Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri bosh rassomi, xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zubaydulla Botirov 57 yoshda hayotdan ko‘z yumdi. U 10 yildan ortiq Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan bayram tantanalarida sahnalashtiruvchi rassom sifatida ishlagan.
O‘zbekiston hududida kuchsiz zilzila qayd etildi. Yer osti silkinishlari o‘chog‘i Qirg‘izistonda joylashgan bo‘lib, zilzila Farg‘onada 4 ball bilan sezildi.
«Paxtakor», «Buxoro» hamda «Surxon» futbol klublarining o‘ndan ziyod o‘yinchilarida koronavirus infeksiyasi aniqlangani sababli Superliga uchrashuvlari 28 iyulga qadar to‘xtatiladi.
Koronavirus bemorlari soni 276 nafarga ortib, jami 17590 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Qoroqalpog‘istonda, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Jizzax va Navoiy viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 31 iyul kuni Islom olamidagi eng ulug‘ bayram Iydul-Azho — Qurbon hayitining birinchi kuni bo‘lishini e’lon qildi.
Shavkat Mirziyoyev uyda davolanayotgan alomatlarsiz bemorlar bilan poliklinikalar shifokorlari doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishi bo‘yicha topshiriq berdi. «Chiqish man etiladi. Olib kelib beramiz hamma narsani. Agar u ko‘chaga chiqsa zararlanish ehtimoli 200 foiz boshqa odamlarning», — dedi prezident.
O‘zbekistonda 20 iyul kuni 562 ta koronavirus holati tasdiqlanib, umumiy ko‘rsatkich 17314 taga yetdi. Sog‘ayganlar, karantindagilar va vafot etganlar statistikasi, hududlardagi vaziyat.
So‘nggi ikki yilda davlat dasturlari doirasida 3 mingdan ziyod qurilishdan atigi 182 tasida tender o‘tkazilgan. Chunki tender jarayonlari murakkab va unda narx arzonligi birlamchi. Qurilish tashkilotining malakasi, sifat masalasi past o‘rinlarda qolib ketgan. Prezident 1 noyabrgacha qurilish korxonalarining moliyaviy ko‘rsatkichlari, to‘lov qobiliyati, davlat xaridlari, ishchi-xodimlar malakasi kabi ma’lumotlarni qamrab oluvchi yagona platformani ishga tushirish vazifasini qo‘ydi.
Prezident farmoni bilan soliq imtiyozlari va preferensiyalari muddatlari uzaytirildi, umumiy ovqatlanish sohasi va ijara beruvchilar aylanmadan olinadigan soliqdan ozod qilindi, ularga boshqa yengilliklar ham berildi.
«Nasaf» futbol klubi o‘z logotipini o‘zgartirdi — qanotlari bilan to‘pni quchayotgan humo qushining o‘rniga olov purkayotgan ajdaho qaytarildi. Shuningdek, jamoa yangi mavsum uchun sport formasini taqdim etdi.
COVID-19 pandemiyasi sababli bu yil sayyoraning eng yaxshi futbol o‘yinchisi aniqlanmaydi. «Oltin to‘p» mukofot ta’sis etilganidan beri birinchi marta topshirilmaydi.
Avtomashina g‘ildiraklari ostida qolib, halok bo‘layotgan bolalar haqidagi xabarlar kam emas. Ko‘plar bu kabi yo‘l transaport hodisalarida faqat haydovchilar va farzandlariga «ko‘z-quloq» bo‘lmagan ota-onalarni ayblashadi. Ammo yo‘llardagi o‘limning yuqori darajasi — bu noto‘g‘ri qurilgan muhit natijasidir. Turar joylardagi hovlilar qanday bo‘lishi kerak va halokatli yo‘l transport hodisalarini qanday kamaytirish mumkin?
Kuchaytirilgan tartib davrida tez tibbiy yordam xodimlari maoshlariga oylik qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilanadi. Unga ko‘ra, vrach xodimlar — 2,5 mln so‘m, o‘rta tibbiyot xodimlari — 1,5 mln so‘m va haydovchilar — 1 mln so‘m oladigan bo‘ldi.
Aholining tibbiy yordamga o‘sgan ehtiyojini qondirish maqsadida UzAuto 27 ta ISUZU D-Max va 250 dona Chevrolet Damas avtomobillari bazasida maxsus jihozlangan tez tibbiy yordam avtomobillari taqdim etdi. Shuningdek, Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinasi keyingi haftadan yetkazib beriladi.
Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasi gubernatori Sergey Furgal 2000 yillar boshida uyushtirilgan suiqasdda gumon qilinib, qo‘lga olindi. 10 mingdan ortiq Xabarovsk aholisi bunga qarshilik bildirish uchun ommaviy namoyishlarga chiqishdi. Sergey Furgalning nima uchun qo‘lga olinganligi bo‘yicha siyosatshunos va ekspertlar fikri.
Koronavirus bemorlari soni 183 nafarga ortib, jami 17149 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 29 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 154 nafari Toshkent shahrida aniqlandi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev uni va hukumatning boshqa a’zolarini sudga bergan Sulton Tex Group korxonasi atrofidagi vaziyatga izoh berdi. Vazir fermerlar manfaati yirik korxonalar manfaati kabi muhim ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, ishlab chiqarishning klaster shaklida barcha ishtirokchilarning huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjatlar haligacha mavjud emasligini tan oldi.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan 51 yoshli va 42 yoshli toshkentlik bemorlar o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdilar. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 90 nafarga yetdi.
Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifi davomida atom sohasida hamkorlik, OTP banki va Debrecen universiteti filiallarini ochish, «O‘zbekiston-Vengriya-YeI» formatidagi hamkorlik va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Toshkentdagi tez tibbiy yordam xizmatiga murojaatlar soni uch baravar ko‘payib, kuniga 6 mingtaga yetdi. Tez yordam mashinalari soni esa 178 dan 300 gacha oshirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting