Xorijdan kelgan fuqarolar bilan muloqotda bo‘lgan yana ikkita shaxsda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. O‘zbekistonda COVID-19 koronavirusiga chalinganlar soni 45 kishiga yetdi.
Istanbuldan qaytgan yana bir fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlanib, virus yuqtirganlar soni jami 43 nafarga yetdi.
Sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislarining fikriga ko‘ra, ijtimoiy masofalanish (social distancing) — koronavirus tarqalishining oldini olishda eng muhim chora. Ijtimoiy masofalanish nima va unga qanday rioya qilish kerak?
Shveysariyadan kelgan fuqaroda COVID-19 aniqlandi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlanganlar soni 42 nafarga yetdi.
Jamoat joylarida niqobsiz bo‘lgan shaxslar 23-martdan ogohlantiriladi, 25-martdan esa jarimaga tortiladi.
22 mart kunidan Toshkentda jamoat transporti qatnovi to‘xtatiladi. Shahar bo‘ylab dezinfeksiya qilingan taksilar qatnaydi.
Qashqadaryo viloyatida karantindan qochgan bir erkak qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Jahon banki O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga 500 mln dollar ajratdi. Loyiha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifati va assortimentini yaxshilaydi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlarda ishtirokini oshiradi.
O‘zbekistonda yana to‘rt fuqaroda koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Virus yuqtirganlar soni 41 nafarga yetdi.
Samarqand viloyatida tashkil etilgan karantin markazidan qochgan Toshkent viloyati Parkent tumanida yashaydigan fuqaro ushlandi. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Tashqi ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i — matbuot kotibi tayinlandi.
IIV fuqarolardan koronavirusga chalinish xavfi borligi uchun Toshkent viloyati va boshqa hududlardagi dacha uchastkalariga bormay turishni so‘radi.
Endilikda, tibbiy niqob ishlab chiqarish, tayyorlash hamda uni realizatsiya qilish uchun litsenziya talab etilmaydi.
O‘zbekistonda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarning vizasi avtomat ravishda 5 mayga qadar uzaytiriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni yoritib borish uchun rasmiy saytni ishga tushirdi. Saytda har kunlik hisobot, infeksiyadan himoyalanish uchun tavsiyalar va zarur ma’lumotlar e’lon qilinadi.
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan holatlar 37 taga yetdi.
21−26 mart kunlari O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga qaytarish uchun charter reyslar amalga oshiriladi.
Sud 2005 yilda O‘zbekistonning birinchi prezidentini sudga bergan Cho‘yan Mamatqulovni to‘liq oqladi. Huquq himoyachisi konstitutsion tuzumga tajovuz qilish, firibgarlik, odam o‘g‘rilash va boshqa jinoyatlarda ayblangan edi.
Buxoroda Nexia 3 avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni portlashidan uch kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohatlandi. Qashqadaryoda esa somsaxonadagi gaz balloni portlashi natijasida yetti kishi, jumladan, to‘rt mijoz jarohat oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting