O‘zbekistonda Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etiladi. Qorako‘l zotli qo‘ylarni ko‘paytirishga mo‘ljallangan barcha yaylovlar qo‘mitaning doimiy egaligiga o‘tkaziladi.
OTMlarga qabul uchun imtihonlarning birinchi kuni 4 nafar abituriyent isitmasi borligi uchun testga kiritilmadi. 59 nafar talabalikka nomzod esa noqonuniy harakatlari uchun test sinovidan chetlashtirildi.
O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartiblari soddalashtirildi. Jumladan, jismoniy shaxslar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda ulardan pasport nusxasi talab qilish bilan bog‘liq norma chiqarib tashlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi 2 sentyabr kuni O‘zbekistonda 304 ta koronavirus holati ro‘yxatga olinganini xabar qildi. Jami holatlar soni 42,5 mingtadan oshdi.
Bosh prokuratura So‘x tumanidagi tartibsizliklar to‘g‘risidagi ish bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida qamoqqa olingan Haydarjon Bobohaydarovning (bloger Dadaxon Haydarov) ozod qilingani haqida xabar berdi. U bilan yana bir gumonlanuvchi — Dilmurod Mahbubov ham ozod qilingan.
Dizayner Shavkat Egamberdiyev Akfa, Artel va Toshkent hokimi haqidagi hajviy videosi uchun uzr so‘radi. U ushbu videoni keng ommaga tarqalib ketganligi uchun Troll.uz ni «podstava» qilganlikda aybladi. Troll.uz muallifi rassomga nisbatan tahdid qilinganligini ta’kidlamoqda. Artel vakili «Troll.uz ning fikrlari har doim ham to‘g‘ri va adolatli bo‘lavermasligini» aytdi.
UZIMEI tizimi operatori mobil qurilmalarning IMEI-kodini uchinchi shaxslar pasportlaridan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tkazish holatlari yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qildi.
Hafta oxiriga borib salqinroq ob-havo kuzatiladi. Kunduzgi harorat +25…+30 darajani tashkil etadi. Ayrim joylarda shamol tezligi kuchayishi mumkin.
OTMlarning birinchi bosqich talabalari uchun mashg‘ulotlar 2 oktyabrdan boshlanadi. Ta’lim shakli haqida hozircha xabar qilinmadi.
O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 131 davlat orasida 93-o‘rinni egalladi. So‘nggi besh yilda mamlakat ma’lumotlar yetishmagani sababli reytingga kiritilmagan edi.
Sentyabr oyi davomida yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan soliq to‘lovlari ro‘yxati e’lon qilindi.
O‘qituvchilar maktablar uchun dezinfeksiya vositalarini sotib olmasliklari kerak, ular mahalliy hokimliklar tomonidan yetkazib beriladi.
Respublika bo‘yicha 260 ta eski ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash hamda 193 ta avariya holatidagi ko‘p qavatli uylarni buzib, ular o‘rniga yangi uy-joylarni qurish taklif etilmoqda. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev qishloq hokimlarini (akim) saylov o‘tkazish yo‘li bilan tayinlashni taklif qildi.
Rossiyada epidemiya boshlanganidan beri 1 mln dan ortiq COVID-19 holatlari ro‘yxatga olingan. Dunyo bo‘yicha esa ushbu ko‘rsatkich 25,7 mln dan oshgan. Rossiya ro‘yxatga olingan holatlar bo‘yicha AQSH, Braziliya va Hindiston mamlakatlaridan keyin to‘rtinchi o‘rinda turibdi.
AQSH milliy valyutasining rasmiy kursi 7 so‘mga qimmatlab, jami 10 270 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari arzonlashdi.
Toshkent, Samarqand va Qarshida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasi yodga olindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, parlament va hukumat vakillari poytaxtdagi yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Respublika OTMlarining magistratura bosqichiga kirish imtihonlari 8−20 sentyabr kunlari o‘tkaziladi. Imtihonlar test sinovi tarzida kompyuterda onlayn olinadi.
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori Oybek Xodjayev 44 yoshida koronavirusdan vafot etdi.
O‘zbekistonda 134 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Hozirda COVID-19 dan tuzalganlar ulushi 93 foizni va davolanayotganlar soni 2380 kishini tashkil etmoqda. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting