Toshkentda tuman kengashi saylovida yordam berish uchun nomzoddan 3000 dollar so‘ragan deputat qo‘lga olindi. Mamlakatdagi boshqa korrupsiya holatlari haqida ham xabar qilindi.
Olmaliq shahri hokimining o‘g‘li yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun 17-marta jarimaga tortildi. U o‘z qoidabuzarligi videolarini TikTok va Instagram sahifalarini joylashtirib borgan.
O‘zbekiston endi chegaralarni yopmaydi, endi internet uzluksiz ishlaydi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, OAV bilan muloqot qilmagan rahbarlarning kelajagi yo‘q.
AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonda missiyasi ochganini e’lon qildi. Bunga qadar agentlik idorasi USAIDning Markaziy Ochiyodagi missiyasining bir qismi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Bu yil oktyabr oyi quruq ob-havo bilan boshlanadi, havo harorati kechasi +5… +10 daraja, kunduzi +25 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Kuzning ikkinchi oyi prognozi O‘zgidromet sharhida.
O‘zbekistonda KIA Seltos krossoveri uchta, K5 sedani esa oltita komplektatsiyada taklif qilinmoqda. Kompaniya mazkur modellar narxlarini ham e’lon qildi.
O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishda davlat tili bo‘yicha imtihondan o‘tish talab qilinadi. Imtihonlar markazlar tomonidan to‘lov asosida amalga oshiriladi.
AQSHda prezidentlikka nomzodlar Donald Tramp va Jo Bayden o‘rtasida ilk debatlar bo‘lib o‘tdi. Siyosatchilar COVID-19 pandemiyasi, iqtisodiyot va irqchilikni muhokama qilishdi. Tomonlar bir-birlariga gap bermasdan, bir-birini yolg‘onchilikda ayblashdi.
Abxaziyada qiyin ahvolda qolgan 400 nafarga yaqin o‘zbekistonlikning ayollar, homiladolar, qariyalar va bolalardan iborat birinchi guruhini oktyabr oyi boshlarida vatanga qaytarish rejalashtirilmoqda.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistonga ajratayotgan 40 mln dollarlik kreditlari kichik va o‘rta biznesni, shuningdek, tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi ayollarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Milliy ta’lim va tarbiya tizimini yaratishga beqiyos hissa qo‘shgan Abdulla Avloniy (1878−1934), Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875−1919) va Munavvarqori Abdurashidxonov (1878−1931) «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangani
O‘zbek qizlarini Janubiy Koreya fuqarolariga turmushga berishga tayyorlash bilan poytaxtdagi SEJONG HAKDANG o‘quv markazi shug‘ullanayotgani ma’lum bo‘ldi. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi ushbu holat yuzasidan izoh berdi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar ko‘rib chiqiladi hamda ularni yuborganlar huquqbuzardan undirilgan jarimaning 15 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
O‘zgarayotgan aksiz solig‘i stavkalari, tadbirkorlar uchun yangi imtiyoz, kuchga kirayotgan yangi tartiblar — 1 oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?
Suntronix konsalting kompaniyasi xalqaro ekspertiza va ilg‘or IT texnologiyalarni biznes raqamli transformatsiyasining asosi sifatida taklif etadi.
O‘zbekiston katta yoshdagi aholisining deyarli 60 foizida zarur bilim va malaka yetishmasligi seziladi. Bu ko‘p yillar davomida aholi uchun oliy ma’lumot olish imkoniyati cheklangani bilan izohlanadi. Katta yoshdagilarga ta’lim berish rivojlantirish ushbu bo‘shliqni to‘ldirish imkonini berib, ish kuchi malakasini oshirishga xizmat qilardi. Senator Diloram Toshmuhamedova «Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonunning yangi tahriri va katta yoshdagilarga ta’lim berish qanday rivojlanishi kerakligi haqida fikr yuritadi.
O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni 56 519 nafarga yetdi. Yana 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Hozirda respublika bo‘ylab 3081 nafar bemor davolanmoqda.
«Ibrat» tarixiy badiiy filmi shoir, tarjimon, tarixchi, tilshunos va jadidchi Ishoqxon Ibrat taqdiri haqida so‘zlab beradi.
O‘zbekistonda kun davomida 476 ta koronavirus holati aniqlandi. Umumiy ko‘rsatkich 56,3 mingdan oshdi.
Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ushbu epidemik mavsumda ikkinchi marta kasallanish ehtimoli yo‘qligini ma’lum qildi. Antitanachalar titri kam bo‘lsa ham, ular kasallik bilan kurasha oladi, dedi u. Biroq ularning qancha vaqt organizmni himoya qila olishi hozircha noma’lum.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting