Arxiv

“Manipulyativ diktatorlar ustozi” Alberto Fuximori erkin OAV bilan qanday kurashgan edi?
16 sentabr 2024, 18:55

“Manipulyativ diktatorlar ustozi” Alberto Fuximori erkin OAV bilan qanday kurashgan edi?

11-sentabr kuni 10 yildan ortiq vaqt davomida Peru prezidenti bo‘lgan Alberto Fuximori vafot etdi. U yangi zamon diktatorlari haqidagi “Manipulyativ diktatorlar” kitobining asosiy qahramonlaridan biri hisoblanadi. “Gazeta.uz” mazkur asardagi Fuximori bilan bog‘liq parchani taqdim etadi.

Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr kuni amaliy tashrif bilan Ostonada bo‘ladi
16 sentabr 2024, 18:35

Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr kuni amaliy tashrif bilan Ostonada bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev 17-sentabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi. Prezident u yerda “Markaziy Osiyo — Germaniya” ikkinchi sammitida qatnashadi.

Avgustda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorining faolligi pasaydi, ikkilamchi bozorda narx biroz oshdi
16 sentabr 2024, 18:04

Avgustda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorining faolligi pasaydi, ikkilamchi bozorda narx biroz oshdi

Avgust oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda uy-joy oldi-sotdi bitimlari soni oy davomida 3,5 foizga, yil davomida esa 20,8 foizga kamaydi. Toshkentda ikkilamchi uy-joy narxlari ikki oylik pasayishdan keyin o‘sishni boshladi. Poytaxtda ikkilamchi xonadon narxi o‘rtacha 1 kv metr uchun 1128 dollarni tashkil qildi.

Markaziy Yevropada kuchli suv toshqini yuz berdi, kamida 15 kishi halok bo‘ldi
16 sentabr 2024, 17:37

Markaziy Yevropada kuchli suv toshqini yuz berdi, kamida 15 kishi halok bo‘ldi

“Boris” bo‘roni tufayli kuchli yomg‘irlar Markaziy Yevropada suv toshqinini keltirib chiqardi: kamida 15 kishi halok bo‘ldi, minglab uylar suv ostida qoldi. Polshada tabiiy ofat rejimi joriy etildi.

Qashqadaryoda “KamAZ” tirkamasi chiqib ketib, 3 ta transportga urildi, bir kishi jarohatlandi
16 sentabr 2024, 17:26

Qashqadaryoda “KamAZ” tirkamasi chiqib ketib, 3 ta transportga urildi, bir kishi jarohatlandi

Dehqonobod tumanida “KamAZ”ning tirkamasi harakat vaqtida asosdan chiqib ketdi. Boshqaruvsiz qolgan tirkama 3 ta transportga urildi. Hodisada haydovchilardan biri jarohatlandi.

“Toshkentdagi daraxtlarning reyestri 2,5 yilda shakllantiriladi” — ekologiya vaziri
16 sentabr 2024, 17:11

“Toshkentdagi daraxtlarning reyestri 2,5 yilda shakllantiriladi” — ekologiya vaziri

Sentabr oxiridan poytaxtdagi daraxtlarning reyestrini shakllantirish boshlanadi. Ekologiya vaziriga ko‘ra, jarayon 2,5 yil davom etadi. “Bunga 100 nafar volontyor jalb etilib, har biriga planshet beriladi. Elektron bazaga daraxtlarning turi, holati va boshqa jihatlari kiritiladi”, — dedi Aziz Abduhakimov.

AQShda Trampga qarshi yangi ehtimoliy suiqasdga urinish tekshirilmoqda
16 sentabr 2024, 16:44

AQShda Trampga qarshi yangi ehtimoliy suiqasdga urinish tekshirilmoqda

AQShda prezidentlikka nomzod Donald Tramp golf o‘ynayotgan golf klubi yaqinida otishma yuz berdi. Gumonlanuvchi hibsga olindi, FQB sobiq prezidentga qarshi ehtimoliy suiqasdga urinishni tekshirmoqda. Bu so‘nggi ikki oy ichidagi mana shunday ikkinchi hodisadir.

Xodimlariga kuch ishlatgan Inbazar kiyim do‘koni muhokama mavzusiga aylandi. Tafsilotlar
16 sentabr 2024, 14:57

Xodimlariga kuch ishlatgan Inbazar kiyim do‘koni muhokama mavzusiga aylandi. Tafsilotlar

Inbazar kiyim do‘koni xodimi boshqa bir xodimni kaltaklagach, voqea jamoatchilik e’tiboriga tushdi. Shundan so‘ng do‘kon asoschisining xodimlariga xatosi uchun kuch ishlatgani aks etgan videolari ham tarqaldi. Rahbarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv ketmoqda. Voqealar rivoji.

Toshkentda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq firibgarlikda gumonlangan 3 kishi qo‘lga olindi
16 sentabr 2024, 14:54

Toshkentda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq firibgarlikda gumonlangan 3 kishi qo‘lga olindi

Toshkentda 3 erkak fuqarolarning ko‘chmas mulkini aldov yo‘li bilan egallab, uni o‘ziga garov sifatida rasmiylashtirganlikda ayblanmoqda. Garov qarz miqdoridan 3−4 baravar ko‘p bo‘lgan va qarz oluvchilarga kelishilganidan kamroq mablag‘lar berilgan. Ular qamoqqa olingan.

Shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar jamoasi vaziyatni o‘nglamoqda, ayol shaxmatchilar esa ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
16 sentabr 2024, 14:41

Shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar jamoasi vaziyatni o‘nglamoqda, ayol shaxmatchilar esa ilk bor mag‘lubiyatga uchradi

Budapesht shahrida o‘tkazilayotgan shaxmat Olimpiadasining beshinchi turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Moldova terma jamoasini mag‘lub etdi (raqib jamoa o‘tgan turda ham mag‘lubiyatga uchragandi). Ayollar terma jamoasi esa ilk mag‘lubiyatini Gruziya bilan o‘yinda qabul qilib oldi.

O‘zbekistonda modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi
16 sentabr 2024, 12:41

O‘zbekistonda modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi

2024-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-noyabrgacha muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan hamda kamida 10 ta moduldan iborat bo‘lgan modulli mehmonxona uchun uning toifasidan qat’i nazar subsidiya ajratiladi. Subsidiya modulli mehmonxonada yaratilgan har bir joy uchun 1 mln so‘mdan belgilanadi.

“Yangi format”: Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols yetakchi kompaniya hamda banklar vakillari bilan uchrashdi
16 sentabr 2024, 11:58

“Yangi format”: Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols yetakchi kompaniya hamda banklar vakillari bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti va Germaniya kansleri Samarqandda yetakchi kompaniya va banklar vakillari bilan uchrashdi. Shavkat Mirziyoyev unda asosan xususiy sektordagilar ishtirok etganini aytib, buni “yangi format” deb atadi. “Yashil energetika”, kimyo sanoati, mashinasozlik kabilar ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rildi.

Ilmiy va innovatsion faoliyat yurituvchi yuridik shaxslarning reyestrini joriy etish rejalashtirilmoqda
16 sentabr 2024, 11:39

Ilmiy va innovatsion faoliyat yurituvchi yuridik shaxslarning reyestrini joriy etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda ilmiy va innovatsion faoliyat yurituvchi yuridik shaxslarning reyestri joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda. Ular har yillik faoliyati natijalari bo‘yicha baholab boriladi. Ilmiy tanlovlarda va buyurtmalarni shakllantirishda ularning reyting baholash natijalari ko‘rsatkichlari e’tiborga olinadi.

Foto: Qoraqalpog‘istonning Borsakelmas hududida ekomarafon o‘tkazildi
16 sentabr 2024, 11:32

Foto: Qoraqalpog‘istonning Borsakelmas hududida ekomarafon o‘tkazildi

Qoraqalpog‘istondagi Borsakelmas sho‘rxok hududida o‘tkazilgan “Sayyoramiz kelajagiga qo‘shgan hissamiz” xalqaro ekomarafonida 11 ta davlatdan 250 nafar professional va havaskor yuguruvchi ishtirok etdi. Ular orasida Nike elchisi Farah Majid va Adidas vakili G‘ani Sulaymon ham bor. Foto.

“O‘zbekiston — biz uchun muhim hamkor” — Germaniya kansleri
16 sentabr 2024, 11:04

“O‘zbekiston — biz uchun muhim hamkor” — Germaniya kansleri

O‘zbekiston Germaniya uchun juda muhim hamkor, jumladan, yaqin kelajak uchun ham, dedi Germaniya kansleri Olaf Shols. U mamlakatlar o‘rtasida imzolangan migratsiya bitimini alohida qayd etdi, shuningdek, Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida qanday masalalar ko‘tarilganini sanadi.

O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida bitim imzoladi
16 sentabr 2024, 10:09

O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida bitim imzoladi

Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxuja Mavlonov va AQShning Bojxona chegara xizmati komissari Troy Miller o‘rtasida bitim imzolandi. Hujjat axborot almashish, giyohvand moddalar va odam savdosi, jinoiy daromadlarni legallashtirish kabilarga qarshi kurashda hamkorlikni nazarda tutadi.

Futzal JCH: Qozog‘iston Ispaniya bilan durang o‘ynadi, Afg‘oniston esa Angolani mag‘lub etdi
15 sentabr 2024, 22:44

Futzal JCH: Qozog‘iston Ispaniya bilan durang o‘ynadi, Afg‘oniston esa Angolani mag‘lub etdi

Futzal bo‘yicha mundialning ikkinchi kuni O‘zbekistonning ikki qo‘shnisi o‘z yurishini boshladi: Afg‘oniston Angola ustidan ishonchli g‘alabaga erishgan bo‘lsa, Qozog‘iston o‘z darvozabonining sanoqsiz seyvlari evaziga bir ochkolik bo‘ldi. Dushanba kuni yana bir qo‘shni mamlakat — Tojikiston ilk o‘yinini o‘tkazadi.

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?
15 sentabr 2024, 22:18

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?

Germaniya kanslerining Samarqandga tashrifi doirasida 10 ga yaqin ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Ular orasida migratsiya, o‘ta muhim minerallar, transport, iqlim o‘zgarishi va boshqa sohalarda hamkorlik bitimlari bor.

Foto, video: Vodorod sulfid sizib chiqqan M-25 konidagi quduqda so‘ndirish jarayoni yakunlandi
15 sentabr 2024, 22:03

Foto, video: Vodorod sulfid sizib chiqqan M-25 konidagi quduqda so‘ndirish jarayoni yakunlandi

Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida vodorod sulfid sizib chiqqan quduqda so‘ndirish jarayoni yakunlandi. Jarayonga Rossiya va AQShdan mutaxassislar jalb qilindi. Eriell oqibatlarni bartaraf etish davomida jamoatchilikka hech qanday xavf bo‘lmaganini ta’kidladi.

Migratsiya bitimi, Lufthansa qaytishi va yangi loyihalar. Mirziyoyev va Shols nima haqida gaplashdi?
15 sentabr 2024, 21:38

Migratsiya bitimi, Lufthansa qaytishi va yangi loyihalar. Mirziyoyev va Shols nima haqida gaplashdi?

Prezident va Germaniya kansleri muzokaralar o‘tkazdi. Unda tomonlar migratsiya bitimini imzoladi. Qolaversa, Boshqaruv kadrlarini tayyorlash qo‘shma maktabi ishga tushirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev Lufthansa aviakompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting