Arxiv

Toshkentda tez yordamga murojaat qilayotganlar soni uch barobarga oshdi
20 iyul 2020, 15:36

Toshkentda tez yordamga murojaat qilayotganlar soni uch barobarga oshdi

Toshkentdagi tez tibbiy yordam xizmatiga murojaatlar soni uch baravar ko‘payib, kuniga 6 mingtaga yetdi. Tez yordam mashinalari soni esa 178 dan 300 gacha oshirildi.

Samarqanddagi YTHda ikki kishi vafot etdi
20 iyul 2020, 14:59

Samarqanddagi YTHda ikki kishi vafot etdi

Samarqandda DAF yuk mashinasi va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi hodisa joyida vafot etdi.

Ish kunlari davomida issiq va quruq ob-havo kutiladi
20 iyul 2020, 14:40

Ish kunlari davomida issiq va quruq ob-havo kutiladi

Ish kunlari davomida O‘zbekistonda ob-havo issiq va quruq bo‘ladi. Harorat kunduzi 35−40 daraja, kechasi 20−25 daraja bo‘ladi. Respublikaning janubiy va cho‘l zonalarida havo harorati 42 darajaga yetadi.

20 mln bepul VPN foydalanuvchilarining ma’lumotlari internetda ochiqlandi
20 iyul 2020, 14:24

20 mln bepul VPN foydalanuvchilarining ma’lumotlari internetda ochiqlandi

Internetda 20 mln bepul VPN xizmatlari foydalanuvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiqlandi. Himoyalanmagan serverda foydalanuvchilarning elektron pochta manzillari, shifrlangmagan parollari, IP va uy manzillari, smartfon modellari va aloqa vositalarining identifikatorlari mavjud.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
20 iyul 2020, 14:23

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 15 so‘mga qimmatlab, jami 10 210 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi deyarli 148 so‘mga ko‘tarildi, rubl kursi esa deyarli 2 so‘mga (142 so‘m) arzonlashdi. AQSH milliy valyutasini qimmatlashishi beshinchi hafta kuzatilmoqda.

Isroil O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi
20 iyul 2020, 13:22

Isroil O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Zexavit Ben-Gilel Isroilning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. U 2017 yildan beri Isroilning mamlakatdagi diplomatik vakolatxonasini boshqargan Eduard Shapiraning o‘rnini egallaydi.

O‘zbekistonda iyun oyida eng ko‘p «Cobalt» avtomobili ishlab chiqarildi
20 iyul 2020, 12:36

O‘zbekistonda iyun oyida eng ko‘p «Cobalt» avtomobili ishlab chiqarildi

O‘zbekistonda so‘nggi 6 oyda deyarli 38 ming ta «Cobalt» avtomobili ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 154,2 foizga o‘sgan. Iyun oyining o‘zida 7557 ta «Cobalt» ishlab chiqarilgan.

Shavkat Mirziyoyev mamlakatga kislorod konsentratorlarini yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi
20 iyul 2020, 12:03

Shavkat Mirziyoyev mamlakatga kislorod konsentratorlarini yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident kislorod konsentratorlari va pulsoksimetrlarni O‘zbekistonga tezkor yetkazish bo‘yicha choralar ko‘rishni topshiriq berdi. Buning uchun, agar kerak bo‘lsa, maxsus samolyot ajratilishi, tadbirkorlar tomonidan kislorod konsentratorlarini O‘zbekistonga olib kirish tartib-taomillarini yengillashtirish choralari ko‘rilishi lozimligi qayd etildi.

COVID-19 bemorlari bilan ishlayotgan shifokorlar ish haqini joyida oladi
20 iyul 2020, 11:39

COVID-19 bemorlari bilan ishlayotgan shifokorlar ish haqini joyida oladi

Shavkat Mirziyoyev pandemiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan bir qator topshiriqlar berdi. Xususan, koronavirus bemorlari bilan ishlayotgan shifokorlar ish xaqini joyida olish tizimi joriy etiladi, shifoxonalarni qo‘shimcha O‘SV apparatlari va boshqa uskunalar, dori-darmon bilan ta’minlash, yangi davolash o‘rinlarini ko‘paytirish, PSR-tahlil natijalarini tezlashtirish choralari belgilandi.

Koronavirus holatlari 16,9 mingdan oshdi
20 iyul 2020, 10:05

Koronavirus holatlari 16,9 mingdan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 214 nafarga ortib, jami 16966 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Karantin markazida, Toshkent shahrida, Qoroqalpog‘istonda, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Jizzax va Navoyi viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.

Kun davomida 566 ta koronavirus holati aniqlandi
20 iyul 2020, 00:43

Kun davomida 566 ta koronavirus holati aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida aniqlangan koronavirus holatlari soni 566 tani, umumiy 16762 tani tashkil etdi. 4 kishining COVİD-19 asoratlaridan vafot etgani tasdiqlandi.

Immunolog immunitetning koronavirusga qarshi kurashishi to‘g‘risida
19 iyul 2020, 14:53

Immunolog immunitetning koronavirusga qarshi kurashishi to‘g‘risida

Organizm koronavirusdan qanday himoyalanadi, ushbu jarayonga aralashish kerakmi, immunitetni kuchaytiradigan vositalar foydalimi va karantin cheklovlari muhimmi? Anhor.uz nashrining immunolog-infeksionist Aziza Xo‘jayeva bilan intervyusini taqdim etamiz.

O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo (Yusupov) vafot etdi
19 iyul 2020, 12:56

O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo (Yusupov) vafot etdi

O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo (Yusupov) 99 yoshda hayotdan ko‘z yumdi.

Kun davomida 579 ta koronavirus holati aniqlandi
19 iyul 2020, 06:16

Kun davomida 579 ta koronavirus holati aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida aniqlangan koronavirus holatlari soni 579 tani, umumiy 16,1 mingtani tashkil etmoqda. Sog‘ayganlar 9127, vafot etganlar 83 nafarga (SSV ma’lumoti bo‘yicha) yetdi.

Musa Yerniyazov va To‘ra Bobolovning koronavirusga chalingani ma’lum qilindi
18 iyul 2020, 19:59

Musa Yerniyazov va To‘ra Bobolovning koronavirusga chalingani ma’lum qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov koronavirusga chalindi. Ularning ahvoli yevropalik mutaxassislar ishtirokida tahlil qilinib, holati stabil deb topilgan.

Koronavirus holatlari soni 16 mingdan oshdi
18 iyul 2020, 17:28

Koronavirus holatlari soni 16 mingdan oshdi

O‘zbekistonda 172 kishida koronavirus aniqlanib, rasmiy tasdiqlangan COVID-19 holatlari 16068 taga yetdi. Eng ko‘p holat poytaxt (87) va Toshkent viloyatidan (22) qayd etildi.

Farmatsevtika mahsulotlarini O‘zbekistondan olib chiqish vaqtincha to‘xtatildi
18 iyul 2020, 17:15

Farmatsevtika mahsulotlarini O‘zbekistondan olib chiqish vaqtincha to‘xtatildi

Farmatsevtika mahsulotlarini O‘zbekistondan eksport qilish va jismoniy shaxslar tomonidan olib chiqish vaqtincha to‘xtatildi.

Koronavirusga test oladigan nodavlat tibbiy muassasalar — ro‘yxat
18 iyul 2020, 15:07

Koronavirusga test oladigan nodavlat tibbiy muassasalar — ro‘yxat

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga test topshirish mumkin bo‘lgan nodavlat tibbiyot tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi. Ularning 5 tasi Toshkent shahrida, Samarqand, Navoiy, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida esa 1 tadan tashkilotlar COVID-19 ga test oladi.

Vafot etgan Madaniyat vazirligi xodimida koronavirus aniqlangan
18 iyul 2020, 14:44

Vafot etgan Madaniyat vazirligi xodimida koronavirus aniqlangan

Madaniyat vazirligi oldinroq ikki tomonlama pnevmoniya va COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 32 yoshli xodimi vafot etganligi haqida xabar berdi.

Uyda tayyorlaymiz: karamdan tayyorlangan salatlar
18 iyul 2020, 10:30

Uyda tayyorlaymiz: karamdan tayyorlangan salatlar

Zira.uz karamdan tayyorlanadigan yetti xil foydali va mazali salat turini sizga taqdim etadi. Ularga ko‘katlar, makkajo‘xori, suxarik va turli xil ziravorlar qo‘shishingiz mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting