Prezident topshirig‘i bilan Sardoba toshqinida ilmiy yozmalarini yo‘qotgan sirdaryolik yosh olimaga doktorlik darajasi istisno tariqasida berildi. Tayanch doktori O‘zbekistonda birinchi bo‘lib onlayn tarzda o‘z dissertatsiyasini yoqladi.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 22 maydan boshlab “sariq” va “yashil” toifadagi hududlarda ochiq sayilgoh, muzey va san’at galereyalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi. Tashrif buyuruvchilar uch kishidan ko‘p bo‘lib to‘planishlari mumkin emas. O‘yingoh va ovqatlanish shoxobchalari bundan mustasno.
Prezident qaroriga binoan, Toshkentda “propiskaga” ega bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari uchun birlamchi bozordan uy sotib olganda to‘lanadigan 5 foizlik stavka bekor qilindi.
Toshkentdagi Homiylik xayriyalairni muvofiqlashtirish markazi o‘z ishini yakunladi. 50 kunlik faoliyat davomida markaz tomonidan 85 mingga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatilib, ularga jami 11,8 mlrd so‘mlik mahsulotlar va dori vositalari yetkazib berilgan.
Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, odamlar hayoti bilan tanishish maqsadida Andijonga jo‘nab ketdi.
Koronavirus bemorlari soni 11 nafarga ortib, jami 2950 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 565 kishi davolanmoqda, ulardan 5 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 45 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 540 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.
Toshkentda Ohangaron shossesi va Maxtumquli ko‘chasi kesishmasidagi uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgich ochildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev soatiga 20 mingta transport vositasini uzluksiz o‘tkazish imkoniyatiga ega uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgichni ko‘zdan kechirdi.
Sirdaryoda suv toshqinidan zarar ko‘rganlar uchun uchta aholi turar joy mavzesining qurilish maydoni Britaniyaning Benoy kompaniyasi arxitektori tavsiyasiga ko‘ra tanlandi. Qurilish ishlari uchun poytaxtning Whitecity Construction, Ecopark va Gold Step Invest kompaniyalari tanlangan. Qurilish loyihalari va quruvchilar haqida nimalar ma’lum? Foto.
O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 12 taga ko‘payib, jami 2939 taga yetdi. Kun davomida 84 ta yangi COVID-19 holati aniqlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda foydalanishga topshirilgan Bolalar milliy tibbiyot markazini borib ko‘rdi. Markaz, jumladan, onkologik kasalliklarni bir necha yil oldin aniqlaydigan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.
Adliya vazirligi tuzilmasida Fuqarolik-huquqiy munosabatlarni rivojlantirish boshqarmasi va Ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish va monitoringini yuritish boshqarmasi tashkil etildi. Shuningdek, Namangan va Qarshida sinov tariqasida yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlari tashkil etiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda barpo etilgan Adiblar xiyoboni, xiyobon yonida tashkil etilgan kutubxonaga tashrif buyurdi. Davlat rahbari “Adiblar xiyoboni” deb nomlangan internet portali tashkil etish taklifini bildirdi.
Idoraviy qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 1-iyuldan boshlab sinov tariqasida, 1-oktyabrdan boshlab esa to‘liq yagona elektron tizim orqali amalga oshiriladi.
Adliya vazirligi zimmasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi. 2018−2019 yillarda yangi (qayta) tashkil qilingan 8 ta vazirlik va idoralar faoliyatini o‘rganish, aholiga Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan yangi xizmatlar sonini 15 taga oshirish shular jumlasidan.
Harbiylar Urganchdagi karantin hududidan bir necha marta qochishga uringan shaxsni ushladi. U panjaradan oshib o‘tayotgan vaqtda havoga ogohlantiruvchi o‘q uzilgan.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev YeOIIning 2025 yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasini qabul qilmadi. U strategiya hozirgi holatida jamoatchilik tomonidan rad etilishi, shuningdek, hukumat va parlamentning suveren huquqlarini cheklashini ta’kidladi.
Mudofaa vazirligi Sport klubi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markaziga aylantiriladi. Markaz mustaqil boshqarma sifatida armiyada ommaviylashtirilayotgan sport turlarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
Surxondaryodagi eng oxirgi COVID-19 bemori sog‘ayib, viloyat koronavirusdan xoli hududga aylandi. Infeksiyadan sog‘ayganlar soni 2369 nafarga yetdi.
O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 47 taga oshdi va jami 2927 taga yetdi. Yangi holatlarning 28 tasi karantindagilar, 19 tasi xorijdan kelganlar orasida aniqlandi.
Xalq qabulxonalariga suv toshqinidan zarar ko‘rgan fuqarolardan 1,1 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 89 foizi joyida hal qilindi. Shuningdek, vaqtincha ko‘chirilgan oilalar holidan muntazam xabar olinib, ularning kunlik ehtiyojlari qondirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting