Arxiv

IIV mitinglar to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha bayonot berdi
20 avgust 2020, 23:10

IIV mitinglar to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha bayonot berdi

O‘zbekiston IIV mitinglar to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqishdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarishdan iborat ekanini ma’lum qildi. Vazirlik qonun loyihasining ishlab chiqilishi Belarusdagi voqealarga aloqador emasligini ham qayd etib o‘tdi.

«Temir daftar» muqobillari — «yoshlar» va «ayollar» daftarlari shakllantiriladi
20 avgust 2020, 22:44

«Temir daftar» muqobillari — «yoshlar» va «ayollar» daftarlari shakllantiriladi

Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda «temir daftar"lar singari, ishsiz yoshlar bo‘yicha alohida («Yoshlar daftari»), ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar bo‘yicha alohida («Ayollar daftari») ro‘yxatlar shakllantirish topshirildi.

Ochiq sport maydonidagi ilk imtihonlar boshlandi
20 avgust 2020, 19:55

Ochiq sport maydonidagi ilk imtihonlar boshlandi

«Metallurg» sport majmuasining futbol maydonida Moskva po‘lat va qotishmalar instituti («MISiS») Olmaliq filialiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Belarusda Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilgani ortidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
20 avgust 2020, 19:27

Belarusda Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilgani ortidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Belarus bosh prokurori prezidentlikka nomzod Svetlana Tixanovskaya tarafdorlari tomonidan Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilgani sababli jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Bu kabi kengashlarning faoliyati davlat hokimiyatini egallashga qaratilgan, dedi u.

Prezident pandemiya sharoitida Mustaqillik bayramini nishonlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi
20 avgust 2020, 18:59

Prezident pandemiya sharoitida Mustaqillik bayramini nishonlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev pandemiya sharoitida Mustaqillik bayramini nishonlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, davlat rahbari aholi karantin qoidalariga amal qilmasa, karantin cheklovlari qaytadan tatbiq etilishini ta’kidladi.

Xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklarning yarmidan ko‘prog‘i norasmiy mehnat qilmoqda
20 avgust 2020, 18:40

Xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklarning yarmidan ko‘prog‘i norasmiy mehnat qilmoqda

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonliklar soni 2 mln nafardan ko‘proqni tashkil etib, ularning yarmidan ziyodrog‘i norasmiy ishlaydi.

Maktabgacha ta’lim tizimida 48,3 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan — Hisob palatasi
20 avgust 2020, 17:53

Maktabgacha ta’lim tizimida 48,3 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan — Hisob palatasi

Hisob palatasi 2,5 yil davomida maktabgacha ta’lim tizimida 48,3 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganini aniqladi. Ularning 7,2 mlrd so‘m quyi bo‘g‘inlarda mansabdorlar tomonidan talon-toroj qilingan. Bolalar uchun 2,2 mlrd so‘mga yaroqsiz «saryog‘», 10,1 mlrd so‘mga shubhali go‘sht sotib olingan.

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining sobiq direktori 230 mln so‘mni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda
20 avgust 2020, 17:52

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining sobiq direktori 230 mln so‘mni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda

Bosh prokuratura Toshkentdagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining sobiq rahbariga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. U shirkatga qarashli uylarni ta’mirlash uchun olingan kreditdan 229,3 mln so‘mni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda.

Qaysi viloyatlardan qancha kishining xorijda ishlayotgani ma’lum qilindi
20 avgust 2020, 15:59

Qaysi viloyatlardan qancha kishining xorijda ishlayotgani ma’lum qilindi

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 2 mln dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi xorijda ishlamoqda. Eng ko‘p mehnat migrantlari Rossiyada — 1,5 mln faoliyat yuritishadi. Viloyatlar hissasi bo‘yicha esa eng ko‘p mehnat migrantlari Samarqanddan — 268 ming va Farg‘onadan — 247 ming ekanligi ma’lum qilindi.

Munir Mamedzade YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bo‘ldi
20 avgust 2020, 14:47

Munir Mamedzade YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bo‘ldi

Munir Mamedzade YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari lavozimida ish faoliyatini boshladi. U inson huquqlari, bolalar huquqlari, yoshlar va rivojlanish sohalarida 20 yillik rahbarlik tajribasiga ega.

AQSH Demokratik partiyasidan vitse-prezidentlikka nomzod tasdiqlandi
20 avgust 2020, 14:29

AQSH Demokratik partiyasidan vitse-prezidentlikka nomzod tasdiqlandi

AQSH vitse-prezidentligiga Demokratik partiyasidan Kamala Xarris nomzod sifatida tasdiqlandi. Avvalroq Jo Bayden uni vitse-prezidentlikka nomzod sifatida tanlaganini e’lon qilgan edi. Kamala Xarris 2017 yildan Kaliforniya senatori bo‘lib kelmoqda.

Korrupsiya haqida xabar qilganlarga pul mukofoti beriladi
20 avgust 2020, 14:09

Korrupsiya haqida xabar qilganlarga pul mukofoti beriladi

Bosh prokuratura korrupsiya haqida xabar qilganlarga bir martalik pul mukofoti berilishini ko‘zda tutuvchi qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Unga ko‘ra, pul mukofoti miqdori pora, yetkazilgan zarar miqdori yoki o‘g‘irlangan mulk qiymatiga bog‘liq holda — bazaviy hisoblashning 3 baravaridan summaning 10−15 foizigacha beriladi.

O‘zbekistonda yil boshidan 92 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etilgan
20 avgust 2020, 12:47

O‘zbekistonda yil boshidan 92 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etilgan

Yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda 92 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etildi. Eng ko‘p o‘lim iyul oyida kuzatildi.

Aleksey Navalniy og‘ir ahvolda reanimatsiyaga yotqizilgan
20 avgust 2020, 12:23

Aleksey Navalniy og‘ir ahvolda reanimatsiyaga yotqizilgan

Rossiya korrupsiyaga qarshi kurashish jamg‘armasi asoschisi Aleksey Navalniy 20 avgust kuni og‘ir ahvolda reanimatsiyaga yotqizilgan. Xabar berilishicha, u xushsiz holatda va hozirda sun’iy nafas olish apparatiga ulangan. U Moskvaga uchayotganida samolyotda hushidan ketgan. Uning zaharlangan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

«Avtomobillar narxi asosli va hozir narxni pasaytirish imkonsiz» — UzAuto Motors
20 avgust 2020, 11:49

«Avtomobillar narxi asosli va hozir narxni pasaytirish imkonsiz» — UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniya avtomobil narxlarini asossiz oshirganligi bois, avtomobillar narxini pasaytirishi kerakligi to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi. Kompaniya ish bir taraflama ko‘rib chiqilganini, qaror uzil-kesil emasligini va keyingi xatti-harakatlar sud muhokamalari yakunlaridan kelib chiqib belgilanishini ta’kidladi. «Avtomobillar narxini hozir pasaytirish imkonsiz», — deyiladi bayonotda.

Xorazmda kadastr bo‘limi boshlig‘i tadbirkordan 20 ming dollar pora talab qildi
20 avgust 2020, 11:27

Xorazmda kadastr bo‘limi boshlig‘i tadbirkordan 20 ming dollar pora talab qildi

Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushlandi. U 15 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 20 ming AQSH dollari miqdorida pora talab qilganlikda ayblanmoqda.

Chiroqchida YTH natijasida 3 kishi vafot etdi va 1 kishi jarohatlandi
20 avgust 2020, 10:28

Chiroqchida YTH natijasida 3 kishi vafot etdi va 1 kishi jarohatlandi

Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida Neksiya avtomobili haydovchisi quvib o‘tish qoidalarini buzish oqibatida qarshisidan kelayotgan «NOWO» rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan. Natijada Neksiya haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi vafot etgan, ulardan biri 1 yashar bola. Moshinaning yana bir yo‘lovchisi tan jarohati olgan.

Kun davomida 594 ta koronavirus holati aniqlandi
20 avgust 2020, 01:24

Kun davomida 594 ta koronavirus holati aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 594 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 37,1 mingdan oshdi.

Bekobod tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi
19 avgust 2020, 19:06

Bekobod tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi

Toshkent viloyati Bekobod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari 5000 dollar pora olayotganida ushlandi.

Oltin-valyuta zahiralari $34,7 mlrd ga yetdi
19 avgust 2020, 18:47

Oltin-valyuta zahiralari $34,7 mlrd ga yetdi

Avgust oyiga qadar O‘zbekistonning yalpi oltin-valyuta zaxiralari hajmi yil boshidan beri 5,6 mlrd dollarga ko‘payib, 34,7 mlrd dollarga yetdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting