UzAuto Motors xaridorlar bilan 4 martga qadar tuzilgan shartnomalar bo‘yicha avtomobillar narxi o‘zgarishsiz qolishini bildirdi. Shuningdek, «O‘zavtosanoat» yaqin kelajakda mas’ul davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqiladigan O‘zbekiston bozoriga olib kiriladigan xorijiy avtomobillarga bojxona to‘lovlarini kamaytirish tashabbusi bilan chiqdi.
Nigina Rahimova «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktori etib saylandi.
AQSH mudofaa vaziri Mark Esper dunyo bo‘ylab koronavirus tarqalayotgani sababli bir qator davlatlar, jumladan, O‘zbekistonga tashrifini bekor qildi.
Sud ishlarini yuritish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan qator qonunlar va kodekslarga o‘zgartirishlar kiritildi. Endilikda sudlarda ishlar avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda taqsimlanadi.
Pezident ta’lim, tibbiyot, uy-joy kommunal, transport, qurilish, kadastr va boshqa sohalarni qamrab oluvchi «Raqamli Toshkent» loyihasi bilan tanishdi. Bu yil shahar miqyosida elektron tibbiyot kartasi joriy etiladi.
Koronavirus tarqalishi xavfi jahon oziq-ovqat narxlari indeksining pasayishiga olib keldi.
«Mehribonlik Korpusi» (Mercy Corps) Xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Sog‘liqni saqlash vaziri hukumat O‘zbekistonda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlarni yashirayotgani to‘g‘risidagi mish-mishlarni rad etdi. «Bu kasallikni berkitishning iloji yo‘q», dedi u. Navro‘z bayramini o‘tkazishni cheklash hozircha ko‘rib chiqilayotgani yo‘q. Xalqaro ekspert Mixail Favorov ham mamlakatda COVID-19 mavjud emasligini tasdiqladi.
2021-yil hosilidan boshlab davlat tomonidan g‘allaga xarid narxini belgilash amaliyotidan to‘liq voz kechiladi.
Qonunchilik palatasi bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga ma’qulladi.
2019/2020 o‘quv yilidan bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul 1 yillik tayyorlash tizimi joriy etiladi.
Nukusda Nexia yo‘ldan burilayotgan traktor omochiga borib urildi. Yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi hodisa joyida vafot etdi.
Aprelda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Tashkent Law Spring ikkinchi yuridik forumi dunyoda koronavirus tarqalayotgani sababli qoldirildi.
Toshkent shahar prokurorining katta yordamchisi bo‘lib ishlagan Oybek Mannonov Olmazor tumani prokurori etib tayinlandi.
Neft narxi tushib ketgani ortidan moliya tizimi barqarorligi uchun xatarlar kuchaygani munosabati bilan Qozog‘iston Milliy banki qayta moliyalash stavkasini 9,25 foizdan 12 foizga qadar oshirdi.
O‘zbekiston hukumati xalqaro moliya va tovar bozorlaridagi vaziyatning mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sirini kamaytarish bo‘yicha choralarni ishlab chiqmoqda. So‘m kursi hozircha barqaror deb baholanmoqda.
Brent neft narxi 35 AQSH dollari atrofida bo‘lib turibdi, rubl so‘nggi to‘rt yil ichida keskin arzonlashdi, jahon birjalari qulashni boshladi. Buning sabablari va oqibatlari — «Gazeta.uz» sharhida.
ID-kartalarni rasmiylashtirganlik uchun davlat boji stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizini (198,5 ming so‘m) tashkil etadi. 2023 yildan 2030 yilgacha pasportlar majburiy tartibda almashtiriladi.
Jizzax viloyatidagi fermer xo‘jaligi hududida sumka ichidan yangi tug‘ilgan egizak chaqaloqlar jasadi topib olindi.
Markaziy bank Anor Bank raqamli bankini tashkil etishga dastlabki ruxsatnomani berdi. Ta’sischilar yarim yil ichida ustav kapitalini shakllantirishlari kerak.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting