Samarqanddagi ikkita ko‘chaga turli yillarda Samarqand viloyati hokimi bo‘lgan Azamxon Bahromov va O‘ktam Barnoyev nomlarini berish taklif qilindi.
«Kiberxavfsizlik markazi» DUK direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Olimjon Mirzayev madaniyat vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Toshkent viloyatiga noqonuniy olib kirilayotgan 150 mln so‘mlik 1000 dona «Tropikamid» dori vositalari to‘xtatib qolindi.
Markaziy bank kelgusi uch yil davomida O‘zbekistonning makroiqtisodiy rivojlanishining asosiy, optimistik va xavfli ssenariylarini taqdim etdi. Optimistik ssenariy bo‘yicha rivojlanish oltin narxining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Mart oyidan beri O‘zbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi sifatida ishlab kelayotgan Bahodir Toshmatov prezident huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Transport vazirligi Toshkentda jamoat transporti yo‘lovchilari uchun har kuni 16,8 mln so‘mga bir martalik qo‘lqop sotib olinayotganini ma’lum qildi. Avvalroq OAVda bu raqam 28 mln so‘m ekani aytilgandi.
Shvetsiyaning keksalar uchun karantinni bekor qilishi, Tesla kompaniyasining yangi rekordi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
OTMlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalari o‘qish uchun to‘lovlarni teng ulushlarda to‘rt bo‘lib amalga oshirishlari mumkin.
Qashqadaryo viloyatidagi Uzbekistan GTL zavodi qurilish maydonchalarining birida yuz bergan norozilikda ishtirok etgan ishchilar pandemiya davrida 40−45 kun ob’ektdan chiqmay ishlaganliklari, oylik maoshlarining o‘z vaqtida to‘lanmaganligi va ovqat sifati pastligidan shikoyat qilishdi. Hozirda ularning oyliklari berilib, ovqat sifati ham yaxshilangan.
Bugungi og‘ir sharoitda yuzaga kelayotgan murakkab vaziyatni O‘zbekiston qanday yengayotgani, infeksiya tarqalishining oldini olishda ishonchli statistika, sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘inining tezkorligi va fuqarolar mas’ulligining ahamiyati haqida cyenator, tibbiyot fanlari nomzodi Dilorom Toshmuhamedovaning maqolasida.
«O‘zbekiston 24» telekanalining Toshkentdagi bozorlardan birida go‘sht narxining pasayishi haqidagi jonli efir reportajida mol go‘shtiga ko‘p suyak qo‘shib sotilayotganini aytib, noroziligini bildirdi.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz, inflyatsiyaning yil yakuni bo‘yicha prognozini yillik 11−12,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.
Mash’al Tojiboyev Xonobod shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi
Ta’mirtalab yo‘llar sabab yuzaga kelgan YTHlarda 191 kishi halok bo‘ldi, deya ma’lum qildi Senat. Bunday hodisalarning oldini olish bo‘yicha dastur ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Sirdaryo viloyatining sakkizta hududida «Toza hudud» korxonasi olib chiqib ketilmagan maishiy chiqindilar uchun aholidan 1,2 so‘m asossiz daromad olgani aniqlanib, iste’molchilar bilan qayta hisob-kitob qilindi.
Ta’lim inspeksiyasi 2019/2020 o‘quv yilida umumta’lim muassasalari reytingini e’lon qildi. Reyting natijalari bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlari maktablari egalladi.
Prezident farmoni bilan Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. Ijobiy kredit tarixiga ega eksportchilarga kredit bo‘yicha qarzdorligi bo‘lsa ham kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi. Buning uchun Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga $100 mln ajratiladi.
Oktyabr oxiri va noyabr boshida Rossiyadan deyarli 8,5 mingga yaqin o‘zbekistonlik olib kelinadi. Bu uchun Voljskiy — Toshkent yo‘nalishiga yana to‘rtta poyezd qo‘shilib, jami qatnovlar soni to‘qqiztaga yetdi. Har bir poyezd tarkibida 938 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan 20 ta vagon mavjud.
Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi «Zamin» fondining atmosfera havosi ifloslanishining monitoringini avtomatlashtirish loyihasining birinchi bosqichi yakuniga yetdi. Yana ikki bosqich amalga oshirilgach, har soatda havo sifatini nazorat qilish mumkin bo‘ladi.
9 oyda 55 ta hududiy loyiha ijrosi kechikkan, 144 ta loyihada ishlab chiqarish hajmi ta’minlanmagan. Oqibatda 720 mlrd so‘mlik mahsulot tayyorlash imkoniyati yo‘qotilgan. Davlat rahbari qolgan 3 oyda $7 mlrdlik 80 ta tarmoq va 44 ta hududiy loyihani ishga tushirish muhimligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting