Samarqand viloyatining Narpay tumanida yirik YTH sodir bo‘ldi. Ikki kishi vafot etdi va 11 kishi jarohat oldi.
Mehnat vazirligi karantin sababli ta’lim muassasalariga bormayotgan bolalarning ota-onalariga ta’til berilishi tartiblarini bayon qildi.
Ikki yildan beri ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Toshkent IIBB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Jo‘rayev Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlandi. Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Toshpo‘latov uning o‘rnini egalladi. Shuhratjon Sobirov esa IIV rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 8 nafarga yetdi. Birinchi bemorning qarindoshida ham virus aniqlandi.
O‘zbekistonda barcha diniy konfessiyalarning ommaviy diniy ibodatlari vaqtincha cheklandi.
Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha iliq ob-havo hukmronlik qiladi, biroq chorshanba, juma va shanba kunlari yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
O‘zbekiston Eronga koronavirusdan himoyalanish vositalaridan iborat insonparvarlik yordamini yubordi. Samolyot 28 nafar O‘zbekiston fuqarosini olib qaytadi.
«O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi bo‘lmasligini ma’lum qildi.
Koronavirusga oid savollar uchun 1003 yagona qisqa raqamli Call-markaz ishga tushirildi. Markaz xizmatidan kunu tun foydalanish mumkin.
Xalq ta’limi vazirligi ba’zi viloyatlarda hokimiyat vakillari o‘quvchilar ishtirokida majlislar o‘tkazayotganini ma’lum qildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli darajada ekanini ma’lum qildi.
Covid-19 aksariyat holatlarda (qariyb 80 foiz) yengil kechadi va sog‘lomlashish bilan tugaydi. Biroq asoratlari kuzatilishi mumkin. O‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini qanday himoya qilishingiz mumkin? JSST tavsiyalari.
Koronavirus yuqtirganlar soni 6 kishiga yetdi. Birinchi bemorning turmush o‘rtog‘i va nevarasida ham virus aniqlandi.
Koronavirus bilan kasallangan shaxs infeksiyani oila a’zolariga yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, Istanbuldan uchib kelgan bortda ham virus bilan kasallangan fuqaro topildi.
Abdulla Aripov jamoat tinchligiga tahdid soluvchi chaqiriqlar va ma’lumotlarni tarqatganlar javobgarlikka tortilishidan ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avtomobillar qimmatlashganiga qarshi namoyish o‘tkazishga chaqirgan shaxs ushlangan va u qonun oldida javob beradi.
Qozog‘iston prezidenti mamlakatda favqulodda holat e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. 15 aprelga qadar bir qator choralar va vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.
O‘zbekiston 16 martdan boshlab tibbiy niqoblar eksportini to‘xtatadi.
Vazirlar Mahkamasi diniy marosimlarni o‘tkazishni vaqtincha cheklashni maslahat berdi.
16 martdan O‘zbekistonning chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari to‘xtatiladi.
O‘zbekistonda Covid-19 koronavirusi tufayli Navro‘z umumxalq sayllari, ommaviy marosimlar va odamlar ko‘p to‘planadigan tadbirlar bekor qilinadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting