Arxiv

Farg‘ona viloyatidagi ayrim oliygohlar negizida uchta yangi universitet tashkil etiladi
29 yanvar 2025, 15:46

Farg‘ona viloyatidagi ayrim oliygohlar negizida uchta yangi universitet tashkil etiladi

Farg‘ona politexnika instituti va TATU Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona davlat texnika universiteti tashkil qilinadi. Yana uchta oliygoh negizida esa Qo‘qon davlat universiteti ochiladi.

ChatGPT raqobatchisi. Xitoyning DeepSeek sun’iy intellekti haqida nimalar ma’lum?
29 yanvar 2025, 15:22

ChatGPT raqobatchisi. Xitoyning DeepSeek sun’iy intellekti haqida nimalar ma’lum?

Xitoyning DeepSeek startapi OpenAI`ning ChatGPT`sidan qolishmaydigan, ammo ishlab chiqarish narxi bir necha barobar arzonroq bo‘lgan sun’iy intellekt modelini yaratish orqali jahon fond bozorlariga ta’sir ko‘rsatdi. DeepSeek haqida nimalar ma’lum va u qanday qilib muvaffaqiyatga erishdi — “Gazeta.uz” sharhida.

O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni 2017-yildan beri ilk bor pasaydi
29 yanvar 2025, 14:44

O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni 2017-yildan beri ilk bor pasaydi

2024-yilda O‘zbekistonda 2023-yilga nisbatan tug‘ilish 3,7 foizga kamayib, 926,4 mingta bola tug‘ildi. Bu 2017-yildan beri tug‘ilishning birinchi marta kamayishi hisoblanadi. Bundan tashqari, o‘limlar soni ketma-ket ikiinchi yil ko‘paydi, nikohlarda esa 2022-yilda boshlangan pasayish davom etmoqda.

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini loyihalashtirish va qurish bo‘yicha tender e’lon qilindi
29 yanvar 2025, 11:58

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini loyihalashtirish va qurish bo‘yicha tender e’lon qilindi

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish yuzasidan tender e’lon qilindi. Loyihaning birinchi bosqichi umumiy uzunligi 171 kilometrni tashkil etadi (Toshkentdan Angrengacha va Qamchiq dovoni).

1-apreldan retseptsiz beriladigan dorilar uchun cheklangan savdo ustamalari tatbiq etilmaydi
29 yanvar 2025, 11:53

1-apreldan retseptsiz beriladigan dorilar uchun cheklangan savdo ustamalari tatbiq etilmaydi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-apreldan cheklangan savdo ustamalari faqat retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasiga nisbatan tatbiq etiladi. Bu distribyutorlar uchun cheklangan ustama bazaviy narxning 15 foizini, dorixonalar uchun xarid narxining 20 foizini tashkil etardi.

Elektron do‘konlarga oid shikoyatlarning aksariyati maishiy texnikaning nuqsonli ekani bilan bog‘liq — Raqobat qo‘mitasi
29 yanvar 2025, 11:06

Elektron do‘konlarga oid shikoyatlarning aksariyati maishiy texnikaning nuqsonli ekani bilan bog‘liq — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasiga 2024-yilda elektron tijorat sohasiga oid 1328 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 81,9 foizi ijobiy hal etilgan. Muammolarning aksariyati maishiy texnikaning nuqsonli ekani bilan bog‘liq.

Toshkentda avtobus yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi
29 yanvar 2025, 09:32

Toshkentda avtobus yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi

Mirobod tumanida avtobus haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi. YTH oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q.

Saudiya Arabistonidagi Islom san’ati biyennalesida O‘zbekiston muzey artefaktlari namoyish etildi
29 yanvar 2025, 04:14

Saudiya Arabistonidagi Islom san’ati biyennalesida O‘zbekiston muzey artefaktlari namoyish etildi

O‘zbekiston Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni) ochilgan ikkinchi Islom san’ati biyennalesida ishtirok etmoqda. Mamlakat noyob muzey ashyolari, jumladan, VIII asrga oid Kattalangar Qur’oni, XVI asrga oid “Zij-i Ulug‘bek"ning astronomik jadvallari va boshqa artefaktlarni namoyish qilmoqda.

“Belni mahkam bog‘lash va imkoniyatga yarasha yashash vaqti keldi”. Toqayev — Qozog‘iston hukumatiga
29 yanvar 2025, 03:48

“Belni mahkam bog‘lash va imkoniyatga yarasha yashash vaqti keldi”. Toqayev — Qozog‘iston hukumatiga

Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayev hukumatdan hozirgi dunyo voqeligi kontekstida “belni mahkam bog‘lab, imkoniyatga yarasha yashashni” talab qildi. Shuningdek, u Qozog‘iston eng yaqin qo‘shnilari, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni “yangi bosqichga” ko‘tarishi zarurligini ta’kidladi.

O‘rtacha ish haqi 5,36 mln so‘mgacha oshdi. Bu so‘nggi yillardagi eng past o‘sish sur’ati
29 yanvar 2025, 03:34

O‘rtacha ish haqi 5,36 mln so‘mgacha oshdi. Bu so‘nggi yillardagi eng past o‘sish sur’ati

2024-yilda O‘zbekistonda o‘rtacha nominal ish haqi 5,3 mln so‘mdan oshdi, bu 2023-yilga nisbatan 17,4% ko‘p. Bu, shuningdek, so‘nggi yetti yildagi eng past o‘sish sur’ati (pandemiyali 2020-yildan tashqari). Toshkentda ko‘rsatkich 9 mln so‘mdan ortdi (+21,4%). O‘qituvchi va shifokorlarning maoshi sekinroq o‘smoqda.

Smogmi yo tuman? Toshkentliklar yana rasmiylardan javob ololmadi
29 yanvar 2025, 02:32

Smogmi yo tuman? Toshkentliklar yana rasmiylardan javob ololmadi

Seshanba kuni Toshkent havosi yil boshidan beri eng iflos darajaga yetdi. Aholi kun bo‘yi ijtimoiy tarmoqlarda bu havodan nafas olish xavfsizmi, kabi savollarni berdi. Ammo doimgidek na javob, na maslahat, na biror tavsiya taqdim qilindi.

O‘zbekistonda endi quyosh panellari va suv isitgichlari o‘rnatilishini prokuratura nazorat qiladi
28 yanvar 2025, 22:08 1

O‘zbekistonda endi quyosh panellari va suv isitgichlari o‘rnatilishini prokuratura nazorat qiladi

2025-yilda O‘zbekistonda aholi xonadonlari, kichik biznes va ijtimoiy soha obyektlari energiya iste’molining kamida 40 foizi muqobil energiya manbalari — quyosh panellari va quyosh kollektorlarini o‘rnatish hisobiga qoplanadi. “Bu vazifaning bajarilishi so‘zsiz ta’minlanadi”, — dedi bosh prokuror o‘rinbosari.

Bandlik bo‘limi aralashuvidan so‘ng Enter Engineering xodimiga ish haqi to‘lab berildi
28 yanvar 2025, 21:34

Bandlik bo‘limi aralashuvidan so‘ng Enter Engineering xodimiga ish haqi to‘lab berildi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha menejeri, rossiyalik Ilya Puts olti oydan beri ish haqi to‘lamagani uchun Enter Engineering ustidan shikoyat qildi. Chilonzor tumani bandlik bo‘limi yordami bilan unga 57 ming dollar to‘lab berildi.

O‘zbekistonda yangi elektr stansiyalari va energiya omborlarini tizimga ulash uchun 7000 km magistral tarmoq quriladi
28 yanvar 2025, 21:06

O‘zbekistonda yangi elektr stansiyalari va energiya omborlarini tizimga ulash uchun 7000 km magistral tarmoq quriladi

Tarmoqqa yangi elektr stansiyalari va energiya saqlash quvvatlarini ulash uchun O‘zbekistonda 7000 km magistral tarmoq quriladi, bu esa hududlarda energiya balansini ta’minlaydi — bir viloyatda yetishmovchilik bo‘lsa, boshqa joyda qo‘shimcha quvvatlar joriy etiladi. Bu uchun 4 mlrd dollar investitsiya jalb qilinadi.

Andijon hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
28 yanvar 2025, 19:04

Andijon hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Davronbek Sattarov Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Uzbekistan Airways`ning Nyu-Yorkka uchayotgan samolyotida chaqaloq tug‘ildi
28 yanvar 2025, 18:00

Uzbekistan Airways`ning Nyu-Yorkka uchayotgan samolyotida chaqaloq tug‘ildi

Uzbekistan Airways`ning Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan reysida o‘g‘il chaqaloq tug‘ildi. Jarayonga yo‘lovchilar orasida bo‘lgan shifokor-akusher va jarroh o‘z yordamini ko‘rsatdi. Shu sababli ekipaj Islandiyaning Keflavik shahridagi zaxira aerodromiga majburiy qo‘ndi.

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun DXSH asosida kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi
28 yanvar 2025, 17:50

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun DXSH asosida kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda 3−18 yoshdagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda. Yil yakunigacha xizmatlar bilan 2 mingga yaqin nogironligi bo‘lgan bolalar qamrab olinadi. Bu ularning onalari uchun ishlash va ta’lim olish imkoniyatini yaratadi.

Uzbekistan Airways 2025-yilda 7 mln yo‘lovchi tashishni reja qilmoqda
28 yanvar 2025, 16:54

Uzbekistan Airways 2025-yilda 7 mln yo‘lovchi tashishni reja qilmoqda

Uzbekistan Airways bu yil 7 mln yo‘lovchi tashishni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi kompaniya rahbari Shuxrat Xo‘doyqulov. So‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich har yili taxminan 1 millionga oshmoqda. O‘sayotgan talabni qondirish uchun aviakompaniya 2025-yil to‘rtta yirik samolyot sotib olish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

“Energiya manbalari yetarli bo‘lmasa, iqtisodiy o‘sish ham bo‘lmaydi” — Shavkat Mirziyoyev
28 yanvar 2025, 16:30

“Energiya manbalari yetarli bo‘lmasa, iqtisodiy o‘sish ham bo‘lmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident 2025-yilda iqtisodiy o‘sish sur’atini kamida 6 foiz darajasida saqlab qolish va YAIM hajmini 125 mlrd dollardan oshirish vazifasini qo‘ydi. Rahbarlarga energiya samaradorligi hisobiga xarajatlarni 15−20 foizgacha qisqartirish va qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

Binance rasman O‘zbekistonda ish boshladi
28 yanvar 2025, 15:34

Binance rasman O‘zbekistonda ish boshladi

Binance kriptobirjasi O‘zbekistonda rasman ish boshladi. Platformada bank kartalari va mahalliy to‘lov tizimlari orqali milliy valyutadagi mablag‘larni to‘ldirish va yechib olish imkoni yaratildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting