Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov koronavirus infeksiyasiga chalinganini ma’lum qildi. Vazir hozirda uyda reabilitatsiya davrini o‘tayotganini va yaqin orada ishga qaytishini bildirdi. Shuningdek, vazir kasallikni qanday boshidan kechirayotganini va davolanishga doir o‘zini maslahatlari bilan bo‘lishdi.
O‘zbekistonda kambag‘al va ishsizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish tizimi joriy etiladi. Bu tizim viloyat, tuman (shahar) va mahallalar darajasidagi kasb-hunarga o‘qitish muassasalari hamda nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalarini o‘z ichiga oladi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 160 mingta oila moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatidan («temir daftar») chiqarildi. Ular o‘rniga yana shuncha yangi oila kiritildi va ularga ham bir martalik moddiy yordam to‘lanadi.
O‘zbekistonda Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan COVID-19 ga qarshi vaksinalardan foydalanish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Seshanba kuni Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya markazi tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida «Moskvich» yo‘ldan chiqib ketib, ariqqa quladi. Avtomobilning ikki yo‘lovchisi olamdan o‘tdi.
1 sentyabrdan boshlab O‘zbekistondan ruxsatnomasiz 100 mln so‘mgacha (9750$), deklaratsiyasiz esa 70 mln so‘mgacha (6800$) ekvivalentidagi naqd chet el valyutasini olib chiqish va mamlakatga olib kirish mumkin bo‘ladi.
Oliy Majlis palatalariga xo‘jalik boshqaruv organlari, jumladan, «O‘zbekneftgaz», Uzbekistan Airways, Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari va boshqalar rahbarlarining kompaniyalar faoliyatiga doir axborotlarini eshitish vakolati berildi.
Samarqand viloyatida 12 avgustdan ayrim sohalarda karantin qoidalari yumshatilmoqda. Jumladan, avtomobillarda stikersiz harakatlanish, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari va boshqalar faoliyatini tashkil etishga ijozat berilmoqda.
Namangan viloyatining Uychi hamda Norin tumanlari orasini bog‘lovchi «Norindaryo» ko‘prigi qurib bitkazilgunga qadar Mudofaa vazirligi harbiylari aholi uchun vaqtinchalik ko‘prik ko‘tardi. Ko‘prikni ta’mirlash ishlarini sentyabr oyida yakunlash rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda birinchi marta audiobuk shakliga ega normativ hujjat tayyorlandi. Adliya vazirining buyrug‘i hisoblangan ushbu hujjat notariuslar faoliyatiga tegishli bo‘lib, uni respublika hududlaridagi notariuslarga tarqatilishi ma’lum qilindi.
Belarusda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlari natijalari e’lon qilinganidan so‘ng mamlakatning yirik shaharlarida ikkinchi tun davomida norozilik namoyishlari davom etmoqda. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi va Litvaga jo‘nab ketdi. U videomurojaatida «hayotimizda eng muhimi — bolalar» deya ta’kidladi.
4 avgust kuni Rossiyaning Qozon shahridan charter reys orqali O‘zbekistonga olib kelingan va «Sayoxat» mehmonxonasiga karantinga olingan 31 yoshli denovlik erkak, mehmonxonaning 4-qavatidan o‘zini uloqtirib o‘z joniga qasd qildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Livan hukumati Bayrutda 4 avgust kuni ro‘y bergan kuchli portlash va uning ortidan yuzaga kelgan ommaviy norozilik namoyishlari tufayli iste’foga chiqdi. O‘zining xayrlashuv bayonotida bosh vazir «korrupsiya tizimi Livan davlatidan kuchliroq» kelganini ta’kidladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin COVID-19 ga qarshi ilk vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilganini, tez orada vaksina katta miqdorda ishlab chiqarila boshlanishini ma’lum qildi. Ko‘plab farmkompaniyalar Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligini ushbu vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishga shoshmaslikka chaqirayotgan edi.
Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Shisin Chen Osiyo mamlakatlariga pandemiya sababli yuzaga kelgan inqirozni yengishda yordam beradigan to‘rtta yo‘nalishni taklif qildi. Ular orasida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya sohalari ham bor.
Prezident sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjatda, jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan fuqarolarni qiynash, ularga nisbatan shafqatsiz va kamsituvchi muomalada bo‘lish, ushlangan shaxsning huquqlarini poymol qilishning oldini olishga alohida urg‘u qaratildi.
Dunyo bo‘ylab aniqlangan koronavirus holatlari 20 mlndan oshdi. Bunda, 12,35 mln nafar bemor COVID-19 infeksiyasidan sog‘aygan va 736 ming nafari esa hayotdan ko‘z yumgan. Hozirgacha AQSH, Braziliya va Hindistonda eng ko‘p koronavirus bilan zararlanish holatlari qayd etilgan.
COVID-19 bemorlari soni 241 nafarga ortib, jami 31545 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Samarqand, Sirdaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, ikki nafar COVID-19 bemori vafot etdi.
Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko telefon orqali muloqotda ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqilib, o‘zaro muloqotni jadallashtirishga kelishib olindi.
Zominda o‘zidan oldindagi mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lgan Lada-Largus haydovchisi Isuzu yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etdi. Natijada yengil avtomobilning ikki yo‘lovchisi olamdan o‘tdi, to‘rt kishi, jumladan, ikki bola jarohatlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting