Arxiv

Kun davomida 541 kishining koronavirus yuqtirgani rasman tasdiqlandi
18 iyul 2020, 01:06

Kun davomida 541 kishining koronavirus yuqtirgani rasman tasdiqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 541 kishining koronavirus infeksiyasiga chalingani rasman tasdig‘ini topib, jami holatlar 15,6 mingtadan oshdi. Ayni vaqtga qadar 9003 bemor sog‘aydi. Vafot etganlar soni, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 80 nafarga yaqinlashdi. 6525 kishi tibbiyot muassasalarida davolanmoqda.

Rejissyor Sarvar Karimov otasining koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi
18 iyul 2020, 00:11

Rejissyor Sarvar Karimov otasining koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi

«Rasmiy statistikaga ishonmang, o‘zingizni va yaqinlaringizni asrang». Kinorejissyor Sarvar Karimov koronavirusga chalingan otasining vafot etganini ma’lum qildi. Uni bir hafta davomida «tez yordam»ga joylashtira olishmagan. Hozirda butun oilasi uyda COVID-19 dan davolanmoqda.

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining daromad va xarajatlari ma’lum qilindi
17 iyul 2020, 23:53

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining daromad va xarajatlari ma’lum qilindi

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobiga 7,44 trln so‘m kelib tushdi, jamg‘arma xarajatlari esa 6,4 trln so‘mga teng bo‘ldi. Eng ko‘p mablag‘ — 2,2 trln so‘m ijtimoiy sohaga yo‘naltirildi.

20 iyul-2 avgust oralig‘ida amalga oshiriladigan charter reyslari jadvali e’lon qilindi
17 iyul 2020, 20:03 1

20 iyul-2 avgust oralig‘ida amalga oshiriladigan charter reyslari jadvali e’lon qilindi

Keyingi ikki hafta davomida Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Belarus, BAA, AQSH, Isroil va Germaniyadan O‘zbekiston fuqarolarini qaytarish uchun 18 ta charter reysi tashkil etiladi.

«Aniq ma’lumot, tahliliy materiallar yo‘qligi tufayli qarorlarimiz natijani bermayapti» — prezident
17 iyul 2020, 19:35

«Aniq ma’lumot, tahliliy materiallar yo‘qligi tufayli qarorlarimiz natijani bermayapti» — prezident

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha qabul qilingan qarorlar aniq ma’lumot va tahliliy materiallar yo‘qligi tufayli kutilgan natijalarni berayotgani yo‘q, deya ma’lum qildi prezident. «Hokimlar, sektor rahbarlarining, barcha mutasaddi va mas’ullarning miyasi soat mexanizmiday kunu tun, aniq va bexato ishlashi lozim», — deya qo‘shimcha qildi u.

Nurafshonda yo‘l chetidagi ko‘p yillik chinorlar kesib tashlandi
17 iyul 2020, 19:01

Nurafshonda yo‘l chetidagi ko‘p yillik chinorlar kesib tashlandi

Toshkent viloyatida 37 tup daraxt, jumladan, 26 tup ko‘p yillik chinorlar noqonuniy ravishda kesib tashlandi. Yetkazilgan zarar miqdori 1,1 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Xorazmda injiniring kompaniyasi xodimlarining 2,7 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
17 iyul 2020, 18:09

Xorazmda injiniring kompaniyasi xodimlarining 2,7 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi

Xorazm viloyatida “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslari qurilish ob’ektlarini soxta pudratchilarga tendersiz berish orqali 2,7 mlrd so‘mlik byudjet pullarini o‘zlashtirgani aniqlandi.

«Moskvaning 60% aholisida koronavirusga qarshi jamoaviy immunitet shakllangan» — Sobyanin
17 iyul 2020, 18:01

«Moskvaning 60% aholisida koronavirusga qarshi jamoaviy immunitet shakllangan» — Sobyanin

Moskva meri Sergey Sobyanin Rossiya poytaxtida koronavirus holatlari sezilarli darajada pasayganiga asosiy sabab shahar aholisining 60 foizida koronavirus infeksiyasiga qarshi «jamoaviy immunitet shakllangani», deya ta’kidladi.

Toshkentda koronavirusga chalingan 62 yoshli ayol vafot etdi
17 iyul 2020, 17:59

Toshkentda koronavirusga chalingan 62 yoshli ayol vafot etdi

Toshkentda 8 iyul kuni koronavirus tasdiqlangan 62 yoshli ayol o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu — O‘zbekistonda koronavirsga chalingan bemorlar orasidagi 77-o‘lim holatidir.

«O‘zbekiston sud tizimini hozircha mustaqil deya olmaymiz» — BMT maxsus ma’ruzachisi
17 iyul 2020, 17:20

«O‘zbekiston sud tizimini hozircha mustaqil deya olmaymiz» — BMT maxsus ma’ruzachisi

O‘zbekistonda sud tizimi doirasida prezident va prokuratura vakolatlarini qisqartirish, bosh prokurorni tayinlashning ob’ektiv mezonlarini ishlab chiqish va advokatlar faoliyatining minimal xavfsizligini ta’minlash. BMTning maxsus ma’ruzachisi tomonidan berilgan mustaqil va xolis sud tizimini yaratish bo‘yicha tavsiyalarni ko‘rib chiqamiz.

Shakar zavodlari ishlab chiqarishni nega to‘xtatdi
17 iyul 2020, 17:18

Shakar zavodlari ishlab chiqarishni nega to‘xtatdi

O‘zbekistonning ikkita eng yirik shakar zavodi «Angren shakar» va «Xorazm shakar» xom ashyo yetishmovchiligi sababli ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘ydi. Korxonalarning omborlarida kuniga ming tonnadan realizatsiya qilinadigan 47 ming tonnadan ortiq shakar zaxirasi mavjud, shuning uchun tanqislik kuzatilmaydi. «Gazeta.uz» ning aniqlashicha, mahalliy ishlab chiqaruvchilar import qiluvchilar bilan raqobat sababli qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.

Sobiq mudofaa xodimi va uning rafiqasiga sud hukmi o‘qildi
17 iyul 2020, 16:23

Sobiq mudofaa xodimi va uning rafiqasiga sud hukmi o‘qildi

O‘zbekiston Harbiy sudi sobiq mudofaa xodimi A. Yarbabayev va uning rafiqasi Ye. Yarbabayevani davlatga xoinlik qilganlikda aybdor deb topdi. A. Yarbabayevga 11 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Uning turmush o‘rtog‘i esa 3 yilga sinov muddati belgilangan holda shartli ravishda jazodan ozod etildi.

Chust tumani hokimi o‘zgardi
17 iyul 2020, 15:42

Chust tumani hokimi o‘zgardi

Namangan viloyati Chust tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Bahodir Oxunov o‘z lavozimidan ozod etildi va uning o‘rniga Bekzod Hamdamov hokim etib tayinlandi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i vafot etdi
17 iyul 2020, 14:58

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i vafot etdi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Sanjar Abduqodirov 40 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Dam olish kunlari harorat ko‘tariladi
17 iyul 2020, 14:33

Dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga issiq va quruq havo oqimi kira boshlaydi. Kunduzi harorat +42 darajagacha ko‘tarilib, yoz o‘rtasidagi me’yoriy ob-havodan 4−6 daraja yuqori bo‘ladi.

Umumiy ovqatlanish sohasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasi tayyorlandi
17 iyul 2020, 13:31

Umumiy ovqatlanish sohasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasi tayyorlandi

SSP umumiy ovqatlanish sohasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasi tayyorlanganini xabar qildi. Soliq imtiyozlarini uzaytirish, kafe va restoranlarga yozgi teraslarini joylashtirish tartibini joriy etish hamda muassasalarga kunu tun ishlashga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

Toshkent uchun SO‘V apparatlari va Damas avtomobillari xarid qilindi
17 iyul 2020, 13:18

Toshkent uchun SO‘V apparatlari va Damas avtomobillari xarid qilindi

Toshkent shahar hokimligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi 40 ta SO‘V va 200 ta SIPAP apparatlarini xarid qilishdi. Tez tibbiy yordam va SEOMlar uchun 50 dona Damas rusumli avtomobillar sotib olingan.

Prezident maslahatchisining o‘rinbosari tayinlandi
17 iyul 2020, 12:50

Prezident maslahatchisining o‘rinbosari tayinlandi

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori lavozimida ishlab kelayotgan tibbiyot doktori, professor Amrillo Inoyatov prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Farg‘ona tumaniga yangi hokim tayinlandi
17 iyul 2020, 12:44

Farg‘ona tumaniga yangi hokim tayinlandi

Shuhratjon Mo‘minov Farg‘ona tumani hokimi etib tayinlandi. U hozirgi paytga qadar Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Hindistonda koronavirus bemorlari soni 1 milliondan oshdi
17 iyul 2020, 12:41

Hindistonda koronavirus bemorlari soni 1 milliondan oshdi

Hindiston koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 1 milliondan oshgan uchinchi davlatga aylanib, AQSH (3,5 mln dan ortiq) va Braziliya (2 mln dan ortiq) mamlakatlaridan keyingi o‘rinda ketmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting