2023-yilda korrupsiya jinoyatlaridan eng katta zarar Andijon, Namangan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Senatda taqdim etilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha uchinchi milliy ma’ruzada ma’lum qilindi.
“Adolat” SDP o‘z saylovoldi dasturiga hokimlarga ishonchsizlik votumi joriy etish, qayta taqsimlash orqali aholi daromadlarini tenglashtirish, bog‘ va oromgohlar sotuvini taqiqlash kabi masalalarni kiritdi. Sinfdagi o‘quvchilar sonini optimallashtirish, antiekologik korxonalarni jazolash ham taklif qilinmoqda.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘z saylovoldi dasturida pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish, nogironligi bo‘lganlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mamlakatni xavfsiz va ekologik barqaror hududga aylantirish, iqtisodiyotda davlatning faol ishtirokini saqlab qolish kabilarni va’da qilmoqda.
“Milliy tiklanish” partiyasining saylovoldi dasturidan lotin alifbosiga o‘tishni yakunlash, arxeologik obyektlarda ijara tizimini bekor qilish, ajrimlar bojini oshirish, boshqa davlat fuqaroligini olganlardan fuqarolikni bekor qilish, renovatsiya va xalq tabobati qonunlarini qabul qilish kabi masalalar o‘rin oldi.
Tartibsiz urbanizatsiyaga barham berish, AES qurish va undan xavfsiz foydalanishni qo‘llab-quvvatlash, budjet xarajatlarini qisqartirish, so‘z va OAV erkinligini kafolatlash, tashqi siyosatni faqat xalqning milliy manfaatlaridan kelib chiqib olib borish — O‘zLiDePning saylovoldi dasturidan nimalar o‘rin olgan?
Bo‘stonliq tumanidagi Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan 4 kishi qutqarildi. Ular sayr qilish maqsadida borib, yo‘lini yo‘qotib qo‘ygan.
Veolia Energy Tashkent kompaniyasi issiqlik va issiq suv uchun tariflarning oshishini gaz va elektr energiyasi narxi ko‘tarilgani bilan izohladi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda aholi bazaviy tarif miqdorining 16 foizini, oshirilganidan keyin esa 18 foizini qoplay boshlaydi.
O‘zbekiston futzalchilari mundialdagi yurishni erta to‘xtatdi, ammo qo‘shnilarda ahvol yomon emas. Qozog‘iston shanba kuni Yangi Zelandiyani mag‘lub etib, pley-offga chiqdi. Afg‘oniston esa, Ukrainaga yutqazganiga qaramay, hamon imkoniyatga ega. Kun gollarga boy bo‘ldi, xususan, ikki futzalchi beshtadan gol urdi.
Toshkentdagi Olimpiya shaharchasini ekspluatatsiya qilish uchun boshqaruv kompaniyasini jalb qilish ko‘zda tutilgan. U sport majmualarini saqlash, ommaviy tadbirlarni tashkil etish, ijara xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar bilan shug‘ullanadi.
Prezidentning taqdimnomasi va Senatning tegishli qaroriga asosan Ikram Muslimov va Olimjon Ismailov besh yil muddatga Oliy sud raisining o‘rinbosari lavozimiga saylandi.
O‘zbekiston futzal terma jamoasi o‘zi mezbonlik qilayotgan jahon chempionatidagi yurishini muxlislar kutganidan erta yakunladi. Jamoa mundialning guruh bosqichi 3-turida Kosta-Rikaga 3:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Dastlabki ikki turda o‘zbekistonliklar atigi 1 ochko to‘plagan edi.
Xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Ular BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha jarimaga tortilishi yoki 15 sutkaga qamalishi mumkin.
Senat bolaga nisbatan maishiy zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik belgilash ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi. Qonun bilan, shuningdek, maishiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv arizasini surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida emas, sud muhokamasida berish tartibi joriy qilinmoqda.
Budapeshtda o‘tayotgan musobaqaning 9-turida erkak shaxmatchilarimiz Hindiston bilan, qizlar jamoasi esa Serbiya bilan durang o‘ynadi. Tur yakunlari bo‘yicha yigitlar jamoasi 3-o‘rin, qizlar esa 27-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston futzal bo‘yicha o‘zi mezbonlik qilayotgan jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida Kosta-Rikaga qarshi dramatik uchrashuvda imkoniyatni boy berdi. Jamoa guruhda so‘nggi o‘rinni egallab, turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Senatda tasdiqlangan bir qator qonunlar, 5 ta davlat elchisidan ishonch yorliqlarini olgan prezident, ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shimcha mablag‘ ajratgan USAID, navbatdagi olimpiadaga tayyorlanish bo‘yicha rejalar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi Toshkent shahri, 10 ta viloyat va Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan umumiy summasi 12 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonun buzilishi holatlarini aniqladi.
Prezident sport sohasidagi ishlar va rejalar bilan tanishdi. Los-Anjeles-2028 Olimpiadasida yengil atletika va suv sporti kabi yo‘nalishlarda natijalarni yaxshilash, Olimpiya shaharchasida xokkey majmuasi qurish, mahallalarda seleksiya ishlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
USAID Rivojlanish maqsadlari bo‘yicha grant shartnomasi doirasida O‘zbekistonga yana 6,1 mln dollar ajratdi. Umumiy summa 47 mln dollardan oshdi. Mablag‘lar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ko‘nikmalarini oshirish, 8−11-sinflarda yoshlarga tadbirkorlik va iqtisodiy ko‘nikmalarni o‘rgatish uchun sarflanadi.
Qirg‘iziston parlamenti a’zolari huquq-tartibot idoralari xodimlarining ishini aks ettiruvchi surat va videolarni “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun jarima yoki 7 sutkagacha qamoq ko‘rinishidagi jazo choralarini taklif qilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting