Sport vazirligi koronavirus mamlakatga kirishining oldini olish maqsadida O‘zbekistonda xalqaro sport musobaqalar o‘tkazilishini to‘xtatdi. «Navro‘z» marafoni chet ellik ishtirokchilarsiz o‘tkazilishi mumkin.
2020 yilda probatsiya xizmatlari 3000 ta elektron bilaguzukni tatbiq etadi, 18 ta jazoni ijro etish koloniyalarida 1833 dona videokuzatuv moslamasi va 36 komplekt shaxsiy videoregistratorlar o‘rnatiladi.
Hafta davomida quruq va quyoshli ob-havo hukmronlik qiladi. Kunduzgi harorat +12…+15 darajagacha chiqadi.
UzAuto Motors bir qator modellar narxlarini oshirdi: Spark va Damas — 10−21 foizga, Nexia — 15−19,4 foizga, Cobalt — 10−14,7 foizga, Lacetti — 3 foizga qimmatlashdi.
Taniqli shoir Azim Suyun 72 yoshda hayotdan ko‘z yumdi.
Eron-Turkmaniston chegarasi yopilgani sababli 11 nafar o‘zbekistonlik haydovchi «Lutfobod» (Eron) chegara postida qolib ketdi. TIV vaziyat nazorat ostida ekanini ma’lum qildi.
«Toshkentda juda katta resurslar bor. Hozircha ularning yarmidan ham foydalanilmayapti», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident hokimlar yerto‘la tozalashni bas qilib, tadbirkorlikni rivojlantirish bilan shug‘ullanish vaqti kelganini ta’kidladi.
Parkent dehqon bozorida yirik yong‘in kelib chiqdi. Olovni bartaraf etishga 11 ta o‘t o‘chirish mashinasi va 10 dan ortiq yordamchi texnika jalb qilindi.
XXI asr ayollar tengligi asri bo‘lishi kerak, dedi BMT bosh kotibi. U bugun ayollar hali ham bid’at va xurofotlardan aziyat chekayotganini ta’kidlab, kuchlar muvozanatini o‘zgartirishga chaqirdi.
2021-yil 1-yanvardan boshlab barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga, O‘zbekiston fuqarolariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga va O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga biometrik pasport o‘rniga 10 yil muddatga ID-karta beriladi.
Prezident Bosh prokuraturaga daraxtlar kesilishi masalasida hokimlar faoliyatini qat’iy nazorat qilish va javobgarlik muqarrarligini ta’minlashni topshirdi.
Toshkentdagi 51-avtobus yo‘nalishida Xitoyning Yutong elektrobusini sinovdan o‘tkazish boshlandi. U bir martalik quvvat bilan 300 km dan ziyod masofani bosib o‘ta oladi.
Vazirlar Mahkamasida koronavirus epidemiyasining O‘zbekiston turizmiga ta’sirlari muhokama qilindi. Sayyohlik operatorlariga soliq ta’tillari berish va ichki yo‘nalishlarda aviaqatnovlar sonini oshirish taklif qilindi.
Vazirlar Mahkamasi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi-davlat maqomida hamkorlik qilish taklifini ma’qulladi. Ushbu taklif Oliy Majlisga kiritiladi.
«O‘zavtosanoat» Jizzaxda Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive avtozavodi loyihasi yopilganini tasdiqladi. Bu yerda Volkswagen to‘rtinchi va beshinchi avlod Caddy avtomobillarini yig‘adi.
Prezident farmoni bilan Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan jazo muddatini o‘tayotgan 83 nafar ayollar afv etildi.
O‘zbekiston hozircha Xitoyga gaz yetkazib berishni to‘xtatmadi, ammo ogohlantirish xatini qabul qilgan. Avvalroq PetroChina gaz importini koronavirus tufayli qisqartishi haqida xabar berilgandi.
Dam olish kunlari havo salqin bo‘lib, kechki harorat −1…−2 darajagacha tushadi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
«O‘zagrokimyohimoya» boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan Olimjon Isayev Namangan shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
«O‘zbekiston pochtasi» koronavirus tarqalgani sababli Xitoydan pochta jo‘natmalarini yetkazib berish kechikayotganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting