Arxiv

Uzbekistan GTL zavodida ilk sintetik dizel ishlab chiqarildi
29 iyun 2022, 22:15

Uzbekistan GTL zavodida ilk sintetik dizel ishlab chiqarildi

Uzbekistan GTL zavodida O‘zbekiston neft va gaz-kimyosi sanoatining tarixida birinchi sintetik GTL dizel mahsuloti ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Avvalroq mazkur zavodda ilk sintetik neft mahsuloti olingan edi.

29 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim habarlar dayjesti
29 iyun 2022, 22:10

29 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim habarlar dayjesti

O‘zbekiston kompaniyasining AQSh sanksiyalariga tushishi, elektr ta’minotidagi uzilishlar, xalqning o‘zi ham muxolifat bo‘lishi mumkinligini aytgan Tanzila Narbayeva, qayta tiklangan kovid-poliklinikalar, o‘zini osib qo‘ygan erkak va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 29 iyundagi xabarlari dayjestida.

«Savdogar» bank nomi o‘zgarmoqda
29 iyun 2022, 20:18

«Savdogar» bank nomi o‘zgarmoqda

«Savdogar» bank aksiyadorlari uning nomini «Garant bank» etib o‘zgartirishni ma’qulladi. Bu bank egasi o‘zgarganidan bir necha oy o‘tgach sodir bo‘ldi.

Toshkentda elektr ta’minotidagi uzilishlarga izoh berildi
29 iyun 2022, 19:35

Toshkentda elektr ta’minotidagi uzilishlarga izoh berildi

Toshkentda bir necha kundan beri elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Ayrim hududlarda soatlab tok bo‘lmayapti, svetoforlar ishlamay qolmoqda, suv bosimi pasaygan. Toshkent ETK buni anomal issiqlik va qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun tarmoqlar modernizatsiya qilinayotgani bilan izohladi.

Barcha fuqarolarga teng muomala qilishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi
29 iyun 2022, 18:41

Barcha fuqarolarga teng muomala qilishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi

O‘zbekistonda barcha fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengligini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

«Xalqning o‘zi ham muxolifat bo‘lishi mumkin» — Tanzila Narbayeva
29 iyun 2022, 18:33 1

«Xalqning o‘zi ham muxolifat bo‘lishi mumkin» — Tanzila Narbayeva

Senat raisi Tanzila Narbayeva «Amerika ovozi» ning O‘zbekistonda haqiqiy muxolifat yo‘qligi haqidagi savoliga javob berar ekan, muxolifat borligi va internetda rasmiylar tanqid qilinishini ta’kidladi. «Xalqning o‘zi ham muxolifat bo‘lishi mumkin», — dedi u.

Namanganlik erkak onlayn qimorda yutqazgani uchun o‘zini osib qo‘ygani aytilmoqda
29 iyun 2022, 17:55

Namanganlik erkak onlayn qimorda yutqazgani uchun o‘zini osib qo‘ygani aytilmoqda

Norin tumanida yashovchi 33 yoshli fuqaro o‘z uyida osilgan holda topildi. Uning onlayn qimor o‘yinlaridagi yutqazaverishi oilasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqargani va shu sababli o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Surxondaryodagi Xatak g‘orida neandertal odam yashagan makon topildi
29 iyun 2022, 17:40

Surxondaryodagi Xatak g‘orida neandertal odam yashagan makon topildi

Arxeologlar Surxondaryoning Xatak g‘orida neandertal odamga tegishli makon borligini aniqlashdi, u taxminan miloddan avvalgi 100−40 ming yillikka oid. G‘ordan Teshik-Toshdagi kabi qurollar ham topildi. Iyundan beri mahalliy va Avstraliyaning Griffet universiteti arxeologlari qazishma ishlarini olib bormoqda.

Toshkentda kovid poliklinikalar faoliyati qayta tiklandi
29 iyun 2022, 16:52

Toshkentda kovid poliklinikalar faoliyati qayta tiklandi

Toshkentda kovidga chalinishning kunlik holati ko‘payishi ortidan 12 ta tumanda kovid-poliklinikalar faoliyati qayta tiklanmoqda. SSV bepul PZR-test tahlili topshirish mumkin bo‘lgan laboratoriyalar manzillari ro‘yxatini ham e’lon qildi.

AQSh elchisi bilan katta intervyu: aloqalar, islohotlar, Konstitutsiya, so‘z erkinligi va boshqalar haqida
29 iyun 2022, 16:49

AQSh elchisi bilan katta intervyu: aloqalar, islohotlar, Konstitutsiya, so‘z erkinligi va boshqalar haqida

AQSh elchisi Deniyel Rozenblyum «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida Amerika tashqi siyosatining O‘zbekistondagi ustuvor yo‘nalishlari, islohotlardagi yutuq va muvaffaqiyatsizliklar, so‘z erkinligi va mamlakat rivoji o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida so‘zlab berdi. U Konstitutsiya islohotlari haqida ham fikr bildirdi.

Sergelidagi bir qator mahallalarda sovuq suv vaqtincha o‘chiriladi
29 iyun 2022, 16:37

Sergelidagi bir qator mahallalarda sovuq suv vaqtincha o‘chiriladi

Toshkent shahar Sergeli tumanining ayrim hududlarida 29 iyun soat 22:00 dan 30 iyun kuni tushlik vaqtigacha yerusti metrosi qurilishi munosabati bilan quvurlarning ko‘chirilishi sababli sovuq suv ta’minoti to‘xtatiladi. Yangihayot tumanida suv bosimi pasayadi. Mahallalar ro‘yxati.

SES boshlig‘i o‘rinbosari karantin choralari qayta tiklanishiga oid xabarlarga munosabat bildirdi
29 iyun 2022, 16:13

SES boshlig‘i o‘rinbosari karantin choralari qayta tiklanishiga oid xabarlarga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda qat’iy karantin qayta tiklanishiga oid audiolar tarqalmoqda. SES boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov bu xabar eskiligi va karantin uchun kunlik kasallanishlar soni juda kamligini aytdi. 27 iyundan esa prezident ishtirokidagi tadbirlarda amaldorlar yana niqob taqa boshladi.

Mirziyoyev Berdimuhamedovni 65 yoshi bilan tabrikladi
29 iyun 2022, 15:50

Mirziyoyev Berdimuhamedovni 65 yoshi bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni 65 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi. Suhbat chog‘ida prezident Serdar Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

BMT Xavfsizlik kengashida Kremenchukdagi savdo markaziga uyushtirilgan hujumni tergov qilishga chaqirishdi
29 iyun 2022, 15:39

BMT Xavfsizlik kengashida Kremenchukdagi savdo markaziga uyushtirilgan hujumni tergov qilishga chaqirishdi

BMT Bosh kotibi o‘rinbosari va Ukraina prezidenti 27 iyun kuni Kremenchukdagi savdo markaziga uyushtirilgan aviahujum oqibatlari bo‘yicha tergov ochishga chaqirdi. Savdo markazda kamida 18 kishi halok bo‘ldi, 59 kishi esa jarohat oldi. Rossiya vakili savdo markaziga aviazarba berilmaganini ta’kidlamoqda.

Gaz va elektr energiyasi uchun tariflar hozircha oshirilmaydi
29 iyun 2022, 15:17

Gaz va elektr energiyasi uchun tariflar hozircha oshirilmaydi

1 iyuldan elektr va gaz uchun tariflar oshirilmaydi, chunki hukumat fuqarolarning tariflarni o‘zgartirish va ijtimoiy normani joriy etish bo‘yicha yuborayotgan takliflarini o‘rganishda davom etmoqda.

O‘zbekiston kompaniyasi AQShning ikkinchi darajali sanksiyalariga tushdi
29 iyun 2022, 14:45

O‘zbekiston kompaniyasi AQShning ikkinchi darajali sanksiyalariga tushdi

AQSh Davlat departamenti Rossiya korxonalariga qarshi sanksiyalar rejimini buzgani uchun O‘zbekistonning Promcomplektlogistic kompaniyasiga nisbatan cheklovlarni joriy qildi. U boshqa kompaniyalar qatorida «Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlash» da gumon qilinib, «qora ro‘yxat» ga kiritilgan.

Almazbek Atambayev 2020 yildagi tartibsizliklar ishi bo‘yicha oqlandi
29 iyun 2022, 12:41

Almazbek Atambayev 2020 yildagi tartibsizliklar ishi bo‘yicha oqlandi

Bishkek sudi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni 2020 yilning oktabridagi ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi bo‘yicha oqladi.

Podshoxlar ovlaydigan noyob qushning 400 dan ortig‘i Ustyurt tekisligiga qo‘yib yuborildi
29 iyun 2022, 12:13

Podshoxlar ovlaydigan noyob qushning 400 dan ortig‘i Ustyurt tekisligiga qo‘yib yuborildi

Qizil kitobga kiritilgan 402 bosh yo‘rg‘a tuvaloq qushi Ustyurt tekisligiga qo‘yib yuborildi. Arablarda ushbu qushni lochin yordamida ovlash an’anaga aylangan bo‘lib, u «podshoxlar ovi» deb ham ataladi. O‘zbekistonda bir dona tuvaloqni ovlash uchun ruxsatnoma xorijliklarga 7 ming dollar evaziga beriladi.

Farg‘onada aholiga ajratilgan 151 tonna un qimmat narxlarda sotib yuborilgani aniqlandi
29 iyun 2022, 11:26

Farg‘onada aholiga ajratilgan 151 tonna un qimmat narxlarda sotib yuborilgani aniqlandi

Bag‘dod tumanida tadbirkor aholiga ajratilgan arzon narxdagi 151,4 tonna un mahsulotini belgilangan mahallalarga yetkazib bermasdan, Marg‘ilon shahrida boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborgani aniqlandi. Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Farg‘onaning tog‘li hududlarida muzli sel kelishi xavfi e’lon qilindi
29 iyun 2022, 11:22

Farg‘onaning tog‘li hududlarida muzli sel kelishi xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet hafta oxirigacha So‘x va Farg‘ona tumanlari, qolaversa, So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida muzli sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishidan ogohlantirdi. Aholi va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting