Britaniyaning Kembrij universiteti keyingi o‘quv yilini ham to‘liq onlayn shaklga o‘tkazishga qaror qilgan dunyodagi birinchi oliy ta’lim muassasasi bo‘ldi.
Sirdaryo viloyatida ochiq maydonda yoqilayotgan buyumlarning suv bosgan uylardan olib chiqilgani va foydalanishga yaroqsiz ekani ma’lum qilindi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda xayriya uchun yuborilgan buyumlar yoqib yuborilayotgani xaqida xabarlar tarqalgan edi.
Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi “tramadol” savdosiga chek qo‘yildi.
Falastin prezidenti Isroil hukumati Falastin yerlarini o‘ziga qo‘shib olmoqchi bo‘lgani uchun Isroil va AQSH bilan tuzilgan barcha kelishuvlardan chiqilishi haqida e’lon qildi.
Prezident qaroriga binoan, 2021 yil 1 yanvargacha import qilinadigan yangi qurilish va maxsus texnikalar hamda yuk tashish transport vositalari bojxona to‘lovidan ozod etiladi. Bundan tashqari, 1 iyuldan 2023 yil 1 iyulgacha import qilinadigan beton quyish qoliplari, beton tayyorlash mashina va mexanizmlarini olib kirish uchun qo‘yilgan bojxona to‘lovlari ham bekor qilinadi.
O‘zbekistonda aprel oyi davomida 336 ta YTH sodir bo‘lib, ular oqibatida 76 nafar kishi vafot etgan. Aksariyat YTHlar haydovchilar tomonidan belgilangan tezlikka rioya qilmaslik va ularning ehtiyotsizligi sababli sodir etilgan.
Koronavirus bemorlari soni 25 nafarga ortib, jami 2880 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 529 kishi davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 48 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 528 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.
Mirali Hamroyev Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo‘jaligi vazirlari onlayn yig‘ilishda pandemiya davrida oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov joriy yilda maktablarda yakuniy imtihonlar o‘tkazilmasligini ma’lum qildi. Maktablarga o‘quv yili davomidagi o‘zlashtirishga qarab yakuniy baholarni qo‘yish tavsiya etildi.
O‘zbekistonda kun davomida 64 ta yangi koronavirus holati qayd etilib, jami 2855 taga yetdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev hozirgi kunga qadar 39 ming nafar fuqaro mamlakatga qaytarilganini ma’lum qildi. Yana 12 ming nafar fuqaro horijdan qaytarilishi rejalashtirilmoqda.
“Birorta tadbirkorning mulki noqonuniy olib qo‘yilsa, hokim faqat ishdan ketish bilan qutulmaydi, balki qonun oldida javob beradi”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. Biznes-ombudsman tadbirkorlar huquqi va mulk daxlsizligini buzgan tuman va shahar hokimlari to‘g‘risida hukumatga ma’lumot kiritib boradi.
Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida o‘zini o‘zi band qilgan 60 dan ziyod kasb egalari daromad solig‘idan ozod qilinishi haqida ma’lumot berildi. Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun telefon orqali soliq idoralarini xabardor qilish kifoya.
25 maydan Bishkekdagi jamoat transporti o‘z ishini qaytadan boshlaydi. Yo‘lovchilar masofa saqlashlari va niqob kiyishlari kerak.
KOICA Sirdaryo viloyatida suv toshqinidan jabrlanganlarga insonparvarlik yordami yubordi. Yuk tarkibidan shaxsiy gigiyena vositalari, birlamchi mahsulotlar va bolalar ozuqlari o‘rin olgan.
Sirdaryodagi ofat natijasida 4,351 ta uy-joyga jiddiy shikast yetgan bo‘lsa, ulardan faqatgina 212 tasining sug‘urtalangani ma’lum bo‘ldi. Sug‘urta sohasining umumiy hajmi esa YaIMning 0,5 foizini, aholi jon boshiga 14,7 ming so‘mni tashkil etdi.
Hozirda moliyaviy bozorning u yoki bu segmentini kamida uchta davlat organi boshqarmoqda; bu esa yagona siyosat shakllanishini yanada murakkablashtiradi. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi rahbari Otabek Nazirov yagona moliyaviy regulyatorni tashkil etish O‘zbekistonga nima berishi va bu iqtisodiyotga mablag‘ jalb etishning asosiy manbai sifatida davlatga bo‘lgan bosimni yumshatish imkonini berishi haqida.
Prezident farmoniga binoan, O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligi va organik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xalqaro standartlarga muvofiqligi ta’minlanadi. Organik qishloq xo‘jaligiga o‘tkazilgan yer uchastkalarida ekinlarni joylashtirishda davlat aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, hukumat boshqaruviga qaytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting