Arxiv

TIVda BAA elchisi bilan Abu-Dabida O‘zbekiston fuqarolarining ushlab turilishi bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilindi
2 dekabr 2024, 22:46

TIVda BAA elchisi bilan Abu-Dabida O‘zbekiston fuqarolarining ushlab turilishi bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilindi

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev BAA elchisi Said Matar al-Qamziyni qabul qildi. Abu-Dabi aeroportida o‘zbekistonlik erkak fuqarolarning ushlab turilishi bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilindi.

AQSh Xorazmda jinsiy jinoyatlarda ayblangan sobiq amaldorlarga nisbatan sanksiyalar kiritdi
2 dekabr 2024, 22:07

AQSh Xorazmda jinsiy jinoyatlarda ayblangan sobiq amaldorlarga nisbatan sanksiyalar kiritdi

AQSh Moliya vazirligi O‘zbekistonning ikki sobiq davlat xizmatchisi va mehribonlik uyi sobiq rahbariga inson huquqlarini jiddiy buzgani uchun sanksiyalar kiritdi. Gap “Xorazm ishi” bo‘yicha Urganchdagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etganlikda ayblanganlar haqida ketmoqda.

O‘zbekiston MOQ — Osiyo o‘yinlarining Toshkentdan Bahraynga ko‘chirilishi sabablari haqida
2 dekabr 2024, 21:34

O‘zbekiston MOQ — Osiyo o‘yinlarining Toshkentdan Bahraynga ko‘chirilishi sabablari haqida

O‘zbekiston MOQ mamlakat pandemiyadan keyingi davrda cheklovlar va uzilishlar tufayli yoshlar Osiyo o‘yinlarini bir yilga surishni so‘raganini ma’lum qildi. Osiyo olimpiya kengashi bunga rozi bo‘lmagan va o‘yinlarni o‘tkazish huquqini Bahraynga bergan.

Toshkentda tashqi reklama uchun dizayn-kod qanday ishlab chiqildi?
2 dekabr 2024, 20:27

Toshkentda tashqi reklama uchun dizayn-kod qanday ishlab chiqildi?

Toshkentning Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan ishlab chiqilgan tashqi reklama dizayn-kodi 1-avgustdan kuchga kirdi. Bunday namunaviy to‘plam birinchi marta me’yoriy hujjat sifatida qabul qilindi. “Gazeta.uz” poytaxt hokimi o‘rinbosari, RRD rahbari Aleksey Xen bilan birgalikda hujjatni tahlil qildi.

Hunarmandchilikni o‘rganish Qashqadaryodagi qishloq ayollari hayotini qanchalik o‘zgartirdi?
2 dekabr 2024, 19:46

Hunarmandchilikni o‘rganish Qashqadaryodagi qishloq ayollari hayotini qanchalik o‘zgartirdi?

“Ma’rifat maskani” va USAID loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyatida 300 dan ortiq xotin-qiz gilam to‘qish, kigiz bosish, bosma" usulida kashta tikish va onlayn tijorat asoslarini o‘rgandi. “Gazeta.uz” yangi ko‘nikmalar qishloq ayollarining hayotini qanday o‘zgartirgani haqida hikoya qiladi.

Noyabrda inflyatsiya: propan yana 11,1% qimmatladi, benzin — 4,7%, kartoshka — 10,1%
2 dekabr 2024, 19:00

Noyabrda inflyatsiya: propan yana 11,1% qimmatladi, benzin — 4,7%, kartoshka — 10,1%

Noyabrda inflyatsiya darajasi 0,93% — 2011-yildan buyon ushbu oydagi eng past ko‘rsatkichni tashkil etdi. Yillik inflyatsiya 10% gacha sekinlashdi. Oy davomida go‘sht narxi 0,3−1,2% oshdi, tuxum — 3,3%, yog‘ — 2,5%, kartoshka -10,1%, pomidor — 72%. Propan narxi 11,1%, benzinniki 4,7% qimmatladi.

Gruziyada namoyishlar davom etmoqda, 200 dan ortiq kishi hibsga olindi
2 dekabr 2024, 18:05

Gruziyada namoyishlar davom etmoqda, 200 dan ortiq kishi hibsga olindi

Gruziyada 5 kundan beri hukumatning YeIga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatish qaroriga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda. Politsiya suv va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llamoqda, namoyishchilar bunga javoban barrikadalar qurib, mushak otmoqda. Bunda jami 200 dan ortiq kishi qo‘lga olindi.

Erkin Muhitdinov Ekologiya vazirligida ish boshladi
2 dekabr 2024, 17:18

Erkin Muhitdinov Ekologiya vazirligida ish boshladi

Oktabr oyida Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan Erkin Muhitdinov Ekologiya vazirligida ish boshladi. U vazirlikning O‘rmon, bioxilmaxillik va ekoturizm siyosatini yuritish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Foto: Saudiya Arabistonida BMTning cho‘llanishga qarshi konferensiyasi boshlandi
2 dekabr 2024, 16:55

Foto: Saudiya Arabistonida BMTning cho‘llanishga qarshi konferensiyasi boshlandi

Ar-Riyod shahrida BMT Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi tomonlar konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston ham ishtirok etayotgan tadbirda cho‘llanish, yerlarning degradatsiyasi va qurg‘oqchilik muammolariga e’tibor qaratiladi. Fotoreportaj.

Davlat xaridlari endilikda ikki bosqichda o‘tkaziladi
2 dekabr 2024, 16:44

Davlat xaridlari endilikda ikki bosqichda o‘tkaziladi

Prezident tomonidan imzolangan hujjat bilan qonunchilikka kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartibi va ikki bosqichli davlat xaridlari tushunchalari kiritilmoqda. Endi bir nechta davlat buyurtmachilari bir xil turdagi tovarlarni markazlashtirilgan organ orqali xarid qilishi mumkin.

Ukraina armiyasining kuchi bosib olingan yerlarni qaytarishga yetmayapti — Zelenskiy
2 dekabr 2024, 16:43

Ukraina armiyasining kuchi bosib olingan yerlarni qaytarishga yetmayapti — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina armiyasining Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni ozod qilish uchun kuchlari yetarli emasligini aytdi. U Ukraina xavfsizlik kafolatlarini olishi va mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish kerakligini bildirdi.

Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yildi
2 dekabr 2024, 15:35

Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yildi

Osiyo Olimpiya kengashi 2025-yili O‘zbekistonda o‘tishi rejalashtirilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari, sport inshootlari tayyor emasligi sabab, bekor qilinganini e’lon qildi. Mazkur turnir uchun O‘zbekiston 289 mln dollar qiymatidagi Olimpiya shaharchasini qurayotgan edi. Musobaqa endi Bahraynda o‘tkaziladi.

Organ xodimlariga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish taqiqlandi
2 dekabr 2024, 15:04

Organ xodimlariga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish taqiqlandi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga doir taqiqlar belgilanmoqda.

O‘zbekiston JST bo‘yicha Filippin bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi
2 dekabr 2024, 14:22

O‘zbekiston JST bo‘yicha Filippin bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston Filippin bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Filippin so‘nggi ikki oy ichida Toshkent muzokaralarni yakunlagan to‘rtta davlatdan biriga aylandi, dedi prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov.

Jo Bayden o‘g‘li Hanterni afv etdi
2 dekabr 2024, 11:47

Jo Bayden o‘g‘li Hanterni afv etdi

AQSh prezidenti Jo Bayden o‘g‘li Hanter Baydenni “sodir etgan yoki sodir etgan bo‘lishi mumkin” bo‘lgan jinoyatlari uchun afv etdi. U soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, qalbaki soliq deklaratsiyasini taqdim etish, noqonuniy qurol saqlash kabi jinoyatlarda ayblangan.

Hafta davomida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
2 dekabr 2024, 11:16

Hafta davomida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda ish haftasi davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +5…+10 darajagacha ilishi, kechasi -3 darajagacha sovishi mumkin.

Buxoro viloyati hokimining yana bir o‘rinbosari almashdi
2 dekabr 2024, 10:58

Buxoro viloyati hokimining yana bir o‘rinbosari almashdi

Hafiza Artikova Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shu vaqtgacha mazkur lavozimda ishlagan Feruza Ibragimova esa boshqa ishga o‘tdi.

O‘zbekistonda 10 oyda 5,8 mlrd so‘mlik ish haqi va nafaqa talon-toroj qilingan
2 dekabr 2024, 10:54

O‘zbekistonda 10 oyda 5,8 mlrd so‘mlik ish haqi va nafaqa talon-toroj qilingan

Bosh prokuratura O‘zbekistonda o‘tgan 10 oy ichida ish haqi va nafaqa pullarining 5,8 mlrd so‘mi talon-toroj qilinganini aniqladi. Bundan tashqari, kredit mablag‘larining 2,5 trln so‘mi talon-toroj qilingani aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 906 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha nizom tasdiqlandi
2 dekabr 2024, 10:41

Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tartib tasdiqlandi. Hujjatda O‘zbekiston hududidagi yirik bozorlarning tasdiqlangan ro‘yxati keltirilgan.

O‘zbekistonda 2−8-dekabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
2 dekabr 2024, 06:59

O‘zbekistonda 2−8-dekabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonga yaqinlashib kelayotgan antitsiklon sabab ish kunlari havo sovuq va quruq bo‘ladi. Bu mamlakat energetikasiga yuklama ortishiga, shuningdek, Toshkent havosining sezilarli ifloslanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shanba kuni tog‘larda, yakshanbada esa asosiy aholi yashovchi hududlarda qor yog‘ishi kutilyapti.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting