Tinchlik bo‘yicha 2020 yilgi Nobel mukofoti BMTning Jahon oziq-ovqat dasturiga ochlik bilan kurashish borasidagi sa’y-harakatlari uchun berildi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari qo‘shma bayonotida Qirg‘iziston xalqini mamlakatda tinchlikni saqlash va barqarorlikni tiklash uchun o‘ziga xos donolikni namoyon etishga chaqirib, barcha siyosiy partiyalari va jamoatchilik doiralari tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash uchun zarur sa’y-harakatlarni amalga oshirishiga umid bildirdilar.
Dam olish kunlari salqin havo saqlanib turadi, 10 oktyabr kuni kunduz havo harorati 13−17 darajadan yuqori bo‘lmaydi. Farg‘ona vodiysi joylarda, tog‘ va tog‘oldi hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kuzatiladi.
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bosh vazir Kubatbek Boronovning iste’fosini qabul qildi. Bu hukumatning ham iste’foga chiqarilganini anglatadi, ammo hukumat yangi bosh vazir jamoa shakllantirmaguncha ishlashda davom etadi.
Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi sohasidagi atoqli olim, Fanlar akademiyasi akademigi Tursunboy Rashidov 86 yoshida vafot etdi.
Prezident va maxsus maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan Sarvar Boboxo‘jayev Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga rektor etib tayinlandi. TATUning sobiq rektori To‘lqin Teshaboyev esa Toshkent moliya instituti rektori lavozimini egalladi.
«Ijtimoiy shartnoma» orqali nodavlat kasb-hunar o‘quv kurslarini bitiradigan yoshlar va ayollarga ta’lim xarajatlari uchun 1 million so‘mgacha subsidiya beriladi. O‘quv kurslarini tamomlab, sertifikat olganlarga imtiyozli kreditlar ajratish uchun 90 mln dollar ajratiladi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori lavozimida ishlab kelgan Shahlo Turdiqulova innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov qirg‘iz xalqiga navbatdagi murojaatida ijro hokimiyatining qonuniy rahbarlari tasdiqlanib, mamlakat qonuniylik yo‘liga qaytishi bilanoq iste’foga chiqishga tayyorligini bildirdi.
Namangan viloyati prokurori Akmalxo‘ja Mavlonov bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlandi. Namangan viloyati prokuraturasini esa endilikda Jahongir Hotamov boshqaradi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi virusga qarshi «Remdesevir» va grippga qarshi «Inflyuvak» dorilarining eng past, o‘rtacha va eng baland chakana narxlarini e’lon qildi.
Kanadaning Condor Petroleum kompaniyasi Buxoro viloyatidagi gaz konlari ekspluatatsiyasi uchun 1 mlrd dollardan ortiq miqdorda investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.
Prezident Kasb va lavozimlar klassifikatorida oliy ma’lumot talab qiladigan mutaxassisliklar va lavozimlarni qisqartirish vazifasini qo‘ydi. Hozirda 2484 ta xizmatchi lavozimi bo‘yicha oliy ma’lumot talab etiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida 46 yoshli er xotiniga bolasining najosatini majburlab yedirgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent IIBB erkakning qo‘lga olingani va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari telefon orqali muloqotda Qirg‘iz Respublikasidagi voqealar rivojiga to‘xtalib, ushbu mamlakatdagi vaziyat tez fursatda barqarorlashishi zarurligini qayd etdi.
Moliya vazirligi 2021 yil yanvaridan boshlab fuqarolar uchun kuryerlik jo‘natmalarini bojsiz olib kirish me’yorini har chorakda 1000 dollardan 200 dollargacha va 10 kg gacha kamaytirishni taklif qildi.
Samarqandda xonadonlardan birida tuz o‘rniga natriy nitrat sepilgan tovuq kabobni iste’mol qilgan 15 kishi zaharlandi.
Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti amerikalik shoira Luiza Glyukka topshirildi.
Moliya vazirligi 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida taksi xizmatini ko‘rsatishga ruxsat berishni taklif qildi. Mobil ilovalardan foydalanilganda daromad solig‘i stavkasi 50% ga kamayishi mumkin.
IIV huzuridagi Tergov departamenti fuqaroni arqon bilan bog‘lagan holda traktor tirkamasida majburiy ravishda olib ketayotganligi aks etgan, Navoiydagi «samosud» videosi haqida ma’lumot berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting