Qashqadaryoda koronavirusga test topshirgan 855 nafar o‘qituvchi infeksiyani yuqtirganlikda gumonlanmoqda. Ularda koronavirus alomatlari mavjud emasligi va yana bir bor tekshiruvdan o‘tishi ma’lum qilindi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusdan vafot etgani aytilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlaridan birida koronavirusni keltirib chiqaruvchi «SARS CoV-2» virusi aniqlanmaganini ma’lum qildi.
Uchko‘prik tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit boshqaruv vaqtida uxlab qolib, yo‘l chetida to‘xtab turgan piyodani urib yubordi. YTH natijasida 44 yoshli fuqaro shifoxonada vafot etdi.
Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko muzokaralari, rivojlangan davlatlar iqtisodiyotining qulashi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Aleksey Overchuk boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar hamkorlik doirasidagi bir qator loyihalarni muhokama qilishdi. Xususan, soliq va bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha harakatlar rejasi ko‘rib chiqishdi.
Respublika bolalar kutubxonasi metsenatlar mablag‘lari hisobidan rekonstruksiya qilinadi. Kutubxonada kovorking uchun xonalar, laboratoriyalar va studiya barpo etiladi. Loyihaga binoan, binoning tarixiy ko‘rinishi saqlab qolinadi. Ish 2021 yilning bahorigacha yakunlanishi ko‘zda tutilmoqda.
Rossiyaning Samara viloyati va Yekaterinburg shahridan temir yo‘l reyslari orqali deyarli 1700 fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi. Kelganlarning barchasi karantinga yuborildi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi faoliyatiga tashkiliy-texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat ko‘rsatish vazifasi hokimliklar apparatidan tegishli xalq deputatlari Kengashi kotibiyati zimmasiga o‘tkazildi. Senat raisi Tanzila Narbayevaning ta’kidlashicha, deputatlar ushbu o‘zgarishlarni uzoq yillar orzu qilishgan.
Toshkent viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldoshevaning hibsga olinishiga reanimatolog Farrux Rustamovning koronavirusdan vafot etgani sabab bo‘lgani ma’lum qilindi. Marhum vafotidan so‘ng «Jasorat» medali bilan taqdirlangan.
Osiyo taraqqiyot banki 2020 yilda O‘zbekiston YAIM hajmi o‘sishi bo‘yicha prognozini 0,5%gacha pasaytirdi. Tashkilotning yangi hisobotiga ko‘ra, bunga COVID-19 pandemiyasi, talabning sustligi, sanoat ishlab chiqarishi va xizmatlar sohasidagi pasayish sabab bo‘lmoqda. Biroq, 2021 yilda YAIM 6,5% gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonunni qabul qildi. Unga ko‘ra, ota-onalarga farzandlariga uy sharoitida din asoslarini o‘qitishga ruxsat berilmoqda. Shuningdek, fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘ymaslik talabi bekor qilinadi.
O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari yakunlari e’lon qilindi. Imtihonlarda 1,2 mln nafar (95,1%) abituriyent qatnashdi. 63 ming nafari esa kelmagan, 1187 nafari esa test sinovlaridan chetlashtirilgan. 90 nafar abituriyentda tana harorati 37 darajadan yuqori ekanligi aniqlangan.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining sobiq rahbari Suma Chakrabarti Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
14 sentyabr kuni O‘zbekistonda 572 ta koronavirus holati qayd etildi. Jami aniqlangan COVID-19 holatlari soni 48 mingtaga yaqinlashdi.
15 sentyabrdan boshlab UNG AYOQSHlarida import va mahalliy Ai-92 benzini narxi 5500 so‘mga qadar arzonlashtiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent IIBB xodimlarining ko‘cha sotuvchilaridan havo sharlarini tortib olib, ularni osmonga uchirib yuborayotgani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB buni sharlarning yonuvchi gaz bilan to‘ldirilgani, ular portlagan taqdirda, atrofdagilarga zarar yetkazishi mumkinligi bilan izohladi.
Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimining 6 ta asosiy yo‘nalishi belgilandi. Xususan, xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari va o‘zbek diasporalari bilan aloqalarni mustahkamlanadi, mehnat migrantlari moliyaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi, ularning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash amaliyoti kengaytiriladi.
Xorijga ishga ketayotgan kam ta’minlangan oilalar a’zolariga bir yil muddatga 10 mln so‘mgacha miqdorda mikroqarzlar beriladi. Mikroqarz foiz stavkasining 14 foizli punktidan yuqori bo‘lgan qismi, lekin 21 foizdan oshmagan miqdori Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilinadi. Shuningdek, 446 ming so‘m (40 doll) bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi hamda ushbu maqsadlarga 4,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
1 yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijga chiqib ketayotgan shaxslarni, ishga yuborishdan oldin majburiy tartibda kasb-hunarga o‘qitish tizimi joriy qilinmoqda.
O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha yaxlit onlayn tizim yaratiladi. Bu maqsadlar uchun qariyb 1,2 milliard dollar mablag‘ yo‘naltirilmoqda. «Bu mablag‘larning natijadorligi va qaytimi faqatgina hisoblagichlarni o‘rnatish bilan hal bo‘lib qolmaydi. Iste’molchi sarf qilgan energiya resursi hajmini bilish bilan tizimdagi yo‘qotishlar va o‘g‘irliklarga chek qo‘yib bo‘lmaydi», — deya ta’kidladi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting