Sariosiyo tumanidagi «Uzun» davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida onasidan ajralib qolgan qo‘ng‘ir ayiq bolasi topildi. Qish mavsumida ozuqa topishi qiyinchiligi va nobud bo‘lishi ehtimoli borligi sababli jonivor xo‘jalik binosida vaqtinchalik saqlanib turibdi.
Tijorat banklari 25 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 245 — 11 305 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 325 so‘m.
Toshkent tumanida bemorning o‘g‘li chaqiruvga ayol emas, erkak feldsher kelgani uchun xodimni kaltaklagandi. SSV xodimning bosh miya yopiq jarohati va boshqa tashxislar bilan neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgani, uning muolaja olayotganini ma’lum qildi.
Farg‘ona shahrida erini rashk qilgan homilador ayol mashina ichida o‘ziga benzin sepib, yoqib yubordi. Ayol hodisa joyida, chaqalog‘i esa shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Nashriyot amerikalik Charlz Uilanning «Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi» kitobini o‘zbek tilida chop etdi. Muallif mazkur kitobda sohani oddiy tilda soddalashtirib tushuntiradi.
Afg‘onistonda ikki haftada 104 kishi, jumladan, bolalar va ayollarning sovuq tufayli olamdan o‘tgani, Antarktidada London kattaligidagi aysbergning ajralib chiqqani, Mo‘g‘ilistonda qahraton sababli 68,5 ming bosh chorva mollarining nobud bo‘lgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida
Prezidentning Qirg‘izistonga tashrifi, Namanganda YPX avtomobilida tug‘ilgan chaqaloq, «Tez yordam» feldsherining kaltaklagani, hududlarga tarqatiladigan 110 ta tez tibbiy yordam mashinasi, lavozimidan ketgan «Toshshaharnur» rahbari, is gazidan navbatdagi o‘lim va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Qirg‘iziston chegarachilari O‘zbekistondagi qishloq aholisiga molxonada chiqqan yong‘inni o‘chirish maqsadida suv olish uchun o‘z mamlakatiga kirishga ruxsat berdi.
Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo sherigi sifatidagi o‘rnini mustahkamladi, Xitoy ikkinchi o‘rinda qoldi, biroq import bo‘yicha RFdan yetakchilikni qo‘lga oldi. Shu bilan birga, Rossiya bozori o‘zbek eksportchilari uchun yanada jozibador bo‘ldi, Turkiyaga yetkazib berish esa kesin kamaydi.
O‘zbekiston Energetika vazirligi va Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi gaz sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni imzoladi. Bundan bir hafta avval Gazprom Qozog‘iston bilan ham shunday hujjat imzolagan edi.
O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash tizimi 2022 yil 1 yanvardan ishga tushishi kerak edi, biroq qonun haligacha qabul qilinmadi. Noyabrda qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun berilgan, lekin hukumat hujjatni haligacha parlamentga taqdim etmadi.
Poytaxt ko‘chalarini yoritishga mas’ul bo‘lgan «Toshshaharnur» DUK rahbari ishdan olindi. O‘rniga yangi rahbar tayinlandi.
Kasbi tumanida er-xotin hamda ularning 5 va 3 yoshli farzandlari zaharlanib vafot etdi. O‘limga qo‘lbola usulda tayyorlangan isitish pechidan chiqqan is gazi sabab bo‘lgan.
Dekabr oyida faollik sezilarli darajada pasayganiga qaramay, 2022 yilda O‘zbekistonda avtomobil savdosining rekord darajada o‘sishi qayd etildi. Yil davomida sotuvlar soni 87 foizga oshib, 1,4 million avtomobilni tashkil etdi.
Toshkent viloyatida 24 yoshli fuqaro «Tez yordam» xodimini kaltakladi. U chaqiruvga ayol hamshira kelmagani uchun janjal ko‘targan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mamlakatlarni Gambiya, Indoneziya va O‘zbekistonda 300 dan ortiq bola o‘limiga sabab bo‘lgan siroplarga qarshi kurashishga chaqirdi. O‘zbekistonda «Dok-1 Maks» siropidan kamida 20 nafar bola vafot etgan.
O‘zbekistonda paxta yetishtirishni yaxshilash maqsadida mineral o‘g‘itlarga bojxona imtiyozlari yana 3 yilga uzaytirilishi mumkin. QQSni o‘z vaqtida to‘lamagan fermerlarning penyalari hisobdan chiqariladi. Qolaversa, paxta maydonlarini nasos bilan sug‘organlarga elektr xarajatlarining 50 foizi davlatdan qoplanadi.
Qirg‘iziston aholisi uchun elektr energiyasi narxi 2023 yilning may oyidan boshlab 30 foizga oshadi, dedi prezident Sadir Japarov. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar bu bajarilmasa, mamlakat energetika sanoatini abadiy yo‘qotish xavfi bor.
Sog‘liqni saqlash vazirligi hududlarga tez tibbiy yordam xizmati uchun 110 ta Volkswagen Caddy mashinasini topshirdi. Shu paytga qadar «103» xizmatida 2938 dona avtomobil xizmat ko‘rsatib kelgan.
Zomin tumanida fuqaro xonadonida bo‘rini noqonuniy tarzda tutqunlikda saqlab kelayotgani aniqlandi. Unga nisbatan 3 mln so‘m jarima belgilandi. Ayni paytda bo‘rini tabiat qo‘yniga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting