O‘zbekistonda bir kunda 230 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Shundan 196 nafari karantin muassasalarida, 20 nafari aholi orasida, 14 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar orasida qayd etildi.
O‘zbekistonda yana 165 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar 5493 taga yetdi. Yangi holatlarning 104 tasi Qashqadaryo viloyatida kasallikka chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lganlar orasida qayd etildi.
Prezident koronavirus infeksiyasining yengil shakllari aniqlangan yoki kasallik alomatlarisiz o‘tayotgan bemorlarni uy sharoitida ushlash va davolash amaliyotini joriy etishga topshiriq berdi.
Xizmat ko‘rsatish sohasiga 1 trillion so‘m yoki 100 million dollar ekvivalentida kredit resurslari ajratiladi. Maishiy, ta’lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya kabi sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalarni tashkil etish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha 1 milliard so‘mgacha miqdorda ajratiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazir o‘rinbosarlariga olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislarga boshlang‘ich yordam puli va uy-joy ajratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Toshkentda ikki hafta ichida aholi orasida 482 ta koronavirus holati aniqlangan, ularning 57 tasida virus qayerdan yuqtirilgani noma’lum. Prezident hushyorlik va mas’uliyatni o‘n karra oshirish lozimligini ta’kidladi.
Uzbekistan Airways Toshkentdan Urganchga va Nukusga aviaqatnovlar sonini ko‘paytirib, poytaxtdan Buxoroga reyslarni yo‘lga qo‘yadi.
Shuhrat Sattorov Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori etib tayinlandi.
21 iyun kuni O‘zbekistonda qisman quyosh tutilishi kuzatilishi mumkin. Mazkur astronomik hodisa Toshkent vaqti bilan 10:01 da boshlanadi, maksimum fazasi esa 11:24 da kuzatiladi.
O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 5328 taga yetdi. Yangi holatlar karantin markazlari hamda Toshkent shahri va Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etildi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga rektor etib tayinlandi. U madaniyat vaziri lavozimida ham faoliyatini davom ettiradi.
Shimoliy Koreyadagi Keson shahrida portlashlar eshitildi va tutunlar ko‘rindi. Ma’lum bo‘lishicha, koreyslararo aloqa idorasi portlatib yuborilgan. Bunga sabab qilib Janubiy Koreya tomonidan tashviqot varaqalari kelayotgani ko‘rsatildi.
Afg‘oniston hududida sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston shaharlarida ham sezildi. Bir kun ichida ikkinchi marta yer osti silkinishlari qayd etildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi ikki kunda aholi orasida aniqlangan ayrim koronavirus holatlari bo‘yicha ma’lumot berdi. Infeksiya yuqtirganlar orasida o‘quvchidan tortib talabagacha, bog‘bondan avtomobil ustasigacha bor.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi koronavirusga qarshi kurashishga bag‘ishlangan videokonferensiyada qatnashadi.
Qirg‘iziston parlamenti Muxammedkaliy Abilgaziyev istefosidan so‘ng hukumatning texnik rahbarligiga bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov nomzodini ma’qulladi.
Samarqand viloyat IIB YHXB asossiz jarimaga tortilgan oqdaryolik haydovchi foydasiga 1,5 mln so‘m ma’naviy zararni to‘laydigan bo‘ldi. Shuningdek, dastlab to‘langan davlat boji va pochta xarajati ham IIB YHXBdan undiriladigan bo‘ldi.
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlarni karantinda saqlash harajatlarini tadbirkorlarga yuklash qarori «ma’suliyat hissini» uyg‘otish uchun qabul qilingani, shuningdek, tadbirkor COVID-19 uning hududida yuqtirilmaganligini qanday qilib isbotlashi tushuntirildi.
Ilhom Matkarimov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Yoshlar simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijyori Kamoliddin O‘rinboyev Davlat konservatoriyasi rektori etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting