Toshkentning Sergeli tumani hududida tashkil etilayotgan Yangihayot tumani tarkibiga 13 ta mahalla to‘liq, 6 ta mahalla qisman o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda. Sergeli hokimining bu haqdagi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 43 taga ko‘payib, jami 6401 taga yetdi.
Coca-Sola Uzbekistan kompaniyasi ommaviy savdo asosida xususiylashtirilishi rejalashtirilmoqda. Hozirda kompaniyaning 57,1 foiz ulushi davlatga tegishli.
Sog‘liqni saqlash vazirligi 21 iyun kimlar koronavirus yuqtirib olganiga qisman aniqlik kiritdi. Infeksiya aniqlanganlar orasida “O‘zbekiston havo yo‘llari” uchuvchisi, “Ipotekabank” xodimi, issiqxona ishchilari va boshqalar bor.
Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida 50 ming uchun boshlangan janjal bir kishining o‘limi bilan yakun topdi. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olindi.
O‘zbekiston hududida hafta davomida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. Dam olish kunlari esa sovuq antitsiklonning kirishi tufayli havo harorati 8−10 darajaga pasayib, 27−30 darajagacha tushadi.
Bir qator viloyatlarda hokimlarga turizm va sportni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosar va maslahatchi lavozimlari joriy etildi.
“O‘rtasaroy” karantin markazida osilgan holda topilgan fuqaro o‘zini tajovuzkor tutgani, virus yuqtirib olganini aytib, alohida xonaga olishlarini talab qilgani ma’lum bo‘ldi. Undan olingan test namunalari koronavirus mavjud emasligini ko‘rsatdi.
Qozog‘istonning Olmaota viloyati hokimi Omondiq Batalov va Bishkek hokimi Aziz Surakmatovning koronavirus uchun topshirgan testlari natijalari ijobiy chiqdi.
Respublika maxsus komissiyasi shahar va tumanlar bo‘yicha karantin darajalarini qayta ko‘rib chiqdi. Toshkent “sariq” hududda qoldi.
Dollarning rasmiy kursi qariyb 20,86 so‘mga qimmatladi va 10172 so‘m etib belgilandi.
Maktablarda tanlov fanlar yo‘nalishlari soni 5 tadan 12 taga oshiriladi. Endilikda, o‘quvchilar iqtisod, veb-frilanser, turizm va boshqa yo‘nalishlarni tanlash imkoniga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, tanlov fanlari 7-, 8- va 9-sinflarda ham joriy etilishi kutilmoqda.
Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimi tumanda bir kishi koronavirus infeksiyasidan vafot etganini va marhum bilan muloqotda bo‘lgan 187 nafar fuqaro karantinga olinganini, ulardan 6 nafarida COVID-19 aniqlanganini ma’lum qildi. Biroq, bir ozdan so‘ng xabar o‘chirilgan. Sog‘liqni saqlash vazirining matbuot xizmati bu holatni tasdiqlamadi.
Koronavirus bemorlari soni 43 nafarga ortib, jami 6358 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining barchasi Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan.
Asli Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan fuqaro Yuqorichirchiq tumanida joylashgan karantin kompleksida ichida o‘zini osib qo‘ygan holda topilgan. Prokuratura dastlabki tergov ishlarini olib bormoqda.
Koronavirus holatlari 56 taga ko‘payib, jami 6272 nafarga yetdi. Kun davomida mamlakatda 119 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.
Koronavirus bemorlari soni 63 taga ortib, jami 6216 nafarni tashkil etmoqda. Aniqlangan aksariyat holatlar Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlandi.
O‘zbekistonda kun davomida 207 ta koronavirus holati qayd etilib, jami holatlar 6153 taga yetdi.
Koronavirus holatlari 94 taga ko‘payib, jami 6119 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 69 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, qolgan 25 nafari aholi orasida va bemor bilan muloqotda bo‘lganlarda aniqlandi. Kun davomida mamlakatda 173 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.
Prezident farmoniga binoan 2021 yil 1 yanvardan boshlab yosh oilalarning ipoteka kreditlarini to‘lashga yo‘naltirilgan mablag‘lari daromad solig‘idan ozod qilinmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting