Samarqandda baxmal ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. 200 kv m maydonda saqlanayotgan ikkilamchi xom ashyo va dastgohlar yongan, 800 kv m maydondagi tayyor mahsulotlar va uskunalar esa saqlab qolingan.
Koronavirus pandemiyasi oqibatida chegaralarning yopilishi va aviaqatnovlarning to‘xtatilishi sababli o‘z yurtiga qaytolmay, O‘zbekistonda qolgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari o‘z hikoyalarini «Gazeta.uz» bilan bo‘lishishdi. Qahramonlarimiz turli xil hissiyotlarni boshdan kechirishgan: kimdir o‘z taqdirini uchratgan bo‘lsa, kimdir farzandining tug‘ilishini o‘tkazib yuborgan.
«O‘zagrosug‘urta» kompaniyasi Buxoroda bo‘lib o‘tgan kuchli shamoldan ziyon ko‘rganlar uchun qariyb 5,5 mlrd so‘m sug‘urta tovonlarini to‘lab berdi.
“Sardoba” suv ombori talofatidan zarar ko‘rgan hududlarda ta’mirlash ishlari uchun 200 mlrd so‘m ajratildi. Qurilish vazirligi ushbu mablag‘ qanday ishlatilishi borasida hisobot berdi.
Koronavirus holatlari 77 taga ko‘payib, jami 5638 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 73 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari Buxoro viloyatida qayd etilgan. Kun davomida mamlakatda 145 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.
Markaziy bank 1 iyul kunidan boshlab 200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullar qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotishini ma’lum qildi.
16 iyun kuni 20 nafar aholi orasida, jumladan, tikuvchi, sotuvchi, haydovchi, farrosh va homiladorda koronavirus qayd etilgan — Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida 12 mamlakat harbiylari, jumladan, O‘zbekiston vakillarining ham qatnashadi. Ayni paytda xorijlik harbiylar Moskvaga yetib borgan.
Prezident maktablariga o‘quvchilar qabuli kelgusi o‘quv yilida o‘tkaziladi. Bunga karantin davrida saralash imtihonlarini o‘tkazish va Cambridge Assessment tashkiloti vakillarining O‘zbekistonga belgilangan sanalarda kela olmasliklari sabab qilib ko‘rsatildi.
Deksametazon og‘ir ahvoldagi koronavirus bemorlari orasida o‘lim holatlarini kamaytira olgan ilk dori vositasi deb topildi.
Davlat ulushi bor korxonalarni sotishdan oldin bozorga tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi UzAssets investitsiya kompaniyasi tashkil etiladi. Kompaniya, shuningdek, korxonalar faoliyatini kompleks tahlil qilish (due diligence), «benchmarking» usulida taqqoslash orqali rivojlanish prognoz ko‘rsatkichlarini belgilash bilan ham shug‘ullanadi.
Abituriyentlar OTMlarga hujjatlarni onlayn topshirishi bo‘yicha “Gazeta.uz” qo‘llanmasi.
Surxondaryoda karantin vaqtida to‘y o‘tkazish qoidalari buzilishi oqibatida 250 dan ortiq kishi karantinga olindi. Termiz ham kirib-chiqish uchun yopildi.
AQSH hukumati O‘zbekiston moliyaviy shaffofligini ta’minlashda sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirilganiga qaramay, haligacha bu soha minimal talablarga javob bermaydi deya baholadi.
1 avgustdan ikki yil muddatga uni uzaytirish imkoniyati bilan O‘zbekistonning barcha hududiy aeroportlarida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi.
AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatda bo‘lib o‘tgan ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng politsiya xizmatini isloh qilish to‘g‘risidagi ijroiy qarorni imzoladi. Qaror bilan, xususan, hibsga olish paytida mahbusni bo‘g‘ish taqiqlanadi.
Jamoat birlashmasi shaklidagi «O‘qituvchilar assotsiatsiyasi» nodavlat-notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Assotsiatsiya Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilib, uning asosiy maqsadi xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Koronavirus bemorlari soni 68 nafarga ortib, jami 5561 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 62 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida va 6 nafari Surxondaryo viloyatida aniqlandi.
Hukumat qarori bilan Odil Abduraxmanov yangi tashkil etilgan Toshkent davlat transport universitetining rektori etib tayinlandi.
Victory Investing kompaniyasining vakillari «UZINVEST.UZ» investitsion maydoni va sarmoya kiritishda uning afzalliklari haqida so‘zlab berishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting