Samarqand shahar hokimligi qoshidagi «Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi» mansabdor shaxslari davlat korxonasining 1 mlrd 258,3 mln so‘m mablag‘ini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilishgan. Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyat ishi ochilgan.
Toshkentning Shayxontohur tumanida Lacetti avtomashinasini tegishli hujjatlarsiz boshqarib kelayotgan haydovchi yosh ayol va uning ikki yashar qizini urib yubordi.
Xalq ta’limi vazirligi o‘quv yili boshida jismoniy tarbiya, chaqiriqqa qadar boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik, musiqa madaniyati, tasviriy san’at va chizmachilik kabi fanlarning vaqtinchalik o‘tilishini tavsiya etmasligini ma’lum qildi. Ushbu fanlar masofaviy ta’lim shaklidagi televizion darslar orqali o‘zlashtirib boriladi.
1 sentyabr kuni poytaxt markazida Lacetti urib yuborgan yo‘l-patrul xizmati inspektori Salim Umarov voqeadan uch kun o‘tib kasalxonada vafot etdi.
«Gazeta.uz» So‘x tumanidagi tartibsizliklarda ishtirok etganlikda ayblanayotgan olti kishining ismini aniqladi. Ulardan ikki nafarining oilasi bilan suhbatlashdik. Qarindoshlari qo‘lga olinganlarning mojaroda ishtirok etmaganini ta’kidlashmoqda.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston savdo aylanmasini 1 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. So‘nggi uch yil ichida ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5 baravarga o‘sib, 2019 yil yakuniga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 818,4 mln dollarni tashkil etdi.
Prezident sud hokimiyati organlarining faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha dasturni tasdiqladi. Yil oxiriga qadar sud majlislarida qatnashish imkoniyatini beruvchi mobil ilovani yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. 2021 yildan boshlab barcha sudlardagi majlislarni audioyozuvga yozib olish mumkin bo‘ladi.
Namangan viloyatida Matiz rusumli avtomobil haydovchisining boshqaruv vaqtida uxlab qolib, qarshisida kelayotgan Nexia rusumli avtomobil bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi voqea joyida vafot etdi.
O‘zbekistonda nikohlanuvchilarga qo‘shfamiliyalikka ruxsat beriladi. Bundan tashqari, FHDYO xodimlari oylik ish haqlari o‘rta hisobda 3 baravarga oshishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda 106 ta yangi koronavirus holatlari qayd etildi. 2 nafar koronavirus bemori vafot etdi. Davolanayotgan bemorlarning 351 nafari og‘ir, 181 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
O‘zbekistonda qariyb ikki oydan buyon eng kam — 257 ta koronavirus holati aniqlandi.
Farg‘onada bir yoshli farzandini 1500 dollarga sotmoqchi bo‘lgan yosh ona qo‘lga olindi.
Koronovirusga qarshi butunjahon emlash dasturi AQSH va boshqa davlatlar sababli keyinga qoldirildi. Bunday holatni JSST «emlash millatchiligi» deb ta’rifladi.
Nikola kompaniyasi elektr yuk mashinalari startapidan yirik avtomobilsozlik sanoatiga o‘tib, Teslaning asosiy raqibiga aylanishi mumkin. Nikola yuk mashinalaring ishlab chiqarilishi 2024 yildan boshlanishi kutilmoqda.
Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida gender statistik ma’lumotlarini yig‘ish va tahlil qilish bo‘ycha elektron jurnal ishlab chiqildi. Bunday ma’lumotlarni yig‘ish O‘zbekistonda birinchi marta amalga oshirilmoqda.
Hukumat 2020−2021 yillar uchun inqirozdan keyingi davrda iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha ikki bosqichli dastur qabul qildi. Birinchi bosqichda e’tibor iqtisodiyotning o‘zini barqarorlashtirishga, ikkinchi bosqichda ― uning o‘sishini ta’minlashga qaratiladi.
Namangan viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida erkak va uning uch yashar qizi voqea joyida vafot etishdi, to‘rt kishi jarohatlandi.
COVID-19 pandemiyasi sababli ayollar va erkaklarning moliyaviy daromadlari o‘rtasidagi farq yanada kattalashadi. Dunyo miqyosida hozirgi inqiroz natijasida yana 47 mln ayol va qiz qashshoqlik chegarasidan pastga tushadi.
Rivojlangan davlatlar, shuningdek, Rossiya va Qozog‘istonda koronavirusga chalingan bolalarda «Kavasaki sindromi» alomatlari paydo bo‘lmoqda. O‘zbekistonda ham ushbu kasallik belgilari kuzatilgani inkor etilmadi.
AQSH O‘zbekistonga umumiy qiymati 2,6 mln dollar bo‘lgan 200 ta sun’iy nafas berish apparatini taqdim etdi. Ular mintaqaviy iqlimni hisobga olgan holda maxsus buyurtma asosida ishlab chiqarilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting