Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘tkazgan tekshiruvda Uzauto Motors «Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablarini buzgani aniqlanib, kompaniyaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
Toshkentning Olmazor tumanida Isuzu avtobusi omadsiz manyovr va yuk mashinasi bilan to‘qnashuv natijasida ag‘darilib ketdi. Jabrlanganlar yo‘q.
O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari tomonidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisiga deputatlik so‘rovi yuborildi. So‘rovda UzAuto Motors tomonidan «Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablariga rioya qilinishini tekshirish, avtomobillarga asosli narxlar qo‘yilishini nazorat qilish talabi qo‘yilgan.
O‘zbekistonda shu vaqtda qadar 234 nafar homilador ayolda koronavirus aniqlangani, ulardan 120 nafarining sog‘aygani ma’lum qilindi. Hozirda 2,5 mingdan ortiq homilador ayol karantin nazoratiga olingan.
Yarim yil ichida elchixonalarning bevosita yordami bilan 513 mln dollarlik 492 ta yangi eksport shartnomasi imzolandi. Viloyat hokimliklari bilan 814 mln dollarlik 106 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda — Senat TIVning iqtisodiy diplomatiya sohasidagi faoliyati natijalari bilan tanishdi.
Davlat xizmatlari agentligining 57 nafar xodimi koronavirus infeksiyasiga chalingani, ulardan birining ushbu virusdan vafot etgani ma’lum qilindi. Agentlik fuqarolarni elektron xizmatlardan foydalanishga chaqirdi.
Koronavirus bemorlari soni 205 nafarga ortib, jami 22374 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 190 nafari Toshkent shahrida, 96 nafari Karantin markazida, 11 nafari Andijon viloyatida va qolgan 4 nafari Toshkent viloyatida aniqlandi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 70 yoshli sirdaryolik bemor (erkak kishi) o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 129 nafarga yetdi.
Hayit bayrami uchun qanday mazali pishiriqlar tayyorlash mumkin? Ko‘katli qarsildoq qatlama, gazda pishirilgan belyashilar, yumshoq shokoladli profitrollar va boshqa pishiriqlar — Zira.uz retseptlarida.
Chinoz tumani hududidan o‘tuvchi M-39 yo‘lida Lacetti va Cobalt yengil avtomobillari to‘qnashdi. Natijada bir kishi voqea joyida vafot etdi, bir kishi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.
Yunusobod tumanidagi “Oloy” bozori avtoturargohi hududida Immunitetni tekshirish bo‘yicha tibbiyot punktlari tashkil qilinmoqda. Bu yerda aholi COVID-19 ga test topshirish va uning natijalarini 24 soat mobaynida internet orqali olish imkoniyatiga ega bo‘lishi ta’kidlandi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 55 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishi, giperglikemik komadan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 128 nafarga yetdi.
Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, konsert faoliyatini litsenziyalash tugatilib, o‘rniga faoliyat haqidagi xabarnoma taqdim etish yo‘lga qo‘yiladi. O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Husniddin Ato konsert faoliyatini litsenziyalash amaliyoti mumtoz musiqa rivojlanishiga qanday to‘sqinlik qilayotgan hamda nima uchun ushbu sohada konsert dasturlari deyarli tashkil etilmasligi haqidagi fikrlarini «Gazeta.uz» bilan bo‘lishdi.
Moliya vaziri o‘rinbosari Yorqin Tursunov olamdan o‘tdi. U 55 yoshda edi.
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev mamlakatda iyul oyi oxirigacha amalda bo‘lgan karantin tadbirlarini yana ikki haftaga cho‘zish va undan keyin bosqichma-bosqich yumshatishni buyurdi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganini ma’lum qildi. Unda kasallik simptomsiz kechganini va u infeksiyani «oyoqda» o‘tkazganini ta’kidladi.
Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, eng ko‘p oylik ish haqini Navoiy va Toshkent viloyatlari ishchilari olishadi. Eng kam oylik ish haqi sog‘liqni saqlash sohasida bo‘lsa, eng yuqorisi bank va IT sohalarida bo‘ldi.
Koronavirus bemorlari soni 276 nafarga ortib, jami 22169 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘istonda, Toshkent, Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.
Surxondaryoda «solyarka» to‘la sisternada payvandlash ishlarining olib borilishi portlashga sabab bo‘ldi. Bir kishi vafot etdi, bir kishi jarohatlandi. Alangada yana bir yuk mashinasi yonib ketdi.
28 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinish va undan sog‘ayish bo‘yicha rekord qayd etildi. Umumiy ko‘rsatkich esa 21893 taga yetdi. 91 bemorning ahvoli o‘ta og‘ir.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting