Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumani ichki ishlar organlari xodimlarining majlisidan yozib olingan audioyozuv ichki ishlar mulozimiga tegishliligi tasdiqlandi. Unda, IIO xodimi fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma kam tuzilayotganini qayd etib, buni bartaraf etish uchun har bir profilaktika inspektori turli moddalar bo‘yicha 5 tadan ma’muriy bayonnoma tuzishi bo‘yicha topshiriq bergan.
5 avgustga qadar talabalar o‘qishlarini boshqa OTM yoki fakultetga ko‘chirish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin. Buni qanday amalga oshirish mumkinligi haqida qo‘llanmani taqdim etamiz.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, O‘zbekistonda karantin choralari 15 avgustga qadar uzaytirildi. Qurbon hayiti kuni va dam olish kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi, aholining «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga rioya qilishi tavsiya etildi.
Uzbekistan Airways 26 iyul kuni Toshkent — Istanbul — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha charter reysini amalga oshiradi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi pandemiya sharoitida Qurbon hayitini nishonlash bo‘yicha bayonot berdi. Unda, jumladan, Iydul adha namozini o‘qish mo‘min-musulmonlar zimmasidan soqit bo‘lishi ma’lum qilindi.
62 yoshida Chilonzor Sanitariya-epidemiologiya farovonligi markazining bakteriologik laboratoriyasi mudiri Marhabo Ahmedova vafot etdi, uning koronavirus yuqtirganligi aniqlangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi bu holat haqida xabar bermadi. Marhumaning opasi, 40 yilini tibbiyotga bag‘ishlagan Marhabo Ahmedova boshqa tibbiyot xodimlari singari tan olinishga loyiq, deb hisoblaydi.
Zira.uz sizga zefir, keyk-popslar, «Ptiche moloko», «Bashorat qiluvchi pechene» va yana boshqa noodatiy desertlar ro‘yxatini taqdim etadi.
O‘zbekistonda kun davomida 492 ta koronavirus holati rasman tasdiqlandi. Umumiy ko‘rsatkich 19360 taga yetdi. 40 nafar bemor o‘ta og‘ir ahvolda.
Prezident farmoni bilan 1 yanvardan viloyatlardagi sudlar negizida umumyurisdiksiya sudlari tashkil etiladi. Tuman va shahar ma’muriy sudlari tugatiladi, ma’muriy sudlarni ko‘rib chiqish vakolati esa jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga beriladi. Sud tizimiga dastlabki eshituv instituti va «bir sud — bir instansiya» tamoyilini joriy etiladi, shuningdek, prokurorlarning sud ishlarini ko‘rib chiqishdagi ishtiroki tartiblari qayta ko‘rib chiqiladi.
Mo‘ynoqda ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan «Mo‘ynoq kelajagi bunyodkorlari» MCHJ tashkil etilib, qisqa vaqtda ming nafarga yaqin yoshlar ish bilan ta’minlandi.
Sardobada 18 yoshli fuqaro hech qanday hujjatlarsiz Captiva avtomobilini haydash vaqtida boshqaruvni yo‘qotdi va mashina ag‘darilib ketdi. Haydovchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
Koronavirusga chalingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi Daulet Tolibayev olamdan o‘tdi.
Ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinayotgan elektr energiyasi orasida nomutanosiblik vujudga kelgani sababli respublika bo‘yicha 1,5−2 mln kVt•soat yoki kunlik 0,8−1 foiz miqdorida cheklovlar kiritilishi ma’lum qilindi. Tojikistondan elektr energiyasi importi to‘xtagan, Turkmaniston bilan esa yangi shartnoma imzolandi.
Jizzax viloyatida kun davomida ikkita halokatli YTH sodir bo‘ldi. Ulardan birida Lacetti 5 yoshli qizchani urib yubordi. Ikkinchisida esa 18 yoshli yigit yurib ketayotgan yuk mashinasi zinasidan o‘zini tashlab, asfaltga boshi bilan yiqilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti bayramini 31 iyul, juma kuni nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Hujjatda bayramning karantin talablariga rioya qilgan holda o‘tishi uchun zarur choralar ko‘rish topshirilgan.
Koronavirusdan davolanayotgan Surxondaryo hokimi To‘ra Bobolov Toshkentdagi shifoxonadan videoyozuv e’lon qildi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda uning o‘limi to‘g‘risidagi xabarlar tarqalgandi.
Jizzax viloyati xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lida Traller rusumli yuk avtomashinasining haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yuk avtomashinasi ag‘darildi. YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Yanvar-iyun oylari davomida 14−17 yoshli o‘smir qizlar orasida 84 ta tug‘ruqlar qayd etilgani ma’lum bo‘ldi.
Koronavirus bemorlari soni 193 nafarga ortib, jami 19179 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 106 nafari Toshkent shahrida, 52 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 35 nafari Andijon viloyatida aniqlandi.
Toshkentda 9 iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan 73 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting