Arxiv

Bola ombudsmani farzandini zo‘ravonlik bilan «tarbiyalaydigan» ota-onalardan ularni olib qo‘yishni taklif qildi
18 iyun 2022, 11:13

Bola ombudsmani farzandini zo‘ravonlik bilan «tarbiyalaydigan» ota-onalardan ularni olib qo‘yishni taklif qildi

Bola ombudsmani Aliya Yunusova Samarqanddagi shifoxonada ayol o‘z bolasini kaltaklaganini qoralab, «ota-onalar» ning farzandiga nisbatan shafqatsiz muomala qilishini — kechirib bo‘lmas xato deb aytdi. Vakil farzandlarini zo‘ravonlik bilan «tarbiyalaydigan» ota-onalardan bolalarni olib qo‘yishni taklif qildi.

Kunlik koronavirus holatlari ko‘payishda davom etmoqda
18 iyun 2022, 10:48

Kunlik koronavirus holatlari ko‘payishda davom etmoqda

Juma kuni O‘zbekistonda 90 kishining koronavirusga topshirgan PZR-test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi, shuning 74 tasi poytaxt hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Hafta boshidan beri kovidga chalinishlar soni kun sayin ortib bormoqda.

Chipta sotishdagi tartibsizlik: «Bunyodkor» stadioni yaqinida nima sodir bo‘ldi?
18 iyun 2022, 10:18

Chipta sotishdagi tartibsizlik: «Bunyodkor» stadioni yaqinida nima sodir bo‘ldi?

«Bunyodkor» stadioniga Osiyo kubogi U-23 finali uchun chipta sotib olishga yuzlab futbol ishqibozlari yig‘ildi. Odamlarning to‘planishi tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Ularni tarqatish uchun ko‘zdan yosh sizdiruvchi gazdan foydalanilgani aytilmoqda, Milliy gvardiya esa buni rad etib chiqdi.

Nima tayyorlaymiz: muzqaymoqlar
18 iyun 2022, 10:15

Nima tayyorlaymiz: muzqaymoqlar

«Moxito» muzqaymog‘i, shaftolili, yogurtli, bananli, qaymoqli va shokoladli muzqaymoqlar — Zira.uz turli xil mazali muzqaymoqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi
18 iyun 2022, 09:00

Referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi

Referendum to‘g‘risidagi qonunga saylov komissiyalari vakolatlarini o‘zgartirish, kuzatuvchilar huquqlarini kengaytirish va boshqalarni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi. Shuningdek, referendumda qabul qilingan qarorlarni faqat referendumda bekor qilish talabiga istisno kiritildi.

SES dehqon bozorlaridagi qoidabuzarliklar to‘g‘risida ma’lumot berdi
18 iyun 2022, 07:20

SES dehqon bozorlaridagi qoidabuzarliklar to‘g‘risida ma’lumot berdi

SES besh oy davomida O‘zbekistondagi 61 ta dehqon bozorida mahsulotlarni sotishda sanitariya qoidalari buzilganini aniqladi. Bozorlarning beshdan bir qismi kanalizatsiyaga ulanmagan, boshqa qoidabuzarliklar ham bor.

Qasim-Jomart Toqayev DXR va LXR «kvazi-davlatlari» tan olinmasligini ma’lum qildi
17 iyun 2022, 23:47

Qasim-Jomart Toqayev DXR va LXR «kvazi-davlatlari» tan olinmasligini ma’lum qildi

Qozog‘iston Lugansk va Donetsk xalq respublikalaridan bo‘lgan «kvazi-davlat hududlari»ni tan olmaydi, dedi prezident Qasim-Jomart Toqayev. «Xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi amalga oshaversa, yer yuzida hozirgi 193 taning o‘rniga 500−600 dan ortiq davlat bo‘ladi. Bu tartibsizlik degani», — dedi u.

Prezident Bolalar gematologiyasi va onkologiyasi shifoxonasidagi bolalarga dalda berdi
17 iyun 2022, 23:32

Prezident Bolalar gematologiyasi va onkologiyasi shifoxonasidagi bolalarga dalda berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markaziga tashrif buyurdi. «Yoningizga yana kelishdan maqsadim — sizlarga kuch berish, umidni ikki karra ko‘paytirish. Bu hammamizga sinov», — dedi davlat rahbari markazda davolanayotgan bolalarga va ularning ota-onalariga.

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga pul olib o‘tish uchun tunnel qaziganlarga sud hukmi o‘qildi
17 iyun 2022, 23:07

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga pul olib o‘tish uchun tunnel qaziganlarga sud hukmi o‘qildi

Andijonda Qirg‘izistonga valyuta va tovar-boyliklarni olib o‘tishga mo‘ljallangan uchta tunnel fosh qilindi. Ularni 2 o‘zbekistonlik va 6 qirg‘izistonlikdan iborat jinoiy guruh qazigan. Ular 6−8 yilgacha muddatga qamaldi. Yana bir fuqaro tergovda.

Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili vazifalari belgilab berildi
17 iyun 2022, 21:13

Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili vazifalari belgilab berildi

O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi tuzilmasiga kiritilib, mehnatiga haq to‘lash sharoitlari prezident maslahatchisi o‘rinbosariga tenglashtirildi.

Urush boshlangandan buyon ilk bor YeI rahbarlari Ukrainaga tashrif buyurdi (foto)
17 iyun 2022, 20:54

Urush boshlangandan buyon ilk bor YeI rahbarlari Ukrainaga tashrif buyurdi (foto)

Urush boshlanganidan buyon birinchi marta Yevropa Ittifoqining to‘rtta davlati — Fransiya, Germaniya, Italiya va Ruminiya rahbarlari Ukrainaga tashrif buyurdi.

TBC va Alter Ego “Meros” loyihasini amalga oshirdi
17 iyun 2022, 19:00

TBC va Alter Ego “Meros” loyihasini amalga oshirdi

Alter Ego va TBC Bank “Meros” loyihasi haqida so‘zlab berdi. Ushbu loyiha o‘zbek madaniyati va san’atining qiziqarli, biroq ba’zan keng ommaga tanilmagan arboblari bilan intervyular cyeriyasini o‘z ichiga olgan.

O‘zbekistonlik haydovchilar Afg‘oniston orqali Pokistondan yuk tashishni boshladi
17 iyun 2022, 18:28

O‘zbekistonlik haydovchilar Afg‘oniston orqali Pokistondan yuk tashishni boshladi

O‘zbekistonlik yuk mashinasi haydovchilari ilk marotaba Afg‘oniston orqali Pokistondan yuk tashuvlarini amalga oshirdi. Haydovchilar bir hafta ichida Karachi portidan Toshkentga bir partiya go‘sht olib kelishdi.

Toshkentda haydovchilardan mashinalarini daraxt ostida qoldirmaslik so‘raldi
17 iyun 2022, 17:40

Toshkentda haydovchilardan mashinalarini daraxt ostida qoldirmaslik so‘raldi

Toshkent shahar hokimligi kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirdi. Poytaxt aholisi va mehmonlaridan daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalarni qo‘ymaslik so‘ralmoqda.

O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindi
17 iyun 2022, 17:20

O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet dam olish kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelishidan ogohlantirib, aholidan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda. Ayrim hududlarda kuchli yomg‘irlar yog‘adi. Bundan tashqari, 18−21 iyun kunlari shamol tezligi 18 m/s dan 28 m/s gacha kuchayadi, natijada chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Misr barcha karantin talablarini bekor qildi
17 iyun 2022, 16:54

Misr barcha karantin talablarini bekor qildi

Mirs mamlakatga kirish uchun manfiy PZR-test ma’lumotnomasi yoki kovidga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat mavjudligi haqidagi talabni bekor qildi.

OTMga o‘qishga kirishda kimlarga imtiyoz berilgan?
17 iyun 2022, 16:53 3

OTMga o‘qishga kirishda kimlarga imtiyoz berilgan?

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov OTMlarga kirishda beriladigan imtiyozlar qayta ko‘rib chiqilib, ayrimlaridan voz kechilishini ma’lum qildi. «Gazeta.uz» kimlar qanday imtiyozlarga egaligi bo‘yicha ma’lumotlarni bir materialga jamladi. Ularning orasida zulfiyachilardan tortib, harbiy xizmatchilargacha bor.

Yerusti metrosining ikki bekati orasidagi poyezdda qisqa tutashuv sodir bo‘ldi
17 iyun 2022, 15:58

Yerusti metrosining ikki bekati orasidagi poyezdda qisqa tutashuv sodir bo‘ldi

Payshanba kuni «Yerusti halqa yo‘li» metrosining Qo‘yliq yo‘lidagi 6- va 7-bekatlari oralig‘ida harakatlanayotgan poyezdda qisqa tutashuv sodir bo‘ldi. Bunga yo‘l chetidagi to‘sinning temirqoplamasi kuchli shamol tufayli poyezdning tok qabul qilish moslamasiga tekkani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish bo‘yicha darsliklar taqdim etildi
17 iyun 2022, 15:41

Rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish bo‘yicha darsliklar taqdim etildi

Toshkentda o‘zbek va rus mualliflari tomonidan yaratilgan 2−11-sinflar uchun rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish bo‘yicha maktab darsliklarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Samarqandda 16 yoshli bola kanalga cho‘kib ketdi
17 iyun 2022, 15:28

Samarqandda 16 yoshli bola kanalga cho‘kib ketdi

8 iyun kuni Urgut tumanidan o‘tuvchi Zarafshon daryosining kanaliga 16 yoshli bola tushib ketishi oqibatida vafot etdi. Uning murdasi oradan 8 kun o‘tib boshqa kanal qirg‘og‘idan topildi. Ota-onasi da’vosi yo‘qligi hamda qarshi bo‘lgani uchun tibbiy ekspertiza o‘tkazilmadi, jinoyat ishi ham qo‘zg‘atilmadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting