Arxiv

Farg‘onadagi gaz “zapravka”da avtobus yonib ketdi
13 sentabr 2024, 23:36

Farg‘onadagi gaz “zapravka"da avtobus yonib ketdi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi gaz quyish shoxobchasida Isuzu avtobusining dvigatel qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi, jarohatlanganlar yo‘q.

13-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
13 sentabr 2024, 23:22

13-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

UzAuto Motors’ga nisbatan ish ochgan Raqobat qo‘mitasi, qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazgan O‘zbekiston va Qozog‘iston havo mudofaa kuchlari, ikki baravar oshgan propan narxlari, maymunchechakka qarshi ilk vaksina va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Samarqandda “Omonqo‘ton” bog‘iga noqonuniy kirib, daraxtlarni kesganlar tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi
13 sentabr 2024, 22:27

Samarqandda “Omonqo‘ton” bog‘iga noqonuniy kirib, daraxtlarni kesganlar tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

Samarqand viloyatidagi “Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘iga ekskavator va buldozerlar bilan noqonuniy kirib, jami 64 ta daraxt va butaga zarar yetkazgan hamda Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarni payhon qilgan shaxslar tabiatga 1 mlrd 115 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi.

Toshkent hokimi qishga tayyorgarlik ko‘rishga oid farmoyishni imzoladi. Nimalar rejalashtirilyapti?
13 sentabr 2024, 21:31

Toshkent hokimi qishga tayyorgarlik ko‘rishga oid farmoyishni imzoladi. Nimalar rejalashtirilyapti?

Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlashga doir farmoyishni imzoladi. Gaz, elektr, suv va issiqlik tarmoqlari, uylar, qozonxonalarni ta’mirlash rejalashtirilmoqda. Bu maqsadlar uchun 732,6 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi
13 sentabr 2024, 20:55

JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi

Daniyaning Bavarian Nordic A/S kompaniyasining MVA-BN vaksinasi dastlabki kvalifikatsiyadan o‘tdi va maymunchechakka qarshi birinchi dori bo‘ldi, deb xabar qildi JSST.

O‘zbekiston va Qozog‘iston havo hududi himoyasi bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazdi
13 sentabr 2024, 20:18

O‘zbekiston va Qozog‘iston havo hududi himoyasi bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston HHK havo hududini himoya qilish bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlar doirasida havo mudofaasi vositalaridan birgalikda foydalanish, shuningdek, jangovar ekipajlarning qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston qo‘mondonlik va boshqaruv punktlari bilan o‘zaro hamkorligi tartibini ishlab chiqdi.

“Kelgusi Paralimpiya o‘yinlarida kuchli o‘ntalikka kirish bosh maqsadimiz bo‘ladi” — prezident
13 sentabr 2024, 19:41

“Kelgusi Paralimpiya o‘yinlarida kuchli o‘ntalikka kirish bosh maqsadimiz bo‘ladi” — prezident

Prezident Parij paralimpiadasi sovrindorlari bilan uchrashuvda 2028-yilgi o‘yinlarga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rish kerakligini aytdi. “Kelgusi Paralimpiya o‘yinlarida kuchli o‘ntalikka kirish bosh maqsadimiz bo‘ladi”, — dedi u.

Avgustda o‘zbekistonliklar go‘sht, elektr, gaz, benzin, propan narxlari oshganini ko‘proq his qildi — MB so‘rovnomasi
13 sentabr 2024, 19:18

Avgustda o‘zbekistonliklar go‘sht, elektr, gaz, benzin, propan narxlari oshganini ko‘proq his qildi — MB so‘rovnomasi

Avgustda O‘zbekiston aholisiga sezilgan inflyatsiya 13,6 foizgacha o‘sdi, deb xabar berdi MB. Go‘sht va sut, benzin, metan va propan, neft narxlari keskin oshganini aytgan respondentlarning ulushi sezilarli darajada ortdi. Iyuldagi so‘rovnomada narxlar yuqorilashi bo‘yicha elektr va gaz birinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklarning yonilg‘i va energoresurslar narxining oshishi bilan bog‘liq xavotirlari kuchaydi
13 sentabr 2024, 18:58

O‘zbekistonliklarning yonilg‘i va energoresurslar narxining oshishi bilan bog‘liq xavotirlari kuchaydi

O‘zbekiston aholisi va biznesining yonilg‘i hamda energoresurslar narxlari oshishidan xavotirlari kuchaydi. Markaziy bankning inflyatsion kutilmalar bo‘yicha so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, ular, shuningdek, kommunal xizmatlar narxining o‘sishi va valyuta kursining o‘zgarishini kutmoqda.

Toshkentdagi tashqi reklamalarda bukmekerlik tovar belgisini namoyish qilgan agentlikka chora ko‘rildi
13 sentabr 2024, 18:20

Toshkentdagi tashqi reklamalarda bukmekerlik tovar belgisini namoyish qilgan agentlikka chora ko‘rildi

Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida tashqi reklama konstruksiyalari orqali bukmekerlik tovar belgisi ko‘rsatilgani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasi reklamani joylashtirgan agentlikka nisbatan moliyaviy jarima qo‘lladi.

O‘zbekcha YouTube — 2024-yil avgustida: O‘zbekistonning Parijdagi iftixorlari, “Ular” qaytdi
13 sentabr 2024, 18:18

O‘zbekcha YouTube — 2024-yil avgustida: O‘zbekistonning Parijdagi iftixorlari, “Ular” qaytdi

“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. Avgust oyidagi yangi loyihalar paydo bo‘ldi, to‘xtab qolgan loyihalar qayta ishlay boshladi, Olimpiadachilar esa asosiy qahramonlar bo‘ldi.

O‘zbekiston Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida medallar jamg‘armasi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egalladi
13 sentabr 2024, 17:58

O‘zbekiston Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida medallar jamg‘armasi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston terma jamoasi Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida medallar hisobi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Jamoa 11 ta oltin, 12 ta kumush va 11 ta bronza — jami 34 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar futzal bo‘yicha JCH sababli vaqti-vaqti bilan yopiladi
13 sentabr 2024, 17:56

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar futzal bo‘yicha JCH sababli vaqti-vaqti bilan yopiladi

Futzal bo‘yicha FIFA-2024 jahon chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan Humo Arena yonidagi ko‘chalarda transport harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi.

Andijonda darsga kech qolgan qizlarga jismoniy mashq qildirgan maktab xodimiga intizomiy chora qo‘llandi
13 sentabr 2024, 16:27

Andijonda darsga kech qolgan qizlarga jismoniy mashq qildirgan maktab xodimiga intizomiy chora qo‘llandi

Andijon shahridagi maktabda darsga kech qolgan qizlar jismoniy mashq qilishga majburlandi. O‘quvchilarni shu tarzda “jazolagan” maktabning mas’ul xodimiga intizomiy chora qo‘llandi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (14−15-sentabr)
13 sentabr 2024, 16:23

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (14−15-sentabr)

Oltita kinopremyera, ochiq osmon ostidagi kinonamoyishlari, Koreya madaniyatining “Chxusok 2024” festivali, qo‘l mehnati mahsulotlari yarmarkalari, Rayhonning bepul konserti, ko‘rgazmalar, spektakllar, bolalar uchun mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Fotoreportaj: Toshkentda RE/Generation kreativ yoshlar festivali o‘tkazildi
13 sentabr 2024, 15:59

Fotoreportaj: Toshkentda RE/Generation kreativ yoshlar festivali o‘tkazildi

Toshkentda 3−12-sentabr kunlari kreativ yoshlarning RE/Generation birinchi art-festivali o‘tkazildi. 6000 kvadrat metrdan ziyod maydonda yuzlab san’at namunalari namoyish etildi. “Gazeta.uz” ko‘rgazmadan fotoreportaj tayyorladi.

O‘zbekiston 18 davlat bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
13 sentabr 2024, 15:04

O‘zbekiston 18 davlat bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston JSTga kirish doirasida 18 davlat bilan muzokaralarni yakunladi, ulardan 14 tasi bilan bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokollar imzoladi. 12-sentabr kuni Braziliya va Shri-Lanka bilan protokol imzolangan bo‘lsa, 13-sentabr kuni Argentina bilan muzokaralar yakunlandi.

Noruda materiallarni qazib olish bo‘yicha moratoriy tatbiq etilgan hududlarning chegaralari belgilandi
13 sentabr 2024, 14:45

Noruda materiallarni qazib olish bo‘yicha moratoriy tatbiq etilgan hududlarning chegaralari belgilandi

Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallari qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari tasdiqlandi. Bunda chegaraga daryo o‘zanlari, ularning sohilbo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalari kiradi.

O‘zbekistonlik shaxmatchilar Olimpiadaning ikkinchi turida g‘alaba qozondi
13 sentabr 2024, 14:28

O‘zbekistonlik shaxmatchilar Olimpiadaning ikkinchi turida g‘alaba qozondi

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Budapeshtdagi Olimpiadaning ikkinchi turida Misr terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Ayollar terma jamoasi Angola vakillarini mag‘lub etdi.

Lacetti`dagi yong‘in tufayli UzAuto Motors va dilerga nisbatan ish ochildi
13 sentabr 2024, 13:54

Lacetti`dagi yong‘in tufayli UzAuto Motors va dilerga nisbatan ish ochildi

Raqobat qo‘mitasi UzAuto Motors va PSM-Avtosavdo dileriga qarshi ish qo‘zg‘atdi. Avvalroq Chevrolet Lacetti egasi avtomobil xarid qilinganidan 5 oy o‘tib, nosozlik tufayli yonib ketgani haqida xabar bergan. Ishlab chiqaruvchiga ushbu rusumdagi 38 ta mashinani qaytarib olish yuklatildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting