonda sex ohak ishlab chiqarish uchun 5,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida korxona ohak ishlab chiqarishda 5,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Gaz hisoblash uskunasi nosozligi sababli muqaddam tarmoqdan uzilgan va tamg‘a o‘rnatilgan, ammo sex rahbari uni o‘zboshimchalik bilan buzgan va ishlatishda davom etgan.

O‘zbek-tojik chegarasi orqali olib o‘tilgan jami 111 kg narkotik musodara qilindi
1 fevral 2025, 01:39

O‘zbek-tojik chegarasi orqali olib o‘tilgan jami 111 kg narkotik musodara qilindi

Samarqandda aylanma yo‘llar orqali opiy olib o‘tgan uch Tojikiston fuqarosi va ularning o‘zbekistonlik sherigi ushlandi. Bekobodda ham o‘zbek-tojik chegarasi yaqinida kanalga oqizib yuborilgan yelim idishlar va sumkadan katta miqdorda narkotik topildi. Jami 111 kg giyohvandlik moddalari musodara qilindi.

“Antiterror-tozalash” tadbirlari doirasida 5 kunda 42 ta jinoiy guruh fosh etildi (+foto, video)
1 fevral 2025, 01:15

“Antiterror-tozalash” tadbirlari doirasida 5 kunda 42 ta jinoiy guruh fosh etildi (+foto, video)

Yanvar oxirida DXX va IIV keng ko‘lamli “Antiterror-tozalash” tadbirlarini o‘tkazdi. 418 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi, 169 kishi qamoqqa olindi, 42 ta jinoiy guruh fosh etildi, qidiruvdagi 109 kishi ushlandi. 80 ta qurol, +30 kg narkotik, pichoqlar, bitalar va boshqa buyumlar olib qo‘yildi.

O‘zbekiston YOIIning bojxona tranziti yagona tizimiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqmoqda — bosh vazir
1 fevral 2025, 01:02

O‘zbekiston YOIIning bojxona tranziti yagona tizimiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqmoqda — bosh vazir

O‘zbekiston yuk tashishni soddalashtirish uchun Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) va uchinchi mamlakatlarning bojxona tranziti yagona tizimiga qo‘shilishi mumkin, dedi bosh vazir Abdulla Aripov. Shuningdek, u savdo to‘siqlarini o‘zaro bartaraf etish bo‘yicha kelishuv ishlab chiqishni boshlashni taklif qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting