Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati chiqindi to‘kish joyidan tibbiy niqoblar yig‘ayotgan kishi bilan bog‘liq videoni o‘rganib chiqdi va tibbiy mahsulotlar qayta sotilmaganini ma’lum qildi. Vazirlik fuqarolardan foydalanilgan tibbiy niqoblarni imkon qadar yo‘q qilish yoki yaroqsiz holga keltirishni so‘radi.
Surxondaryo viloyatida ikki fuqaroning uyidan Qizil kitobga kiritilgan Buxoro qo‘yi va bo‘ri topildi. Jonivorlar Termiz hayvonot bog‘iga jo‘natildi.
Koronavirus sababli tadbirkorlarga Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari sertifikatlarini berish boshlandi. Sertifikatni bir kunda olish mumkin.
O‘zbekistonda karantin qoidalariga rioya qilmagan 64 kishi ma’muriy, 3 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi.
Toshkent IIBB markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalari binolarida fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining qabullari vaqtinchalik to‘xtatildi. Barcha murojaatlar elektron tarzda yoki telefon orqali qabul qilinadi.
«Ijtimoiy fikr» so‘rovi respondentlarining 75 foizdan ziyodi koronavirus to‘g‘risida to‘la darajada xabardor, qariyb 94 foizi infeksiya yuqish yo‘llari to‘g‘risida ma’lumotga ega.
Prezident qarori bilan polkovnik Saidkarim Nishanbayev ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
24 martdan boshlab Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish idoralari fuqarolar qabulini to‘xtatdi. Avtomobilni texnik ko‘rikka taqdim qila olmagan fuqarolarga nisbatan vaqtincha ma’muriy choralar ko‘rilmaydi.
Hindiston hukumati butun mamlakat bo‘ylab «mutlaq» karantin e’lon qildi, butun aholiga — qariyb 1,4 mlrd kishiga — har qanday sabab bilan uyni tark etish taqiqlandi.
Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, koronavirus bilan og‘rigan 13 nafar bemorda o‘pka yallig‘lanishi — pnevmoniya alomatlari kuzatilayapti, bemorlardan 4 nafarining ahvoli og‘ir. U bu kasallikdan hech kim kafolatlangan emasligini ta’kidlab o‘tdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi 25 mart kuni Istanbuldan Farg‘onaga uchib kelgan 63 yoshli fuqaroning yurak xurujidan vafot etganini ma’lum qildi.
Mahaliy test tizimi JSST tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan. Natijalarni 5−6 soat ichida bilib olsa bo‘ladi.
Sirdaryo viloyatdi Cobalt va «KAMAZ» to‘qnashuvi natijasida yengil avtomobil yo‘lovchisi hayotdan ko‘z yumdi.
3 kun davomida dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusiga chalinganlar soni 100 ming kishiga ko‘payib, 420 ming nafardan oshdi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd qilingan bemorlar soni 55 kishiga yetdi. 4 nafar bemorning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Ai-91, Ai-92 va Ai-95 benzinlarining narxi 3%ga pasayishi kutilmoqda, deya xabar berdi «Gazeta.uz»ga neft va gaz sohasidagi manba. Narxlar o‘zgarishi yaqin kunlarda amalga oshishi kutilmoqda.
Karantin amalda bo‘lgan vaqtda kommunal korxonalar jarima va penya hisoblamaydi, shuningdek, iste’molchilarni elektr energiyasi, issiqlik, gaz va suv ta’minotidan uzib qo‘ymaydi.
FHDYO bo‘limlari va notariuslar kechiktirib bo‘lmaydigan holatlardagina aholini qabul qilishi belgilandi. Qolgan holatlarda Adliya vazirligi va uning hududiy idoralari fuqarolar murojaatlarini elektron pochta yoki ishonch telefonlari orqali qabul qiladi.
Amerikaning Genscript kompaniyasining COVID-19 virusini aniqlovchi ekspress-test namunalari mahalliy muqobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekistonga olib kelindi.
O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni bir kishiga oshib, 50 nafarga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting