Arxiv

Shahram G‘iyosovning raqibida COVID-19 aniqlandi
14 avgust 2020, 12:23

Shahram G‘iyosovning raqibida COVID-19 aniqlandi

Shahram G‘iyosovning raqibi jangdan bir necha kun oldin almashtirildi. Fransisko Roxoda COVID-19 aniqlanganligi uchun uning o‘rniga nikaragualik Uinston Kampos ringga chiqadi.

15 avgustdan mahalliy avia va temir yo‘l qatnovlari tiklanadi (jadval)
14 avgust 2020, 10:59

15 avgustdan mahalliy avia va temir yo‘l qatnovlari tiklanadi (jadval)

15 avgustdan boshlab mahalliy aviaqatnovlar va temir yo‘l qatnovlari bosqichma-bosqich tiklanadi. Toshkentdan Nukus va Urganch shaharlariga haftasiga uch marotaba, Termizgacha haftasiga ikki marotaba aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» esa jami 3 ta yo‘nalish bo‘yicha 5 ta poyezd qatnovini amalga oshiradi.

Davlat byudjetidan 706 mlrd so‘m optimallashtiriladi
14 avgust 2020, 10:39

Davlat byudjetidan 706 mlrd so‘m optimallashtiriladi

Koronavirusga qarshi kurashish uchun zahira yaratish maqsadida 2020 yildagi davlat byudjetidan 706 mlrd so‘m mablag‘ni maqbullashtirish taklif etildi. Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, byudjet tashkilotlari xodimlariga rejalashtirilgan moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishi oktyabr-dekabr oylari uchun to‘xtatib turiladi.

Koronavirus holatlari 33,5 mingdan oshdi
14 avgust 2020, 10:05

Koronavirus holatlari 33,5 mingdan oshdi

COVID-19 bemorlari soni 238 nafarga ortib, jami 33 561 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahri, Samarqand, Namangan, Sirdaryo, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.

Kun davomida 669 ta koronavirus holati aniqlandi
14 avgust 2020, 00:55

Kun davomida 669 ta koronavirus holati aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 669 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 33,3 mingtaga yetdi. Sog‘ayganlar soni esa 27,2 mingdan oshdi.

O‘zbekiston shaharlarida kuchsiz zilzila sezildi
14 avgust 2020, 00:16

O‘zbekiston shaharlarida kuchsiz zilzila sezildi

Tojikiston hududida sodir bo‘lgan 4,9 ballik zilzila O‘zbekiston shaharlarida ham sezildi.

Toshkent chegaralarini o‘zgartirish rejasi qayta ko‘rib chiqiladi
13 avgust 2020, 20:15

Toshkent chegaralarini o‘zgartirish rejasi qayta ko‘rib chiqiladi

Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududini o‘zgartirish to‘g‘risidagi loyihani qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda. Uchtepa va Sergeli tumanlari hamda Ulug‘bek shaharchasi aholisi ushbu rejalardan norozi bo‘lgan edi.

BMT O‘zbekiston uchun yangi dasturni ishga tushiradi
13 avgust 2020, 19:51

BMT O‘zbekiston uchun yangi dasturni ishga tushiradi

BMT tizimidagi agentliklar koronavirusdan zarar ko‘rganlarga 1 mln dollarlik yangi dastur orqali yordam ko‘rsatadi. Dasturda muhojirlar va ularning oilalariga, norasmiy sektorda ishlaydigan ishchilarga, mojaroli zonalardan qaytib kelgan oilalarga, ayollar va qizlar, shuningdek, gender zo‘ravonlik qurbonlariga yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.

Koronavirus va gripp qanday farq qiladi?
13 avgust 2020, 16:38

Koronavirus va gripp qanday farq qiladi?

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi COVID-19 va oddiy gripp o‘rtasida qanday farqlar borligini tushuntirib berdi. Ushbu ikki kasallikning yashirin davrlari, yo‘tal ko‘rinishlari va boshqa alomatlari bilan farq qilishi ma’lum qilindi.

Prezident — to‘ylarda karantin qoidalariga rioya etilishi haqida
13 avgust 2020, 15:06

Prezident — to‘ylarda karantin qoidalariga rioya etilishi haqida

«O‘tgan safar, oilaviy tadbirlarni 30 kishi ishtirokida o‘tkazishga ruxsat berganimizda, ko‘p joylarda, ayniqsa Toshkentda 70, 100, 150 kishigacha to‘plandi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident to‘y va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda qoidalarga rioya qilish zarurligini ta’kidladi.

YeI va AQSH Belarus hukumatiga qarshi sanksiyalar qo‘llanishi mumkinligidan ogohlantirdi
13 avgust 2020, 14:22

YeI va AQSH Belarus hukumatiga qarshi sanksiyalar qo‘llanishi mumkinligidan ogohlantirdi

Yevropa Ittifoqi va AQSH Belarusda yuz berayotgan namoyishlar ishtirokchilariga zo‘ravonliklar qo‘llanilayotgani sababli mamlakat rahbarlariga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Belarus shaharlarida esa ayollar qo‘llarida gul tutgan holda tinch namoyishlarni davom ettirmoqda. Ular safiga tibbiyot xodimlari ham qo‘shildi.

Kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi
13 avgust 2020, 13:37

Kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi

Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish maqsadida respublika bo‘ylab ushbu fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi. Shuningdek, xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularni tayyorlagan professor-o‘qituvchilar rag‘batlantirilib, kimyo va biologiya fanlaridan bilimlarni baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.

Xizmat avtotransportlariga GPS-navigatorlarini o‘rnatish taklif etilmoqda
13 avgust 2020, 13:10

Xizmat avtotransportlariga GPS-navigatorlarini o‘rnatish taklif etilmoqda

Transport vazirligi rasmiy avtomashinalarga GPS-navigatorlar o‘rnatish va yillik cheklov o‘rnatish taklif etilmoqda.

Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiya ta’sis etildi
13 avgust 2020, 11:33

Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiya ta’sis etildi

Prezident qarori bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi. Shuningdek, markazdagi xorijiy tadqiqotchi va izlanuvchilar uchun Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiya ta’sis etildi.

Karantinda saqlash muddati 7 kunga qisqartilishi mumkin
13 avgust 2020, 11:16

Karantinda saqlash muddati 7 kunga qisqartilishi mumkin

Karantinda saqlash muddati vrachlar kuzatuvi ostida davolash-profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirgan holda 7 kun etib belgilanadi. «Qizil», «sariq» va «yashil» reyslar ro‘yxati yangilandi.

Chorvoqda cho‘milishga ruxsat berildi
13 avgust 2020, 10:32

Chorvoqda cho‘milishga ruxsat berildi

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 15 avgustdan Chorvoq suv omborida cho‘milish va ko‘ngilochar vositalar borasida barcha cheklovlar yechilib, ulardan foydalanishga ruxsat berilganini ma’lum qildi.

Koronavirus holatlari 32,8 mingdan oshdi
13 avgust 2020, 10:07

Koronavirus holatlari 32,8 mingdan oshdi

COVID-19 bemorlari soni 183 nafarga ortib, jami 32837 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahri, Samarqand, Namangan, Sirdaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.

17 avgustdan masjidlar faoliyatiga ruxsat berildi
13 avgust 2020, 01:56

17 avgustdan masjidlar faoliyatiga ruxsat berildi

O‘zbekistonda 17 avgustdan boshlab barcha diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar faoliyatiga ruxsat berildi. Bunda karantin qoidalariga qat’iy rioya etilishi shart. Juma namozini vaqtincha ado etmaslik belgilandi.

Covid-19 kunlik statistikasi: 671 ta yangi holat aniqlandi, 1569 bemor sog‘aydi
13 avgust 2020, 01:37

Covid-19 kunlik statistikasi: 671 ta yangi holat aniqlandi, 1569 bemor sog‘aydi

12 avgust kuni O‘zbekistonda 671 ta yangi koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 32,5 mingdan oshdi. Kun davomida 1569 nafar bemor sog‘aydi.

Bobomurod Abdullayev Bishkekda O‘zbekiston so‘roviga asosan qo‘lga olindi
12 avgust 2020, 23:55

Bobomurod Abdullayev Bishkekda O‘zbekiston so‘roviga asosan qo‘lga olindi

Jurnalist Bobomurod Abdullayev Bishkekda O‘zbekiston so‘roviga asosan qo‘lga olindi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi. Hozirda uning ekstraditsiyasi masalasi hal qilinmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting