Uzbekistan Airways aviakompaniyasini nufuzli xorijiy kompaniya boshqaruviga topshirish rejalashirilmoqda. Shuningdek, “Qamchiq” dovonida “Toshkent-Andijon” pullik avtomobil yo‘li loyihasi bo‘yicha tender e’lon qilinishi belgilandi.
Tanzila Norbayeva, Sherzod Shermatov, Timur Ishmetov, Sevara Nazarxon, Oksana Chusovitina va boshqa taniqli siyosatchilar, madaniyat vakillari va O‘zbekiston tadbirkorlarining 2019−2020 o‘quv yili bitiruvchilariga murojaati — «Gazeta.uz» ning eksklyuziv materialida.
Bosh prokuratura Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ishtirokida unga nisbatan prokuratura organlari tomonidan bosim o‘tkazilgani haqidagi xabarlarni o‘rgandi. O‘rganishlar jarayonida deputatga bosim yoki tazyiq o‘tkazilganini tasdiqlovchi ob’ektiv dalillar aniqlanmagani ma’lum qilindi.
Koronavirus bemorlari soni yana 9 nafarga ortib, jami 3189 kishini tashkil etmoqda. Kun davomida aniqlangan COVID-19 holatlari 25 taga yetdi.
O‘zbekistonda 600 ming gektardan ziyod ekin maydonlarida chigirtkalarga qarshi kurash olib borilmoqda. Bu ishlarga 640 nafarga yaqin mutaxasis, 148 ta traktor, 325 ta qo‘lpurkagich, 8 ta motodeltaplan va 26 ta maxsus mashina jalb etilgan.
Termizda yangi madrasa — “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi tashkil etildi. Bu yerda o‘rta maxsus diniy ma’lumotli islom shariati va hadis ilmlari mutaxassisi, imom-xatiblar tayyorlanadi. 2020−2021 o‘quv yili uchun qabul 15 iyundan boshlanadi.
Dollarning rasmiy kursi 9,7 so‘mga qimmatlashib, 10139 so‘mga yetdi. Xorijiy valyutalar kursi o‘tgan hafta arzonlashgan edi.
O‘zbekiston fuqarolarini Toshkent shahri va poytaxt viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi yangi nizom 1 sentyabrdan kuchga kiradi. Ungacha propiska to‘g‘risidagi eski nizomga amal qilinadi.
Isroilda Benyamin Netanyaxu ustidan sud jarayoni boshlandi. Mamlakat tarixida ilk bor amaldagi bosh vazir sud qilinmoqda.
Toshkentdagi respublika “Ipoteka bank” xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. U bilan muloqotda bo‘lgan hamkasblari 14 kunlik karantin nazoratiga, qolgan hamkasblari esa o‘z uylarida tibbiy nazoratga olingan.
O‘zbekistonda kuzatilayotgan issiq ob-havo hafta oxirigacha saqlanib turadi. Kunduzgi harorat +34…+39 darajani tashkil etadi.
Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy apparati barcha xodimlaridan olingan COVID-19 test tahlillari natijalari manfiy bo‘lib chiqdi. DSQ Markaziy apparati karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda avvalgi rejimda ishlashni davom ettiradi.
2021 yil yakuniga qadar Andijon viloyatining barcha shahar va tumanlarida jami 16 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochiladi. Ularda, jumladan, yoshlarni o‘qitish va axborot texnologiyalari yo‘nalishida har yili 5 mingdan ziyod o‘qituvchilar malakasi oshiriladi.
Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga tibbiy karavotlar partiyasi yetkazib berildi. Umumiy qiymati 135 ming dollardan ziyodroq bo‘lgan yana bir qism insonparvarlik yuklarining kelishi kutilmoqda.
«O‘zagrosug‘urta» AJ Buxorodagi tabiiy ofat oqibatida viloyatning qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan sodir bo‘lgan sug‘urta hodisalari yuzasidan jami 2,7 mlrd so‘m to‘lab berdi. Xususan, kompaniyada mol-mulkini sug‘urtalagan qorako‘llik fermerga kuchli shamoldan yetkazilgan zarar uchun qariyb 1 mlrd so‘m qoplab berildi.
Koronavirus bemorlari soni 16 nafarga ortib, jami 3180 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar karantindagilar (6), Qoraqalpog‘istondа (4), Samarqandda (5) va Toshkent viloyatlarida (1) qayd etildi. Respublikada infeksiyadan 602 kishi davolanmoqda, ulardan 3 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi malaka oshirish markazi xodimida koronavirus aniqlandi. Hozirda butun Markaziy apparat xodimlari COVID19 ga test topshirmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti tabrigida bu yilgi Ramazonda sabru qanoat, shukronalik, ruhiy poklanish, mehr va ko‘makka muhtojlarga yanada e’tiborli bo‘lish, savobli amallar qilishdek olijanob fazilatlar har qachongidan ham yaqqol namoyon bo‘lganini ta’kidladi.
Chet eldan vatandoshlarni olib kelish uchun yana 17 ta charter reysi jadvali e’lon qilindi. Keyingi ikki hafta ichida “O‘zbekiston havo yo‘llari” Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Novosibirsk, Rostov-Donu, Istambul, Qohira va Sharjadan O‘zbekiston fuqarolarini olib keladi.
Toshkentdagi «O‘rikzor» savdo majmuasida sotuvchi bo‘lib ishlovchi fuqaroda koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi, bozor vaqtinchalik yopildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting